II. Bob. Shayboniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot




Download 68.46 Kb.
bet3/4
Sana27.05.2023
Hajmi68.46 Kb.
#65699
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammadyusuf
texnologiya-fanining-uzviylik-va-uzluksizligini-ta-minlash-va-takomillashtirish-omillari
II. Bob. Shayboniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot
II.1.Shayboniylar davlatida ilm-fan va ta’lim
Movoraunnahrdagi iqtisodiy va madaniy hayot haqida gap ketganda, avvalo, aholidan turli soliqlar olinar edi, asosiy yer solig’i - xiroj hisoblanib, ho’kizdan– foydalangani uchun – zakot to’lanardi. Amaldorlarning maoshlari uchun – zobitona degan soliq yig’ilardi, qo’shinlarni saqlash uchun butun aholidan harbiy soliq undirardi, bog’lar va tokzorlardan olinadigan soliq tanobnoma deb atalgan.
Ishlab chiqarishga kelsak, Shayboniylar zamonida ham tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, duradgorlik, qog’oz, qurilish ashyolari kabi bir qator, sohalar faoliyat ko’rsatib ichki va tashqi bozorda sotiladigan turli xildagi mahsulotlar tayyorlangan. Bu mahsulotlar (ipak, jun, ip gazlamalari, gilam, quruq mevalar, qorako’l va boshqalar) bilan savdogarlar Eron, Xindiston, Arab o’lkalari, Xitoy, Qozon, Rossiya kabi o’lkalarga qatnagan.
Shayboniylar me‟morchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar. Turli maqsadga mo’ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada nafaqat sulola namoyandalari, balki o’z davrining ko’zga ko’ringan katta moddiy imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko’kaldosh nomi bilan bog’liq madrasalar, Buxoroda shahar devorining ta’mirlanishi, Mir Arab. Abdulloxon, Modarixon, Juybor, Fatxulla Qushbesh madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Abdullaxon, Chorbakir masjidlari, Toshkentda Ko’kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi va ko’plab mana shunday madrasa-yu, masjidlar turli shaharlarda qurilgan karvonsaroylar, bozorlar va boshqa qurilish ishlari bajarilganlar.
Manbalarda yozilishicha, birgina Abulloxon II davrida mintaqada bir ming bitta ravot va sardoba qurilgan ekan.
Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivojlanishida mazkur sulola namoyandalarning tutgan o’rni katta bo’lgan. Avvalo, ularning o’zlari nihoyatda o’qimishli shaxslar edilar. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkinchixon, Ubaydulloxon, Abdulazitzxon kabi Shayboniylar turkiy va forsiyda she‟r bitganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega bo’lganlar. Muhammad Shayboniyxon yoshligida ta’limni Buxoro madrasasida olgan. Ubaydulloxonning musiqa ilmiga katta rag’bati bo’lgani, musiqiy asboblar chalgani, nozik xusnixat egasi bo’lgani ma’lum.
Shayboniylar davrida ham tarix ilmi juda rivoj topgan. XVI asr tarixini yoritib beruvchi “Tavorixi guzidai nusratnoma”, Mulla Shodiyning “Fathnoma”, Binoiyning “Shayboniynoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Abdulloh Nasrullohning “Zubdat al-asror”, Fazlulloh Ro’zbekxonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning “Badoi ul vaqoye”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” kabi mumtoz tarixiy asarlari fikrimiz dalilidir.
Bundan tashqari Muhammad Shayboniyxon davrida Binoiyning “Ajoyib ul Maxluqot” geografik asarini ham aytishimiz mumkin, deb o’tilgan mavzuga xulosa yasaladi.
XV asrning ikkinchi yarmida milliy – madaniy markazi bo’lgan Hirot, XVI asrga kelib o’z mavqieni yo’qotdi, avval Shayboniy, keyinchalik esa Eron shohi Safoviy hukmdorlarning chekka shaharlaridan biriga aylanib qoldi.
Bu davrga kelib madaniy va adabiy markazlik roli Samarqand va Buxoroga ko’chgandi. Bu shaharlarga faqatgina O’rta Osiyo territoriyasidangina emas, balki Eron, Afg’oniston, Hindiston shaharlaridan ham bu yoki u sohalarning ishtiyoqmandlari kelar edilar. Natijada bu o’lkada o’sha zamon madaniyati va adabiyotining turli sohalarida ancha – ko’zga ko’ringan vakillar yashab ijod etishgan.
XVI asrda Movarounnahrda adabiyot, tarix fani me‟morchilik va tasviriy san‟at rivojlanib bordi. Poeziya juda ravnaq topdi. Hasan Buxoriy Nisoriy (1566 yil)ning “Muzakkir ul - ahbob” va Mutribiyning (1604 – 1605 yillar) “Tazkiroti Shuaro” nomli O’rta Osiyo antolgiyalari buning shohididir21.
Bularda Samarqand, Buxoro, Toshkent va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida yashab ijod qilgan bir necha yuz adabiyot va fan arboblarining nomlari keltirilgan. Antologiya tuzilishi bu davrda aholining madaniy saviyasi yuksak ekanligini ko’rsatadi.
XVI asrning birinchi yarmida Movarounnahrda O’zbek tilida adabiy va tarixiy asarlarning paydo bo’lishi maroqli hodisadir. “Tarixi guzidayi Nuratnoma” shu sohadagi ilk asarlaridandir. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostoni ham o’zbek tilida yozilgan. Bu ikki asar, garchi Shayboniyxonning topshirig’I va ishtiroki bilan yozilgan bo’lsada, har holda O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, etnografiyasi va adabiyotiga doir faktlarga asoslangan juda qiziq materiallarni o’z ichiga olgan.
XVI asrda yashab ijod etgan shoirlardan biri, buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburdir. Boburnomani A. Beverij Boburga shunday baho bergan edi:
“… sahovatliligi, mardligi, talantligi, fanga, san‟atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podsholar ichida Boburga teng keladigan birorta podsho topa olmaymiz”.
