I.Bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol




Download 68.46 Kb.
bet2/4
Sana27.05.2023
Hajmi68.46 Kb.
#65699
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammadyusuf
texnologiya-fanining-uzviylik-va-uzluksizligini-ta-minlash-va-takomillashtirish-omillari
I.Bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol
I.1. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi
siyosiy ahvol
Balxash ko’li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo’lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlangan. XIV asr boshlaridanoq bu yerda mavjud bo’lgan Jo’chi ulusi ikki mustaqil davlatga Ko’k O’rda va Oq O’rdaga bo’linib ketdi. XIV asr 60 yillaridan boshlab Oltin O’rda taxti uchun Ichan, Shaybon va To’qay Temur avlodlari o’rtasida kurash kuchayib ketdi. 1360-1380 yillar davomida Oltin O’rda taxtiga 25 xon kelib ketdi.
XIV asrning 70 yillarida Oltin O’rda ichki kurashlar yanada keskinlashib ketdi. Bu kurashda Shayboniylardan Tulunbekaxonim, Ilbon, Alpxo’ja, Arabshoh, Kaonbeklar katta o’rin tutdilar. Oltin O’rda taxti uchun kurashlar kuchayib, tushkunlikka yuz tutgan bir vaqtda Oq O’rda davlati kuchayib bordi. Bu holatni biz Urusxon va To’xtamishlar xukumronlik qilgan davrda kuzatishimiz mumkin. 1380 yilda Oq O’rdaning birlashtirilishi To’xtamishning Amir Temur tomonidan qo’llab quvvatlanganligi ta’sirida amalgaoshirilgan edi. Oltin O’rda Amir Temur tomonidan To’xtamishga qarshi kurashlar davomida ancha zayiflashtirilgan bo’lsada, Shodibek hukmronlik qilgan davrda 1401-1407 yana kuchaya boshladi. Shu yillarda Oltin O’rda Bulg’or, Xojitarxon, Qrim ustidan yana o’z hukmronligini o’rnatdi. 1406 yil Edigey tomonidan Xorazm bosib olindi. Bunga Temuriylar o’rtasida kuchayib ketgan taxt uchun kurashlar sabab bo’lgan edi2.
XV asrning 1chi choragida Oltin O’rdada o’zaro siyosiy kurashlar yana kuchayib ketdi. 1400-1417 yillar davomida Oltin O’rda taxtiga o’tirgan 8 ta xon birin -ketin taxtdan tushirildi. (Shodibek, Po’latxon, Temirxon, Jaloliddin Sulton va boshqalar) nom olgan. Oq O’rdada ham taxt uchun kurashlar kuchayib ketdi. Bir necha 10 yillar davomida taxt uchun To’xtamish, Quyirchoq o’g’lon, Barakxon, Ulugmuhammad kabilar kurash olib bordilar. 1424-1425 yillardan boshlab esa bu kurashlarda Muhammadxon, Kichik Muhammad, To’xtamishning o’gillari Davlatberdi va Kepakxonlar asosiy o’rin tutadilar. Dashti Qipchoq uzoq vaqt davom etgan ana shu kurashlarda boshqa qabilalar bilan bir qatorda Shaybon avlodlari ham faol ishtirok etdilar va ma’lum bir mavqega ega bo’lib bordilar3.
