|
I bob. Shaxmat tarixi shaxmatning kelib chiqishi
|
bet | 9/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #241184 |
Bog'liq Shaxmat tarixiUmumiy xulosa.
Doiraviy turnir – bir shaxmatchining turnirning boshqa barcha ishtirokchilari bilan bir partiyadan o‘yin olib borishidir. Ikki davrali turnir – doiraviy turnirning o‘zi bo‘lib, faqat bunda ishtirokchilar bir – birlari bilan ikki marta uchrashib, birinchi holatda ular oq tomonda, ikkinchi holatda esa qora tamonda va teskarisiga ishtirok etishadi. Shvetsarcha tizim bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa – bu, ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan va o‘yin davomida undan chiqarib yuborilmaydigan musobaqa bo‘lib, unda kuchli shaxmatchilar o‘zlaridan kuchli raqiblariga qarshi kurash olib boradilar. Natijalari qoniqarsiz bo‘lgan ishtirokchilar esa bundan oldingi uchrashuvlarda shunday past natija ko‘rsatgan ishtirokchilar bilan uchrashishadi.
Shvetsarcha tizim bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirokchilar har bir boshqa ishtirokchi bilan quyidagi qoidalarga asosan uchrashishadi: Ishtirokchilar bir – birlari bilan bir martadan ortiq uchrashish huquqiga ega emas; Bir xil natijaga erishib, ochkolar miqdori teng bo‘lgan ikki ishtirokchi iloji bo‘lishi bilan uchrashishi lozim; Raqiblarning sipohlari rangi musobaqa hakami tomonidan iloji boricha ob’yektiv va oqilona aniqlab tanlanadi. Oq va qora tamonda galma – galdan o‘yin olib boorish har bir ishtirokchi uchun eng qulay imkoniyatdir. Hozirda maxsus kompyuter dasturi yordamida qur’a tashlanadi.
Xulosa o`rnida shuni o`rgandimki, shaxmat o`ynalayotganda raqibni hurmat qilish, uni fikrlashini, psisixologik jihatdan uni o`rganish, mantiqiy fikrlab keyin o`ylab yurishni o`rganish, har bir toshni yurishnio`rgandim va ularning vazifalarini qanday kuch va qiymatga ega ekanligini o`rgandim.Shoxni mot yoki pot qilmaguncha o`yin tugamasligini bildim.O`yindagi oddiy piyoda ham o`ynashni bilsa qimmatbaxo toshga aylanib vazirgacha yetishini bildim.O`yinda piyodaga yutayotgan bo`lsam, shu jarayonda diqqatni jamlab o`ynalsa g`alaba qozonadi.Shaxmat o`ynayotgan o`yinchi diqqatini jamlab o`ynashi kerak.Birgina xato yurilgan tosh ham mag`lubiyatga olib keladi.Shaxmat o`ynayotganda xona iloji boricha tinch bo`lishi shart chunki shaxmat jismoniy emas aqliy sport o`yini hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Abdullayev A, Xonkeldiyev Sh. Jismoniy madaniyat nazaryasi va metodikasi. Darslik.Toshkent O‘zDJTI, 2005 yil.
Salomov. R.S. Jismoniy tarbiya nazaryasi va uslubiyati. 1 jild. Darslik.Toshkent 2015 yil.
Goncharova.O.B. Yosh sportchilarning jismoniy qobilyatlarini rivijlantirish. O‘quv uslubiy qo‘llanma Toshkent. O‘zDJTI, 2005 yil.
https://wikipedia.ru
https://shaxmat.ru
|
| |