Bobur 12 yoshidan boshlab umrining oxirigacha deyarli uzluksiz urush va yurishlar bilan band bo’ldi. Lekin, shunga qaramay, u keng va chuqur bilim olgan hamda ajoyib iste‟dodi bilan o’z davrining yirik madaniyat arboblaridan biri bo’lib yashagn edi. U qaerda bo’lmasin, doimo ilm – fan, san‟at va adabiyot oqillari bilan yaqindan aloqa bog’lar, ularga homiylik qilar va turli ilmiy – adabiy suhbatlar hamda munozaralar uyushtirar edi.
Bobur 16 – 17 yoshlaridan boshlab, badiiy ijodiyot bilan shug’ulanadi. U “Boburnoma”da 906 – 907 yillar (1449 – 1500 yillar) voqeasi haqida so’zlar ekan, “ul fursatlarda biror ikki qator bayt olishuv erdim, vam g’azal tugamaydir erdim” deydi. Bobur o’zbek klassik adabiyotining, ayniqsa, Alisher Navoiyning boy adabiy merosini hamda fors, tojik adabiyoti ustoz san‟atkorlarining adabiy tajribalarini o’rganadi. Boburni eng yirik va eng ajoyib asari uni butun dunyoga tanitgan. Yevropa sharqshunoslari, jumladan, X. Vamberi tomonidan Yuliy Sezarning komentariyalari bilan bir qatorga quyilgan kitobi “Boburnoma”dir. Bu 39 asar tarixiy manba bo’lishi bilan birga o’zbek prozasining qimmatli yodgorligidir, shu bilan birga “Boburnoma” geografiya, etnografiya, tabiat, xalq meditsinasi va boshqa ilmiy sohalar boyicha ham qimmatli ma’lumotlar beradi.
Boburning “Boburnoma”dan tashqari yana bir qancha asarlari bor, bular islom dini huquqshunosligi va shariyat aqidalarini bayon etuvchi “Mubayyn” nomli she‟riy risolasi “Validiya” nomi bilan atalgan tasavvufga oid kitobi “Xatti Boburiy” nomi bilan mashhur bo’lgan alfabit jadvalidan iborat. Shular jumlasidandir. Abdulla ibn Muhammadning “Zubdat ul asror” nomli tarixiy asari XVI asrning birinchi choragida majburdir. Unda Shayboniyxonning halok bo’lishiga olib brogan sabablardan biri – Shayboniylar lageridagi ziddiyatlar ochib ko’rsatilgan.
Rashididdin va Sharofiddin Ali Yazdiyning tarixiy asarlari o’zbek tiliga tarjima qilinadi. Ulug’bekka bag’ishlangan “Muntahabi Jome” va “Tavorixiy shoxiy” degan asarning o’zbek tiliga tarjima qilinganligi o’zbek tilining ta’sir doirasi kengayib borganidan dalolat beradi.
O’z zamonining tarixiga doir “Sharafnomai shoxiy” degan katta asarini Hofuz Tanish Buxoriy yozgan bo’lib siyosiy voqealarga boy. Bu asarda O’rta Osiyoning ijtimoiy – iqtisodiy tarixiga oid juda ajoyib ma’lumotlar bor22.
Shuningdek, bu davrda ayrim Shayboniy hokimlari adabiy asarlar yaratishda qatnashganlar. Shayboniyxonning o’zi ham o’z zamonasining o’qimishli odami edi. Bu haqda X. Vamberi shunday yozadi, u har holda o’zining Eroniy dushmanlari tarafidan ta’sir etilganidek, nimani hohlasa, shuni bajarib yuruvchi vahshiy bir kimsa emas edi. Masalan, u zamonning ruhoniy ulamolariga katta hurmat, hatto bolalarcha itoat qilib, barcha urush safarlarida o’zi bilan barobar kichkina go’zal kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham doimo diniy munozaralarga qatnashgan. Qur‟onning ba’zi bir oyatlari haqida Hirotning nimqadam tafsifchilari bo’lgan qozi Ixtiyor va Muhammad Yusufga e‟tiroz ham bildirgan edi.
Shayboniyxon Bobur aytganidek, ma’nosiz va lazzatsiz she‟rlar yozmagan, balkim go’zal she‟rlar yozgan. Shayboniyxon tomonidan 1508 yilda yozilgan, chig’atoy Turkiy tilidagi “Bahr ul asror” (Haqqiqiy yo’lning dengizi) nomli diniy qasidaning yagona qo’l yozma nusxasi Angliyaning Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qasidaning bir joyida Shayboniyxon shunday deydi:
Podsholiga’da Shayboniy faqrdan ayrilmaga’il,
Faqr shohi ikki olam ichra boa’lur podsho.
Tetri gar berdi seta Eroniy Turon,
Bandalik tavrin Shayboniy bermagil eldan daho
Shayboniyxonning she‟rlar to’plami bo’lgan “Devon” 191 varaqdan iborat bo’lib, bugun Turkiyaning Istambul shahridagi To’nqoni saroyi kutubxonasida saqlanmoqda. Sakkokiy, Gadoiy, Navoiy an‟anasidagi klassik chig’atoy Turkiy she‟riyatini davom ettirgan Shayboniyxonning she‟rlarida diqqatni o’ziga jalb qilgan hassos – shoirning Turkiston yurtiga bo’lgan cheksiz muhabbatini har doim tilga olib turganidir. Turkistonning Buxoro, Samarqand, urganch, Yassi shaharlari nomini o’z she‟rlarida Shayboniyxonga qadar ko’p ishlatgan boshqa shoir yo’q desak sira yanglishmaymiz. Masalan:
Jannati maa’vo degan boga’i Samarqand elim,
Navsari aa’lo degan obi Samarqand elim,
Yoki Buxoro haqida yizilgan
Bir zayolim bor koa’ngilkim pirmu vafoiy atayin.
Ul Buxoro sharida Kaa’ba tavofin aylayin.
Shayboniyxon XVI asr adabiyotiga katta xissa qo’shgan shoirlardan biridir.