O’zaro kurashlardan ko’p qiynalgan halq uchun tinchlik nihoyatda zarur edi. 1427 yilda Alasha bahodir yordamida xon etib ko’tarilgan Abulxayrxon katta harbiy kuch to’pladi va 1428 yilda o’z ulusiga qaytib, qiyot, mang’it, qo’ng’irot, do’rmon, qushchi, o’tarchi, nayman, tuboyi, toymas, jot, korlik, ushun, kurlovut, echki, tangut, va boshqa qabilalar tomonidan ham xon etib ko’tarildi. Bunda Abulxayrxonni 200 dan ortiq urug’ va qabila boshliqlari qo’llab quvvatladilar. 1428 -29 yillarda ko’chmanchi o’zbeklar Janubi-G’arbiy Sibirdagi Tura shahrini qo’lga kiritdilar va bu shahar 1446 yilgacha Abulxayrxon davlatining poytaxti bo’lib qoldi. Abulxayrxonning bu muvaffaqiyati tezda butun Dashti Qipchokqa yoyildi va ko’pgina o’glonlar va sultonlar Abulxayrxon hizmatiga o’ta boshladilar. 1428- 1431 yillar davomida olib borilgan kurashlar natijasida Abulxayrxon ilgarigi Shaybon ulusi yerlarini qaytadan birlashtirishga erishdi va o’z davlatini Oltin O’rda (Ko’k O’rda) dan mustaqil deb e‟lon qildi. 1431-1432 yillarda Abulxayrxon Xorazm ustiga yurish qildi va uning shimoliy qismini temuriylardan tortib oldi. Biroq, bu yerda vabo tarqalgach, Xorazmni tashlab ketdi. Biroq, manbalarda Abulxayrxonning Xorazmni tashlab ketishiga sabab Shohrux tomonidan qo’shin yuborilishi va Xojitarxon xoni Orol dengizi atrofida qochib yurgan Kichik Muhammadning o’g’li Maxmud va uning ukasi Axmadxon Abulxayrxonga qarshi kurash boshlab havf deb ko’rsatiladi. (Abdurazzoq Samarqandiy).
XV asr 40 -yillarda Abulxayrxon Sig’noq, Oqqo’rg’on, Arquq, So’zoq va O’zgand shaharlarini egalladi. 1448 yilda Samarqandni taladi.
Biroq Abulxayrxon qanchalik harakat qilmasin, davlatda" yagona, mutloq 6 hukmdor bo’lib qololmadi. Bunga ayniqsa, Urusxon nabiralari qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Abulxayrxon vafotidan so’ng (1469) esa, davlatda yana o’zaro kurashlar avj oldi va ko’chmanchi o’zbeklar davlati o’zaro kurashlar natijasida yemirildi. Bu davlatning qayta birlashtirilishi Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451 - 1510) nomi bilan bog’liq4.
Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning o’g’li Budoq sultonning o’g’li edi, Otasidan yetim qolgach, Muhammad Shayboniyxon ukasi Maxmud Sulton bilan birga Abulxayrxon tarbiyasida bo’ladi. Keyinchalik temuriy amirlardan biri, Turkiston hokimi Muhammad Mazid tarxon homiyligida bir qancha vaqt Turkistonda yashadi. Turkiston urushlar girdobida qolgan bir vaqtda Shayboniyxon ukasi bilan Sulton Axmad Mirzo panoxida Buxoroda yashadi va ilm oldi. XV asr 90 -iillarida Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va siyosiy kurashlarga qo’shilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam o’rnashib oldi. Keyinchalik, Sayram va Yassini qo’lga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni qo’lga kiritdi. 1498 yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan so’ng Samarqandga yurish qildi, uni qo’lga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va Shahrisabz bilan birga talon -taroj etdi. 1499 yilda Samarqandda qilgan yurishi yana muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Buxoroga yurish qildi va uch kunlik qamaldan so’ng uni qo’lga kiritdi. 1500 yilda Muhammad Shayboniyxon yana Samarqandga yurish qildi va uni bosib olib, to’rt oy davomida talon qildi. Bu Samarqandliklarning Shayboniyxonga qarshi qo’zg’oloni sabab bo’ldi va ular 19 yoshli temuriy shahzoda - Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib ko’tardilar. Bobur Qarshi va Guzorni ham qo’lga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan halqning ahvoli juda ham nochor edi. Og’ir ahvolda qolgan Bobur qo’shinlari Zarafshon bo’yida Shayboniyxondan mag’lubiyatga uchradi va qamalda qolgandan so’ng yashirincha Toshkentga chekinishga majbur bo’ldi. Samarqandda, Buxoro va Toshkentda o’z hukmronligini qo’lga kiritgach, Shayboniyxyun Xuroson yurishiga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida Shayboniyxonga qarshi birlashgan bo’lsalarda, bu hech qanday natijaga olib kelmadi. 1505 yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm Shayboniyxonga tobe bo’ldi. 1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan so’ng boshlangan taxt uchun kurashlardan foydalangan Shayboniyxon temuriylardan Hirotni tortib oldi. Hirot bosib olingan 1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Afg’onistonning markaziy hududlarigacha bo’lgan yerlar Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon hukmronligi ostiga o’tdi. Shayboniyxon hukmronligi o’rnatilishi bilan Movarounnahrda uzoq vaqt davom etgan temuriylar o’rtasidagi o’zaro taxt talashishlarga chek qo’yildi va tinchlik o’rnatildi. Shayboniyxon siyosiy jihatdan markazlashgan davlat tuza olishga erishi bilan o’zining ilm -fan va adabiyotga moyilligi, bu soha vakillgarini hurmat qilishi va homiylik qilishi bilan katta hurmatga sazovor bo’ldi5.
