• II. Bob. Shayboniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot
  • Foydalanilgan adabiyotlar................................................................................46 Kirish
  • I. Bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol




    Download 68.46 Kb.
    bet1/4
    Sana27.05.2023
    Hajmi68.46 Kb.
    #65699
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Muhammadyusuf
    texnologiya-fanining-uzviylik-va-uzluksizligini-ta-minlash-va-takomillashtirish-omillari

    Mudarija:
    Kirish...................................................................................................................2 – 3
    I. Bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol
    I.1. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi
    siyosiy ahvol.........................................................................................4 – 10
    I.2. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda madaniy taraqqiyot uchun
    shart-sharoitlarning vujudga kelishi.....................................................10 – 25
    II. Bob. Shayboniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot
    II.1.Shayboniylar davlatida ilm-fan va ta’lim......................................26 – 39
    II.2.Abdullaxon II davrida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot...............39 – 43
    Xulosa ............................................................................................................44 – 45
    Foydalanilgan adabiyotlar................................................................................46


    Kirish
    Ma’lumki, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarida ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi muhim tamoyil sifatida ko’rsatib o’tilgan. Shuni nazarda tutgan holda bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi ham o’ta dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
    Birinchidan O’zbekiston tarixi darslarida shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to’liq namoyon etish va rivojlantirish uchun qulay shart–sharoit yaratish uchun ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish, o’quvchilarning ongiga to’g’ri yo’l topa bilish muhim ahamiyatga ega. Vatan tarixining ilmiy tahlil va izchil yondashuvni talab qiladigan yo’nalishlaridan biri XVI–XVII asrlarda hukm surgan shayboniylar davlati tarixidir.
    Ikkinchidan XV–XVII asrning boshlarida Movarounnahrdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy porokandalikni vujudga keltirgan sabablar, shu davr tarixiy jarayonlarining salbiy oqibatlari tegishli saboq bo’lib, mazkur voqealarni chuqur anglab, haqqoniy talqin qilish muhimdir. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixini yangi konseptual – metodologik asoslarda tadqiq etish, turli ilmiy muammolarni asl manbalarga tayangan holda tahlil etish muhim masalaga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tarixiy – madaniy merosni o’rganish va targ’ib etish, ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o’quvchilarni komil inson darajasida tarbiyalashga katta e‟tibor berilib, bu sohada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda1.
    Uchinchidan O’zbekiston tarixining muhim burilish nuqtasi hosoblanmish shayboniylar davrini ilmiy manbalar asosida tahlil etish fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. O’quvchilarga o’zbekiston tarixi fanini o’qitishda shayboniylar davri tarixining pedagogik asoslarini aniqlash hozirga qadar yaxlit ilmiy tadqiqot sifatida o’rganilgan emas. Bu esa mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi.
    Tariximizda Somoniylar, G’aznaviylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang’itlar kabi sulolalar hukmronlik qilganini bilamiz. Shu nuqtai nazardan olganda Shayboniylar davrining dolzarbligi shundan iboratki, biz bu davrni yanada muhimroq o’rganmog’imiz, o’sha davrda hukmronlik qilgan xukmdorlar qilgan ishlarini chuqurroq tahlil qilmog’imiz, ochilmagan, siru-sinoatlarni ochib bermog’imiz darkor.
    Abdullaxon II Amir Temurdan so„ng Dashti Qipchoqqa nisbatan qat‟iy siyosat yurgiza olgan yagona va so„nggi davlat arbobi hisoblanadi. Chunonchi, u 1582-yili mazkur yo„nalishda Buxoro xokimiyatini tiklash niyatida harbiy yurish uyuushtirib, ulug„ toqqa (hozirgi Qarag„anda viloyatining g„arbida Sariq suv daryosining shimolida joylashgan tog„lik) boradi. Manbalarda shu munosabat bilan qiziq ma‟lumot bor. Abdullaxon II ulug„ toqqa yetib borgach, tog„ tepasidagi bir minorada bitilgan quyidagi so„zlarga ko„zi tushadi: “Tarix yetti yuz to„qson uchinda qo„y yili, yozning ora oyi Turon Sultoni, Temurbek ikki yuz ming cherik bila To„xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga yetib, belgi bo„lsin deb bu minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay, inshoollox Tangri el kishiga rahmat qilg„ay, bizni duo bilan yod qilgay”
    Bizga ma’lumki, bir qator tarixchilarimiz Shayboniylar davriga oid bir qancha asarlar yozishgan. Jumladan, B. Axmedovning “Tarixdan saboqlar”, “To’rt ulus tarixi”, Z.M. Boburning “Boburnoma”, Abdulg’ozixonning “Shajarai turk”, M. Solihning “Shayboniynoma”, X.T. Buxoriyning “Abdullanoma” asarlari mavzuning yoritilishida muhim asarlar hisoblanadi.


    Download 68.46 Kb.
      1   2   3   4




    Download 68.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol

    Download 68.46 Kb.