Shayboniylar zamonida fan keng rivojlandi. Hatto sonlarni zarb qilish haqida izoh berilgan “Hisob usullari risolasi” XVI asrga mansub asardir. 1593 yilda Amin Ahmad Roziy “Haft iqlim” (Etti iqlim) degan jo’g’rofiy – biologic lug’at tuzdi. Mutrabiyning dunyo xaritasi kashf qilingan. “Tazkiroti shuaro” ham taxminan shu vaqtlarda yozilgan. Bu davrda meditsina sohasida qilingan ilmlar sezilib turardi. 1541 yilda Muhammad Husayn Ibn Al – Me‟roni as - Samarqandiy tibbiy va farmakalogiya ruyxatiga oid ilmiy asar yozib, o’ta dorivor o’simliklardan dori tayyorlash va saqlash uchun ishlatiladigan idishlarning rangdor nafis syr‟atlar ilova 41 qilindi. XVI asr Qozilarning hujjatlaridan biz Samarqandda tabiblar ko’z kasalliklarini davolash ishlari bilan shug’ullanganliklarini bilamiz. Ko’z tabibi Shoh Ali ibn Sulaymon Navro’z Ahmadxon huzurida ishlagan. Samarqandda Ko’chkinchixon zamonida Hirotlik tabib Sulton Ali ishlagan. U kasalliklar va terapiya haqida umumiy ma’lumot beradigan “Tabiblik dasturlamasi”ni yozgan.
Shayboniylar davrida ko’p asarlar o’zbek tiliga tarjima qilingan. Kitobga qiziqish zo’rligidan kutubxonalar tashkil qilingan.
XVI asrda hattotlik san‟ati juda yuqori darajada rivojlandi.sulton Ali Mashxadiy, Mir Ali Xiraviy, Muhammad ibn Ishoq, ash Shixobiy va boshqalar mashhur xusnixat ustalari edilar. 1586 – 1587 yillarda Darvesh Muhammad ibn Do’stmuhammad Buxoriy polisrafiya san‟ati nazariyasiga oid asar yozgan.
Bu davrda yozilgan asarlar suratlar bilan bezatilgan. Bunday asarlar jumlasiga “Fathnoma”, “Tarixi Abulxayrxoniy” 1521 yilda tuzilgan. Alisher Navoiy asarlarining ruyxati 1562 – 1563 yilda ko’chirilgan “Tavorixi guzidayi nusratnoma”ni ko’rsatish mumkin. Bu asarlarni bezashda ishlatilgan minatyuralar O’rta Osiyo moddiy madaniyatini aks ettiradi23.
Bu davrdagi musvvirlar ijodini tadqiq qilgan G. A Pugachenkova XVI asrda O’rta Osiyoga xos alohida minatyura rassomligi paydo bo’ldi, deb aytgan edi.
Shayboniylar xuddi Temuriylar singari nihoyatda o’qimishli madrasa ta’limini olgan, dunyoviy va dininy bilimlarni egallagan, harbiy san‟atda ham, she‟riy san‟atda ham iste‟dodli, ijodkorlar bilgan, hatto forschani go’zal yozishni mukammal egallagan. Xullas, ziyoli davlat arboblari bo’lishgan.
Shayboniylar davrida ilm – fan, madaniyat, adabiyot va san‟at, me‟morchilikning ravnaq topishida sulola vakillarining ibratli shaxsiy ta’sirlari ham zarvorlidir. Mamlakatning turli tomonlaridan taniqli shoir, tarixchi va olimlarning Shayboniyni qora tortib, panoh izlab Buxoroga kelishlari va layoqatlariga qarab mansab hamda uy joy va etarli mablag’ bilan ta’minlanishlari, izzat – ikrom topishlarining boisiham ana shundadir. Muhammad Shayboniyxon, Ubaydulloxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon va Jahongir Sulton shoir bo’lishgan, o’zbekcha va forscha she‟rlar yozishgan. Abdullaxon I esa musiqashunos, sozanda 42 va astronomiya bilan shug’ullangan. Abdullaxon II Qur‟oni karimni tafsir qilishda hadisi shariflarni tahlil va talqin qilishda din peshvolarining fan olamlariga sazovor bo’lgan….Bu ta’rifu tavsiflarimiz shunchaki, quruq gaplar emas, balki o’sha davrda zamondoshlari bo’lmish taniqli mualliflar tomonidan yozib qoldirilganxolis fikrlardir. Misol tariqasida bu bu kitoblardan ayrimlarini Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma”, Fazlulloh ibn Ro’zbexonning “Mehmonnomai Buxoro” va “Suluk al - muluk”, Mulla Shodining “Fathnoma” (Shayboniyxonning tarjimoiy holi she‟riy tarzda hikoya qilinadi) va Tavorixi guzidom nusratnoma (o’zbek tilidagi nasriy asar), Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Nasrulloning “Zubdat ul - osor” (o’zbek tilida), Hofuz Tanish ibn Mir Muhammad al – Buxoriyning “Shartnomai shohiy” (bu asar “Abdullanoma” nomi bilan mashhur), Muhammad ibn Valining “Bahr ul –asror”, Zayniddin Vasifiyning “Badoe ul vaqoe” degan asarini keltirishimiz mumkin. Bu ruyxatini yana davom ettirish mumkin, lekin shu nomi tilga olingan mumtoz tarixiy va memuar asarlarning o’ziyoq shayboniylar davrida ham bo’lganidek, tarix fani ancha rivoj topganini ko’rsatadi. Biroq farqi shundaki, temuriylar davrida tarixiy kitoblar ko’plab forscha yozilgan bo’lsa, shayboniylar zamonida esa o’zbek tilida ham ta’rif etiladi24.
Shayboniylar davrida kitobat ishlariga qo’lyozmalarni husnixat bilan ko’chirish yo’li bilan nusxani ko’paytirish, ularni voqeaband miniatyuralar bilan bezatish, chiroyli va chidamli muqovalarga jamlashga katta e‟tibor berilgan. Shu tariqa, Alisher Navoiy homiyligida Kamoliddin Behzod va uning safdoshlari tomonidan yaratilgan Hirot rassomchilik maktabi vujudga keladi. Zotan bu davrga kelib, bu ham, o’zbeklarning bu boradagi markazi ham Hirotdan Buxoroa ko’chgan edi. Shayboniylardan Abdulazizxon va Abdullaxon IIning kutubxonalari o’sha zamon musulmon Sharqidagi eng yirik kitob xazinalaridan edi.