Shayboniyxon qo’lga kiritilgan hududlarni boshqarish uchun o’z yaqinlariga bo’lib berdi. Bu hol markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keldi va 1510 yil Shayboniyxon Eron shohi Ismoil Safaviy bilan kurashga kirish oldidan ayniqsa, yaqqol namoyon bo’ldi. O’z vaqtida yetib kelmagan qo’shinlar oz sonli Shayboniyxon qo’shinlarining (17000) Ismoil Safaviy qo’shinlari- (70000) , tomonidan Tahrirobod mavzesida mag’lub etilishi va Shayboniyxonning o’ldirilishiga olib keldi6.
1510 yil Shayboniyxon vafot etgach, shayboniylar o’rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Ayni vaqtda Ismoil Safaviy ham shayboniylar davlati ichkarisiga hujum qilib kirib kelishga erishdi. Shayboniylar bu yurishni to’xtatish uchun sulhga rozi bo’ldilar va Amudaryoning sul qirg’og’idagi barcha yerlarni Eronga berishga majbur bo’ldilar7.
1511 yilda Bobur ham o’z qo’shinlari bilan Amudaryodan kechib o’tib, Xisor, Qulob, Qunduz, Badaxshonni egalladi. So’ng Ismoil Safaviy yordamida Samarqandga yurish boshladi. Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlar Turkistonga chekindilar. Samarqandni qo’lga kiritgan Bobur Ismoil nomiga xutba o’qitganidan norozi bo’lgan halq Boburga qarshi isyon ko’tardi va bundan foydalangan shayboniylar Boburni bu yerdan haydab chiqardilar. Ismoilning Boburga yordamga yuborgan Amir Axmad (Najmi soniy) boshchiligidagi qo’shinlari esa qirib tashlandi (1512 y kuzida) va 1512 yil may oyida Samarqand yana shayboniylar qo’liga o’tdi.
Bobur esa Ismoil bilan ittifoqini tuzdi va 1525 yilda Hindistonga yurish qilib, u yerda Buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi.
Shayboniyxon vafotidan so’ng shayboniylar davlati taxtini Ko’chkinchixon (1510 -1530) va o’g’li Abu Sa’id boshqardilar (1530-1533).
Maxmud Sultonning o’g’li Ubaydulla Sulton hukmronligi yillarida (1533-1539) hokimiyat ancha mustahkamlandi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko’chirildi. Ubaydullaxon davlatni mustahkamlash va eronliklarni mamlakat hududidan xaydab chiqarishga katta e‟tibor berdi. 1512 yil kuzida u yajmi soniy ustidan g’alaba qozongach, katta o’ljaga ega bo’lgan edi va bu mablag’ni u Buxoro shayxulislomi Mir, Arabga topshirdi va bu mablag’lrga mashhur Mir Arab madrasasi qurildi. Shayboniylar orasida eng katta ta’sirga ega bo’lgan hukmdorlardan yana biri Abdullaxon II (1534-1598) edi. 1556 yil jo’ybor shayxlaridan Muhammad Islom yordamida taxtni egallagan Abdullaxon umrining oxirigacha davlat hududlarini kengaytirish va markaziy hokimiyatni kuchaytirish, iqtisodiy ahvolni va davlatning harbiy qudratini yuksaltirish borasida harakat qildi. Abdullaxonning say- harakatlari natijasida XVI asr oxirlarida Buxoro xonligi ulkan markazlashgan davlatga aylandi. Biroq, Abdullaxon vafotidan so’ng hukmronlik qilgan A6dulmo’min va Pirmuhammadxonlar(1599 -1601) davlatni boshqara olmadilar va ularning o’limidan so’ng shayboniylar sulolasi barham topdi8.
Shayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruv tutgan o’rni va mavqeiga asosan bir nechta ijtimoiy tabaqalar mavjud edi: xon va uning yaqinlaridan iborat oliy tabaqa, harbiy amaldorlar yoki umaro, yirik din peshvolari -shayxlar, xojalar, olimlar, shoirlardan iborat fozillar, raiyat ya’ni oddiy fuqaro va kisman qullar.
Shayboniy xonlari tomonidan Movarounnahrda bir qator sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar qisman ijobiy natijalar bersa, ayrimlari davlatning zaiflashuviga oqibatlarga olib , keldi. Shayboniyxon tomonidan joriy etilgan suyurg’ol tizimi eng yaxshi hizmat ko’rsatgan va Shayboniyxonga yaqin bo’lgan 9 amaldorlar yoki xon xonadoni vakillariga turli viloyatlar ustidan hukmronlik qilishga imkon bersada, biroq ular markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lishga intildilar va oqibatda bu hol ichki kurashlarni keltirib chiqardi. Bu salbiy holat Shayboniyxon Ismoil Safaviydan mag’lubiyatga uchrashida ham ta’sir ko’rsatgan edi. Shuningdek, Shayboniyxon yer egaligi va yer-suv sohasida 1507 yilda pul islohoti va keyinchalik ta’lim sohasida ham islohotlar o’tkazgan edi9.
Dehqonchilik asosan lalmikor va obikor - sug’oriladigan yerlarda bo’lgan. Bug’doyning o’n ikki navi yetishtirilgan va boshqa an‟anaviy ekinlar ekilgan. Dehqonchilik uchun qulay bo’lgan va hosildor yerlar yirik amaldorlar va harbiylar hamda din peshvolariga qarashli bo’lgan. Shayboniylar davlati ijtimoiy - iqtisodiy hayotida Buxoro yaqinidagi Jo’ybor qishlog’idan chiqqan Jo’ybor xojalar^i katta ta’sirga ega edi. Ular siyosiy hokimiyat boshqaruv ishlariga ta’sir ko’rsatish bilan birga katta yer mulklariga ham etalik qilardilar. Shayboniylar davrida amalga oshirilgan islohotlardan biri qarovsiz yotgan yerlarni o’zlashtirishga ham qaratilgan edi. Chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning 60 dan oshiq turi mavjud bo’lgan. Ichki savdoga katta e‟tibor berilgan. Tashqi savdoda Turkiya, Eron, Hindiston, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. 1588 yilda Buxoroda bo’lgan ingliz sayyohi Antoni Jenkinson ham o’z ma’lumotlarida Buxoro shahrida har yili yirik savdogarlar qurultoyi bo’lishi, bu yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta -katga savdo karvonlari kelishini yozib qoldirgan edi10.

I.2. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda madaniy taraqqiyot uchun shart-sharoitlarning vujudga kelishi



Shunday qilib, ko’chmanchi o’zbeklar davlati inqirozga uchradi. Lekin bu davlatning inqirozi vaqtincha bo’lib, oradan ko’p vaqt o’tmasdan XV asrning 80- yillarida Muhammad Shayboniyxon bu davlatni qayta tiklaydi.
Abulxayrxondan keyin bu parchalanib ketgan saltanatni qayta tiklash va yanada ulkanroq davlatga aylantirish uchun hech bir hukmdor harakat qilmadi. Qabilalarni birlashtirishga urinmadilar.
Muhammad Shayboniyxon bir qancha tarqoq qabilalarni birlashtirdi. Abdulxayrxonning o’limidan keyin Shayboniylar xonadonidagi ichki ziddiyatlar sabab sulola zaiflashishiga qaramay Muhammad Shoxbaxt davriga kelib Shayboniylar yana bir bor qadlarini tiklashga ega bo’ldilar. Muhammad Shoxbaxt Abulxayrxonning Shohbudog’ nomli o’g’lidan tug’ilgan nabirasi bo’lib, biz uni asosan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) nomila yaxshi bilamiz11.