Shayboniylar davrida ham temuriylar zamonidagi yuksalishning ruhi so’nmagan edi. Nafaqat poytaxt shaharlar bo’lmish Samarqnq va buxoroda, balki shular bilan bir qatorda mamlakatning barcha viloyatlarida halqimizning bunyodkorlik ishlari davom etar, barcha viloyatlarimizda ham bizkim o’zbeklar bag’ridan etishib chiqqan iste‟dodli olimlar, shoirlar, tarixchilar, ulamolar, san‟atkorlar va shu kabi madaniyat, ilm – fan, adabiyot va san‟at ahli samarali va barakali faoliyat ko’rsatar edilar. Chunki bizkim o’zbeklarning birlashgan va markazlariga o’z milliy davlati dovrug’i etti iqlimga etgan Buxoroi sharifday poytaxti bor edi, Qoraxoniylar saltanatidan so’ng, ya’ni 1212 yildan keyin oradan uch yarim asr o’tgach, Buxoro poytaxtlik maqomiga erishgan edi. Musulmon sharqidagi an‟anaviy udumga ko’ra sulolaga asos solgan shaxs sulolaboshi nomi bilan atashuvchi Shayboniylar davlati ibtidodidan eng qadim zamonlardan Turon deb milodiy 539 yildan ham Turon, ham Turkiston deb nomlanib kelayotgan mamlakatimizga angi nom berdi: O’zbekiston deb atala boshladi. Shayboniylarning tarixiy xizmatlaridan biri, aytish mumkinki, qaytarilmas xizmatlaridan biri shuki, Turkiston deganda barcha turkiy xalqlarga ma’lum darajada o’ziga xos belgi va xislatlri, turmush tarsi va boshqa shu kabilar bilan farqlanuvchi, xullas o’z milliy qiyofasiga ega, bizkim o’zbeklarning mamlakati tushuniladigan bo’ldi. Bu chindan –da qaytarilmas va tarixiy voqea bo’lib, allaqachonlardir dunyoga kelgan kamolotga etib, o’zligini namoyon qilgan Turonu Turkiston zaminiga tup quyib palak yozgan xalqa, bizkim, o’zbeklarning vataniga xuddi oltin uzukka yoqut ko’z qoyilganidek munosib, mazmundor va sharafli nom berilgan edi: O’zbekiston!!!
Me‟morchlik – qurilish san‟atining yuksak pog’onasi. Goyo, unda davriy taraqqiyot- sivilizatsiyaning qiyofasi aks etda. U davrning vakili bo’lmish, jamiyatning foydalilik chidamlilik va go’zallik haqidagi ko’tarinki g’oyalarini o’zida saqlab qolishi mumkin. Me‟moriy yodgorliklar qiyofasida tarixini o’ziga xos tosh kitobi shakllanadi, qo’l bilan yaratilgan musiqa timsoliga aylanadi
O’zbekiston me‟morchiligining tarixiy ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, So’g’d, Baqtriya, Xorazm kabi ilk davlar davridan boshlab, to Temurgacha va undan so’bg me‟morchilik borasida muhim ulkan qurilishlar amalgam oshirilganligiga shohid bo’lamiz. Ayniqsa, Temur va temuriylar davrida me‟morchilik o’z davrini rivojining yuksak cho’qqisiga erishdi.
O’zbek me‟morchiligida shayboniylar temuriylardan keyin eng katta hissa qo’shgan sulola sanaladi. Shayboniylar Temur va temuriylar davridagi me‟morchilik an‟analarini davom ettirdilar, XVI asrdan bizgacha ko’pgina arxetuktura yodgorliklari ko’proq dininy maqsadlarga mo’ljallangan jamoat binolari – masjidlar, madrasalar, mozorlar, shuningdek, savdo – sotiq uchun belgilangan binolar etib kelgan.
Shayboniylar davri me‟morchilikda ustalarning ijodi hajmini qisqartirish va soddalashtirish hisobiga ko’pgina binoning dekarativ pardozini zaiflashtirish evaziga, asosan gumbazsimon toshlarning me‟moriy formalari va ularni qurishda omilkorligi ko’zga tashlanadi. Bu me‟mor ustalarning katta iste‟dodga ega ekanliklarini, materialni va qurilish texnikasini juda bilimdonlari ekanliklarini ko’rsatadi.
Shayboniylar davrida eng yirik binolar Buxoroda qurilgan. Bu davrda Buxoroning iqtisodiy va siyosiy obro’sini oshishi shahar aholisining ko’payishi uning kengayishiga sabab bo’ldi. Ma’lumki, me‟morriy qurilishlarda nafaqat shayboniy hukmdorlar, balki saroy ayonlari ham aktiv ishtirok etganlar. Masalan, Samarqandda Muhammad Shayboniyxon, Abu Saidxonlar madrasalar qurdirganlar. Muhammad Shayboniyxon bundan tashqari Yassi shahrida jome masjidi qurdirgan. Balx shahri qal‟asining devorini ta’mirlashtirgan. Uning vorislari davrida mazkur faoliyat davom ettirildi. Xususan Abdullaxon va Abdullaxon II davrida Buxoro shahri yangi devor bilan o’rab olindi.
XVI asrda qurilgan juda ko’p monulintal binalar shaharni yanada bezadi/ Samarqandda Bibixonim masjididan keyingi „rinda turuvchi masjidi Kalon bunga misol bo’la oladi. Masjidi Kalon o’zining tarixiga ko’ra Temur Bibixonim masjidini takrorlaydi: hovlissi to’g’ri burchakli, atrofi ayvon bilan o’ralgan, shuningdek, hovlini g’arb tomonidan katta darvoza qarshsiga mehrob ustida monumental yirik binosifatida ko’kka ko’tarilib turgan qurilishining bosh qismida alohida ko’zga tashlanib turadi. Binoning bu qismi tetjida baland havorang gumbaz bor25.
1536 – 35 yillarda Masjidi Kalon qarshisida Mirarab madrasasi qurildi. Bu katta madrasa Ubaydullaxonning mablag’lariga Mirarab deb atalgan nufuzli shayx Abdulla Yamonli uchun qurilgan. Ma’lumki, Shayboniyxon shahid ketgan. 1510 – 1520 yillarda amakim Ko’chkichixon 1530 – 1533yillarda uning o’g’li Abu Said Shayboniylar davlatini boshqaradi. Biroq ularda ichki nizolarni bartaraf etishda Safoviylar davlatidek qudratli tashqi g’animga qarshi urash olib borishda shijoatu – o’quv etishmaydi. Ana shunday tarixiy sharoitda tarix maydoniga Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullo Sulton chiqadi. U g’ayratli, o’quvli davlat arbobi va shijoatli lashkarboshi edi. 1533 yil xonlik mansabini egallagan Ubaydullaxon mamlakatni rasman poytaxt Samarqanddan emas, balki Buxorodan turib boshqardi. 1530 yili, Ubaydullo Sultonxon noibi bo’lgan bir paytda ham, uning o’ziga ham fikr do’sti Mir Arabga og’ir bir sinovdan o’tishga to’g’ri keladi. Safoviylarning qizil boshlilardan iborat katta qo’shini mamlakatimizga bostirib kirib to G’ijdivongacha etib keladi, Ubaydullo Sulton o’z qo’shini bilan dushmanga qarshi chiqadi. Birinchi to’qnashuv jang taqdirini hal qila olmaydi, sababi dushman qo’shini son jihatidan o’zbek qo’shinidan ortiq edi, Ubaydullo Sultonning qo’shini kam sonli bo’lgani uchun ertasi kuni bo’lajak jangda qo’li baland kelishi amri mahol bo’lib qoladi, lashkar orasida tushkunlik yuz bera boshlaydi. Ana shunday qaltis bir vaziyatda, kech oqshom paytida Mir Arab Hazratlari qo’shin qoshida shunday bir nutq irod etadilarki, bundan lashkarlar o’ta mutassir bo’ladi, ruhi ko’tariladi va o’sha xuftondayoq tungi hujumga o’tib dushman ustidan to’la g’alaba qozonadi. Turkistonning mustaqilligi, halqimizning erki, dini – mashabi, or – nomusi, iftixori saqlanib qoladi, Ubaydullo Sultonni bu g’alaba uni ma’naviy ilhomxhisi Mir Arabga bag’ishlaydi, keyinchalik shu g’alaba sharafiga yangi madarasa qurishga farmon beradi. Bu madrasa Buxoroni Buxoro qilib, unga ko’rk bag’ishlab, ma’rifat, ruhoniyat o’choqlaridan biri bo’lib kelayotgan Mir Arab madrasasidir.
Madrasa qurilishi 1530 yili boshlab yuboriladi. Qurilishda xalqimizning turli qatlamlari, hunarmandlardan tortib tolibi, ilmlargacha, o’sha jangda qatnashgan g’oliblardan tortib ruhoniylargacha qatnashadi, chunki mag’lub bo’lib imon – e‟tiqodidan ayrilib qolish xavfidan qutulishisevinchi .0shun0day qimmatli, shunday safarbarlikni keltirib chiqargan edi.
O’z yirikligi va arxitektura sifatlari bilan katta qimmatga ega bo’lgan binolar XVI asr Buxoroning atroflari ham qurilgan. Sulton qishlog’idagi bir – biri bilan ikki qavvatli ark orqali birlashtirilgan. Bahouddin qishlog’idagi mashhur xo’ja Bahouddin Naqshbandining mozori oldida qurilgan katta gumbazli xonaqo, hokimi Mulla
Samarqand arxitektura sohasidagi ijod hatto temuriylar bilan Shayboniylar o’rtasida hokimiyat uchun kurash avj olgan paytda ham to’xtashadi. Shayboniyxon davrida madrasa va Zarafshonda qoldiqlari g’isht arki ko’rinishida bizning kunlarimizgacha etib kelgan suv taqsimlovchi ko’prik qurildi. XVI asrning diqqatga sazovor qurilishlari, shuningdek, Karmanada va Toshkentda saqlanib qolgan. Mir qishlag’idagi masjidlar shular jumlasidandir.
Grajdan arxitekturasi yodgorliklaridan ko’prik va sardobalardan tashqari Buxoroning bozor ko’chalari chorrahalarida qurilgan naqshli beshta bino, ayniqsa, katta diqqatga sazovordir. Bu binolar: Toqi Sarofon, Toqi Telpakfurushon, Toqi Zarafshon va bizgacha etib kelmagan, Toqi Tirgdan hamda Toqi Urufurushondir. Bu hashamatli binolar tipi Abdullaxon nomli tepasi yopiq katta bozor bilan birga poytaxtning markaziy qismini hamisha gavjum bozorning tashqi arxitektura ko’rinishini tashkil qilar edi. Grajdan arxitekturasi asarlaridan juda yaxshi va hozirgacha ishlab turgan. Sarafon hammomini ko’rsatish mumkin. Buxoroning arxitektura binolarini ichki va tashqi tomonining bezagida turli tuman usullar qo’llanilar, ammo tayyor suratga qarab maxsus qurilgan turli rangdagi koshinlardan iborat bo’lgan sirli uymakor mozoika XVI asrda juda qimmatga tushuvchi va ko’p mehnat talab qiluvchi usul sifatida ancha kam qo’llanilardi. Naqshning relvori, qismlariga tillo suvi berilar, fon ko’k yoki yashil ranglarga boyalar, mayday gullar va naqshlar ham shunga qarab boyalardi. Bularning 47 barchasi goyo mayday gulli armomentga ega bo’lgan yashil yoki ko’k maydonga tilla naqshlar yoyilib tashlanganday tasavvur hosil qilardi. Toshga naqsh ishlash Buxoro muzeyida saqlanuvchi kulrang marmardan ishlangan ajoyib qabr toshlaridan ma’lum. Bu toshlar boshdan oyoq juda yaxshi ishlangan va sinchiklab oyilgan gullar armament bilan hamda kalligrafik qoidalarga qat‟iy buysunib oyilgan yozuvlar bilan qoplangan
Umaman, XVI asrda me‟morchilik sohasida ham ulkan ishlar qilindi. Turli maqsadlar uchun ko’pdan – ko’p grajdanlik, madaniy va injenerlik binolari qurildi. Bu binolar O’rta Osiyoda me‟morchlikning shu asarda injenerlik va texnik badiiy jihatdan yuksak mahorat darajasiga erishganidan me‟morchilikni rivjlantirishda yangi yo’l kashf etilganidan dalolat beradi. Afsuski, karvonsaroylar, rastalar, masjid – madrasa, ko’priklar bino qilgan xalq ustalarining nomlari bizning zamonamizga etib kelmagan, ayrimlarini hisobga olmaganda, masalan, 1541 – 1545 yillarda Kafolat shogird maqbarasini qurgan me‟mor G’ulom Husaynning nomi saqlanib qolgan.