XV asrning o’rtalariga kelib Movarounnahrda Temuriy shaxzodalar o’rtasida toju-taxt kurashi kuchayib ketdi. Samarqand taxtiga Ibrohim Sultonning o’g’li Abdullo Mirzo o’tiradi. Buxoroda podsholikka ko’tarilgan Mironshohning o’g’li Abu Said unga raqib sifatida maydonga chiqadi. U ko’chmanchi o’zbeklar xoni Abulxayrxondan yordam so’raydi va juda ko’plab yerlar berishni va’da qiladi. 1451-yilning yozida Samarqand atrofidagi Sheroz qishlog’ida Abdulla Mirzo hamda Abu Said Mirzo o’rtasida qattiq jang bo’ladi. Bu jangda Abdulla Mirzo 17 mag’lubiyatga uchraydi va halok bo’ladi. Abulxayrxon yordamida Abu Said Mirzo Samarqand taxtini egallaydi. Shu tariqa Movarounnahr xokimi bo’ladi. Abu Said Mirzo davlatining chegaralarini kengaytirish niyatida edi. U avvalo Xurosonni egallashni maqsad qilib qo’ygan edi. Xuroson taxtida bu paytda Abulqosim Bobur Mirzo Samarqand hukmdori Abu Said Mirzoga qarshi yurish qiladi. Bu yurish muvaffaqiyatli amalga oshmagach, ikki o’rtada sulh bitimi imzolanadi. 1457-yili Abulqosim Bobur Mirzo to’satdan vafot etadi. Abu Said Mirzo bunday qulay vaziftdan foydalanib, Hirotni egallaydi va Temuriylar davlatining ikki qismini yana birlashtirdi. Abdullatif Mirzoning o’g’illari Axmad va Muxammad Jo’chi Mirzolar ham taxt uchun kurashni boshlab, Abu Said Mirzoga juda katta xavf tug’diradi. Bular o’rtasidagi jang 1455-yil Balx yaqinida bo’lib o’tadi. Bu jang Abu Said Mirzoning g’alabasi bilan yakunlanadi. Jangda Axmad Mirzo vafot etadi, Muhammad Jo’ychi Mirzo qochib qutiladi. U ko’chmanchi o’zbeklar xoni Abulxayrxondan yordam so’raydi. Bu haqda Abulg’ozi shunday yozadi:
“Abdullatif Mirzoning o’g’li Muhammad Jo’chi qochib Abulxayrxonga borib turar, Abulxayrxonning xotini Abdullatif Mirzoning singlisi ekandur.
Muhammad Jo’chining ammasi bir necha vaqt xon eshigida turg’on so’ng Movarounnahrdin bir kishi borib turur. Sulton Abu Said Mirzo Samarkanddin otlanib Xurosonga ketdi. Andin nari Mozondarang’a ham borurman deb bu so’zni eshitkandan so’ng Mirzo Muhammad Jo’chi bizdan ko’mak iltimos qilib turur. Xon Berka Sultonni chaqirib aytib turur. Mirzo Muhammad Jo’chi bizdan ko’mak so’rayturur. Mening – o’g’lonlarimni va yaqin ishlarimda bu ishni boshqarutek kishi yo’q. Sen mening o’g’limsen. O’z cherigingdin bilan otlan. Men ham cherik qo’shayin. Birka Sultonning so’zini qabul qilib Muhammad Jo’chi Mirzoni o’ttiz ming kishi birlan otlanib Toshkent kelib turur. Otasindin va o’zidan qolg’on Abu Said Mirzodin Jo’chi Mirzog’a keldilar. Andin Toshkentga borib kirdi. Andin Shoxruxiyani borib oldi”
Muhammad Jo’chi Mirzo shu yerda vafot etdi. Abu Said Mirzo tez orada Jo’rjon, Seyiston, Kirmon, Afg’oniston va Eronning katta territoriyalarini bosib12.