O’rta Osiyoda shu davrda srajdanlik ahamiyatiga molik, har turli savdo rastalari, ariq va kanallar, ko’prik solish ishlari keng quloch yoydi. Shayboniyxon davrida yangi karvon saroylari solindi. Masalan, G’ijduvon Buxorodagi Tilla Kalon hammomlar solindi. Jenkinsonning garlariga qaraganda, Buxoroda hammomlar shunday ustalik bilan solinganki bunaqa hammom dunyoda yo’q
XVI asr nafaqat Buxoro, Samarqand shaharlariga katta e‟tibor qilindi, balkim boshqa shaharlarda ham katta – katta binolar qurildi. Yassada masjid, Qarshi shahri daryo yonida saroy, sovrinda madrasa qurildi.
XVI asrning eng yirik me‟morchilik inshoatlaridan biri Termiz nohiyasi “Namuna” jamoa xo’jaligi territoriyasida “Kokildara” (Kokildor ota) bo’lib, mavzoliy xonaqo hisoblanadi. O’sha vaqtda rasm bilan nafis panjara va ayvon xuddi shu Kokildora mavzoleyida ham bor.

II.2.Abdullaxon II davrida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot


Shayboniyxon vafotidan soa’ng uning avlod-ajdodlari oa’rtasida toj-u taxt, hokimiyat, mol-dunyo va davlat talashib oa’zaro qonli urushlar ayj oldi. 1510-1530- yillarda Shayboniyxonning amakisi Koa’chkinchixon hokimlik qiladi. Unga oa’ga’li Abdusaid (1529-1533) va jiyani Ubaydullaxon (1533-1539) merosxoa’r boa’ldi. Abdullaxon I ning qisqa hukmronligidan (1539-1540) soa’ng Movarounnahrda qoa’shhokimiyatchilik vujudga keldi. Bunga sabab, Buxoroda Ubaydullaxon oa’ga’li Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda esa Koa’chkinchixon oa’ga’li Abdullatifxon (1540-1551) taxt boshqarganlar. Hokimiyat talashib kurash mis-li koa’rilmagan choa’qqiga koa’tarildi. Shayboniyxon avlodlarining har birida 10-12 tadan oa’ga’il farzand boa’lib, ularning har biri taxt uchun vorislik qilishga daa’vogar edi. Shu bois Movaroun-nahr hududi bir necha boa’laklarga boa’linib ketdi. Karmana va Miyonqala’ada Iskandar Bahodir, Balxda Pirmuhammad, Qarshida Sulton Qilich Qora, Hisorda Shayboniyxonning nabirasi sulton Burhon hokimlik qiladi. 1556- yilda Abdullatifxon vafot etgach Samarqand taxtini Baroqxon3 qoa’lga kiritib, Navroa’z Ahmadxon nomi bilan besh yil hukmronlik qiladi26.
1550-yiIda Sulton Abdulazizxon vafot etgach, oa’nlab sultonlar, beklar va amirlar Buxoro taxti uchun kurashni avjiga mindirdilar. Dastlab Buxoro Shayboniyxonning nabirasi Sulton Muhammadyorga tegdi, lekin u bir yil oa’tmasdan Pirmuhammad tomonidan quvildi. Pirmuhammadga qarshi Baroqxon va Abdullatifxonga sulton Said, sulton Muhammadyor va Burhon sulton qoa’shiladi. Ular birgalikda Miyonqala’a, Karmana va Qarshiga yurish boshlaydilar.
Vahimaga tushgan bu shaharlaraing hokimlari qochib ketadilar. Faqat Miyonqala’a hokimi Iskandarning 18 yoshli oa’ga’li Abdullagina qala’ada mustahkamlanib sultonlaraing bir-lashgan kuchlariga qarshi yolga’iz oa’zi kurashga otlanadi. 12 kun davom etgan jangdan soa’ng sulh bitimi imzolanadi. Bitimga koa’ra Abdulla Balxga joa’nab ketishga majbur boa’ladi. 1556-yilda Baroq-xon vafot etgach uning farzandlari oa’rtasida boshlangan taxt vo-risligi uchun kurashga aralashib undan 1 Ahmedov B. “O’zbek ulusi”. T., 1992 yil. b – 54. 49 ustalik bilan foydalangan Abdulla navbatdagi ga’alabaga erishadi. U quvga’inlik yillarini bekorga oa’tkazmadi. Eng obroa’-ea’tiborli oa’nta oa’zbek qabilasi -qushchi, oa’tarchi, kenagas, yuz, jaloyir, major, qipchoq, minga’, bahrin qabilalari, shuningdek joa’ybor shayxlari hamda musul-mon ruhoniylarining boshqa ea’tiborli va qudratH vakillarining himoyasi va qoa’llab-quvvatlashiga sazovor boladi. Abdulla Ilonoa’tdi yaqinidagi jangda Baroqxonning oa’ga’il Bobosulton va uning ittifoqchisi Toshkent hokimi Darveshxonning birlashgan kuchlarini tor-mor keltiradi. Abdulla uchun Buxoroga yoa’l ochiq edi. U Qarshi, Chorjoa’yni egallab, sulton Burhonni maga’lubiyatga uchratib Buxoroga tantanavor kirib boradi. Buxoroni zabt etadi. Buxoro Abdullaxon zamonida siyosiy hokimiyat markaziga ayla-nadi. Markazi Buxoro boa’lgan davlat Buxoro xonligi deb atala boshlanadi.
Abdullaxon Shayboniylar urf-odatlariga katta hurmat bilan qaraydi va yoshi uluga’ boa’lgan oa’z amakisini, soa’ng otasini xon deb ea’lon qiladi. Amalda Abdullaning oa’zi ularning nomidan hokimiyatni idora etardi. Otasi Iskandarxon 1561-yili xon deb ea’lon qilinadi. U 1582-yiI vafotiga qadar xonlik taxtida oa’tiradi. Otasi vafotidan soa’ng 1583-yil Abdullaxon II oa’zini rasman xon deb ea’lon qiladi. Abdullaxon (1557- 1598) hukmron boa’lgan davrda Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlatga asos soldi. Uning butun hukmronlik yillari urush va jang-u jadallar bilan oa’tdi. 1557- yildaShahrisabzni, 1569-yilda Samarqandni egalladi. 1558-1572-yillarda oa’rtada tanaffuslar bilan Badaxshon uchun jang qiladi, Balx va Hisorni qoa’lga kiritdi. 1582- yilda Toshkent, Sayram, Turkiston, Farga’ona, 1583-yilda Xuroson, 1595-yilda esa Xorazm taslim etiladi.
Abdullaxon II Amir Temurdan soa’ng Movarounnahrda nisbatan qata’iy siyosat yurgiza olgan yagona va soa’nggi davlat arbobi edi. U Buxoro hokimiyatini tiklash maqsadida Qozoga’istonning hozirgi Qaraga’anda viloyati ga’arbidagi, Sariqsuv daryosining Shimolida joylashgan Uluga’toqqa yetibborgach, toga’ tepasidagi bir minorada bitilgan quyidagi soa’zlarga koa’zi tushadi: «Tarix yetti yuz toa’qson uchinda qoa’y yili, yozning ora oyi, Turon-ning sultoni Temurbek ikki yuz ming cherik bila Toa’xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga yetib, belgi boa’lsun deb bu 50 minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay inshoolloh. Tangri el kishiga rahmat qilga’ay. Bizni duo bilan yod qilga’ay».
Mazkur bitiklar 1391-yili Amir Temur Toa’xtamishxonga qar-shi lashkar tortgan kezi shu toga’ ustiga chiqib, soa’ng bu yerda bir minora qurdirib xarsang toshga oa’ydirib yozdirgan xotira soa’zlari edi. Abdullaxon II buyuk sohibqiron haqiga duolar oa’qittirib, oa’zi ham qarshi tomonda bir minora qurishga buyruq berdi va unga «Kimki bu manzilga qadam qoa’ysa, xayrli duo ila bizni yod aylasin» soa’zlarini oa’ydirtiradi.a’ Amir Temur Turkiston shahrida Xoa’ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va masjidini qurdirgani maa’lum. Tugallanmay qolgan bu ishni oxiriga yetkazish Abdullaxon II ga nasib etadi27.
Abdullaxon II XVI asrning 80-yillarida Xurosonda, uning markazlari Hirot, Mashhadda, 90-yillarda Seyiston, Garmsir va to Xilmand daryosigacha boa’lgan hududlarda oa’z saltanatini oa’rnatdi, Qandahorni ham egallaydi. Uning davrida hozirgi Qaraga’andadan (Uluga’toga’dan) Xilmand daryosigacha, Sibir xonligidan Mashhadgacha boa’lgan hududlar yana bir bor Oliy hokimiyati Buxoro qoa’l ostida birlashdi. Bunday katta saltanatga Amir Temurdan soa’ng Abdullaxon II asos soladi. Rossiyaliklar uning davlatiga nisbatan «Buyuk Buxoriya» degan iborani qoa’llashgan edilar.
Ana shu davrdagi Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish borasidagi faoliyati Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida oa’zining mukammal ifodasini topgan.
Abdullaxon zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik, hu-narmandchilik, savdo-sotiq rivojlanadi, madaniy hayot ancha yuksaladi. Juda koa’p suga’orish inshootlari: Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, Okchopsoy toa’ga’oni va suv ombori, Vahshdan chiqarilgan koa’plab ariqlarning qurilishi dehqonchilikni rivojlantiradi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligida buga’doyning 10 xil turi, suli, qoa’noq, joa’xori, mosh, noa’hat, makkajoa’xori, loviya, sho-li paxta, kunjut, beda, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, boga’dorchilik, chorvachilik va ipakchilik rivojlangan. Samar-qand, Buxoro, Marga’ilon, Xoa’jand, Andijon, Toshkent, Jizzax, Oa’ratepa, Shahrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmand-chilik taraqqiy qilgan. 51 Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan maa’lum boa’lishicha, XVI asrda Samarqandda hunarning 61 turi mavjud boa’lgan. Movarounnahrlik hunarmandlar zoa’r sana’at bilan turli-tuman metall buyumlar, ip va ipak matolar, aa’lo navli qoga’ozlar ishlab chiqarganlar. Buxoro shahri bu vaqtda ancha kengaytirilgan, devor va harbiy istehkomlar qaytadan qurilgan. Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, yangi rastalar barpo qilingan. Shahar oa’rtasidagi tim, koa’chalar chorrahasi ustiga gumbaz-toqlar, hammomlar, karvon yoa’llarida sardobalar, karvonsaroylar, koa’priklar qurilgan.
Abdullaxon davrida Buxoro xonligining Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. 1572-1578-yillari Hindistonda Buxoro xonining elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarning elchilari boa’lgan.
Abdullaxon II elchilari 1583-yili Moskvadan oa’q-dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham takrorlangan.
Abdullaxon II ning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa, pul islohoti oa’tkazish yoa’lidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. Uning davrida Buxoro yaqinida Sumitan (Joa’ybor) mavzesida Joa’ybor xojalaridan Abu Bakr Saa’d mozori atrofiga madrasa, masjid, xonaqoh va chorboga’, Buxoroda madrasa, hammom, Govkashon, Fathulla qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, Yangi Chorsu (1569-1570), tim (Abdullaxon timi), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga koa’prik (1582) qurilgan. Bu kabi inshootlar Toshkent, Samarqand, Balh va boshqa shaharlarda ham qurilgan. Turkiston shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi, masjidi taa’mirlangan.
Abdullaxon II ning nufuzli amiri Qulbobo Koa’kaldosh sharafiga Toshkentda Koa’kaldosh madrasasi qurilgan. Uning davrida shaharsozlik, ilm-fan taraqqiy etadi. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylanadi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil boa’ladi. Unda mashhur hattotlar Mir AH Hiraviy, Ahmad Husayniylar va boshqalar kitob koa’chirish bilan mashga’ul boa’Iishgan. Sayid Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asari Abdullaxon II ga baga’ishlangan.
Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, Qozi Poyonda Zominiy, Mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqalar yashab ijod etgan. Abdullaxon II ning oa’zi ham istea’dodli shoir boa’lib «Xon» taxallusi bilan oa’zbek va fors tillarida shea’r yozgan.
Harbiy sana’at taraqqiy etgan. Qoa’shin tarkibini nayza, qi-lich, manjaniq, shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilganlar. XVI asr ikkinchi yarmidan qoa’shin Turkiyadan keltirilgan pitta miltiq va zambaraklar bilan qurollana boshlagan28.
Abdullaxon II markazlashgan davlatni tuzishda isyon-kor zodagonlarni qattiqqoa’llik va shafqatsizlik bilan jazoladi, sultonlar, beklar, amirlar va oa’zining bir qator qarindosh-uruga’larining boshlarini tanlaridan judo qildirdi. Ammo u har qancha qattiqqoa’l boa’lmasin siyosiy tarqoqlik tartibotlariga qarshi kurashda ojizlik qiladi va bu tartibotlarning navbatdagi qurboni boa’ladi. Rivoyatlarga qaraganda Abdullaxon II oa’ga’li Abdulmoa’min tomonidan 1598-yili zaharlab oa’ldirilgan. Bu ishda harbiy zodagonlar boshliqlaridan bin Muhammad Boqibiy tash-kilotchilik qilgan. Hokimiyatni zoa’rlik yoa’li bilan otasi qoa’lidan olgan oqpadar Abdulmoa’min yarim yil oa’tmasdanoq oa’zi ham boshqa bir dushman zodagonlar guruhi qolida (1599) halok boa’ldi. Taxtni soa’nggi Shayboniy hukmdor Pirmuhammadxon egallaydi. Ammo 1601-yili Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan kurashda u yengiladi va taxtdan aga’dariladi. Shu bilan Shayboniylar hukmronligi tugaydi. Ana shu Boqi Muhammad boshqa bir sulola - Ashtarxoniylarga mansub edi. 1601-yildan vatanimiz siyosiy hayotida yangi sulola -Ashtarxoniylar hukmronlik qila boshlaydi. Shu tariqa qariyb yuz yil davom etgan Shayboniylar sulolasi oa’zaro qirga’inbarot urushlar va oa’zaro nizolar oqibatida qirilib tamom boa’ladi va taxt vorisligiga daa’vogar qohnaydi.

Xulosa
XV-asr oxiri XVI-asr boshida Temuriy mirzolarning o’rtasida boshlanib ketgan o’zaro janjallar taxt uchun kurashlar oqibatida Temuriylar davlati parchalanib ketdi. Natijada shayboniyxon Movoraunnahr xalqlari hayotida muhm o’zgarishlar yasagan Shayboniylar davlarini tashkil qildi.
Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ye, suv munosabatlari quyidagi ko’rinishlarga ega edi: Davlat mulki, vaqif xamda xususiy mulkdorlardan iborat edi. Unumli yerlarning asosiy qismi xonlar ularning qarindosh urug’lari, ruhoniylar va hukmron sinfning boshqa namoyondasi qo’lida to’plangan edi. Dehqonchilik va chorvachilik xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan edi.
Dehqonchilik haqida so’z yuritganda avvalo sug’orish ishlari qay darajada yo’lga qo’yilganligini aytish joizdir. Bunda sug’orish ishlarida tabiiy tayanch bo’lib kelgan an‟anaviy manbalar – Zarafshon, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh, Murg’ob daryolari imkoniyatlaridan foydalanganligi ham shubhasizdir.
Masalan: “Mehmonnomai Buxoro” muallifi Sirdaryo daryosi imkonlari haqida so’z yuritar ekan, bu daryoning kechuv joylaridan, irmoqlaridan ko’plab, katta-katta anhorlar qazilgan va suvi bilan atrofdagi ekinzorlar sug’orilganligini alohida ta’kidlaydi. Sig’noq atrofini obodonlashtirishda bu yaqqol ko’rsatilgan11 .
Sun‟iy sug’oriladigan yerlar dehqonchilikni rivojlantirishda asosiy negiz hisoblangan. Sug’oriladigan yerlarda paxta, bug’doy, sholi, beda, bog’dorchilik va sabzavotchilik yaxshi edi.
Dehqonchilikning bunday turi adirlar va vodiylarida yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Lalmikor dehqonchilik, chorvachilik bilan birga olib borilgan. Dehqonchilik uchun yaroqsiz bo’lgan yerlarda, sero’t yaylovlarda chorvachilik rivojlangan.
O’zbekiston tarixi darslarida bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolni o’rganish va uni o’quvchilar ongiga singdirish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar ishida quyidagi xulosalarga keldim.
Birinchidan, Shayboniyxon 1499-1509-yillarda olib borgan yurishlaridan keyin butun Movoraunnahr va Xurosonni qo’lga kiritdi. Shu tariqa katta hududni egallagan Shayboniyxon davlati tashkil topganligi yoritib berildi.
Ikkinchidan, Shayboniylar davrida etnik o’zgarishlar ro’y berib dashti qipchoqdan ko’chib kelgan qabilalar o’zlari bilan “o’zbek” degan etnik nomlarni olib keldilar va butun Movoraunnahr shu nom bilan yuritila boshlanganligi aniqlandi.
Uchinchidan, Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi. Shayboniyxon madrasasi, Abdurahm Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, Masjidi kalon, Mir arab madrasasi, Abdullaxon, Ko’kaldosh kabi madrasalar buni yaqqol misoli sifatida ko’rsatib berildi.
To`rtinchidan, Shaybiniylar davrida ilm - fan madaniyat rivojlanib temuriylar qodirgan meros davom ettirildi. Hukmdorlardan Shayboniyxon, Ubaydullaxon kabi shoirlarni xalqimizning ma’naviy merosiga qo’shgan hissasi nihoyatda katta ekanligi dalillar asosida asoslandi.



Download 68.46 Kb.
1   2   3   4




Download 68.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Bob. Shayboniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot

Download 68.46 Kb.