oldi. Qora quyunli Turkman sulolasining vakili Xasan Ali Abu Said Mirzo g’uzuriga kelib, Uzun Xasan bilan bo’ladigan urushda unga yordam berishini so’radi. Abu Said Mirzo katta qo’shin bilan Marvdan harakat boshlab, Ozarbayjonga yo’l oldi. 1469-yilda Qorabog’da uning qo’shinlari Uzun Xasan bilan bo’lgan to’qnashuvda mag’lub bo’ldi. Abu Said Mirzo Samarqand taxtini qo’ldan boy beradi. Abu Said Mirzo to’qnashuvda asirga olinadi va qatl etiladi. Shu yili Xusayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi va 1506-yilgacha hukmronlik qildi. Abu Said Mirzo Samarqand taxtini o’zi tiriklik vaqtidayoq katta o’g’li - Sulton Ahmadga bergan edi. Farg’onani yana bir o’g’li Umarshayx Mirzo boshqarar edi. Bu davrda ham Temuriy Mirzolar o’rtasida to’qnashuvlar bo’lib turdi. Sulton Axmad Mirzo Toshkentni egallash maqsadida Umarshayx Mirzo ustidan qo’shin tortdi. Umarshayx Mirzo ham qaynotasi Yunusxon ko’magiga ishonib o’z qo’shini bilan Sirdaryo yoqasiga keladi. Bu yerda unga Sayramdan yo’lga chiqqan qaynotasi Sulton Mahmud ham raxbarligida mug’ullar qo’shini kelib qo’shiladi. Endi jang boshlanay deb turgan vaqtda oraga o’sha davrning eng nufuzli din arbobi Xo’ja Nasriddin (Xoja Axror) tushib qon to’kilishiga yo’l qo’ymaydi.
Sulh bitimi tuzilib unga binoan Toshkent Sulton Mahmudxonga beriladi. Lekin bu sulh uzoqqa bormaydi. Umarshayx Mirzo va Sulton Axmad Mirzo Sulton Mahmudxonga qarshi urush boshlaydi. Dastavval Umarshayx Mirzo Toshkentga yurish boshlab, Xavos qal‟asini egallaydi. Lekin Sulton Mahmudxondan akasi Sulton Axmad Mirzodan mag’lubiyatga uchrab Andijonga qaytib ketadi. Bu voqea 1487-yil bo’lib o’tadi. Oradan bir yil o’tgach, Sulton Axmad Mirzo Toshkentga yurish boshlaydi. Chirchiq bo’yidagi jangda Sulton MahmudxonSamarqand qo’shiniga jiddiy shikast yetkazdi. Sulton Axmad Mirzo juda ko’p odamni yo’kotib, qochishga majbur bo’ldi. 1494-yilda Sulton Ahmad Mirzo inisi Umarshayx Mirzoga qarshi yurish boshlaydi. Toshkent xoni Sulton Mahmudxon ham Farg’onani egallash uchun yurish boshladi. Ayni shu paytda Umarshayx Mirzo fojiali xalok bo’ladi. Bobur bu haqda shunday yozgan edi: “Bu asnoda G’arb voqe‟ dast berdi, mazkur bo’lib edikim, Axsi qo’rg’oni baland jar ustida 19 voqe‟ bo’lubtur, imoratlar jar yoqasida edi. Ushbu tarixda Dushanba kuni Razamon oyining to’rtida Umarshayx Mirzo jardin Kabutar va Kaburxona bila uchib, shunqor bo’ldi13
Taxtga uning o’g’li 12 yoshli Bobur Mirzo o’tiradi. Sulton Axmad Mirzo qo’shini Quva yonida daryodan o’tishda ko’prik sinib ketib katta talofat ko’radi. Askarlarning ko’pi suvga cho’kib ketadi. Buning ustiga ot ulati boshlanib, otlar tappa-tappa yiqilib jon berayotganini ko’rgan lashkar dilidagi vahima o’rnini qo’rquv egallaydi. Shu sababdan ham Sulton Axmad Mirzo, Bobur Mirzo bilan sulh tuzib, orqaga qaytishga majbur bo’ldi. Sulton Mahmudxon boshliq mo’g’ullar qo’shini Axsini qamal qildi. Qanchalik urinmasin Axsini olishga qurbi yetmadi. Axsilik ximoyachilarning matonat bilan jang qilayotganini ko’rgan Sulton Mahmudxon ham orqaga qaytishga majbur bo’ldi. Andijon yurishidan qaytayotgan Sulton Axmad Mirzo O’ratepa qo’rg’oni yaqinida Oq suv degan joyda to’satdan vafot etadi14.
Sulton Axmad Mirzoning o’g’li bo’lmaganligi sababli taxtga uning inisi Maxmud Sulton o’tiradi. Ammo uning hukmronligi uzoqqa bormaydi. U xokimiyatni olti oy ham boshqarmasdan to’satdan vafot etadi. Sulton Mahmudxon o’rniga 1495-yili Samarqand taxtiga ikkinchi o’g’li Boysung’ur Mirzo o’tiradi. Movarounnahrdagi vaziyat keskinlashgan yillar ayni shu zamonda ro’y bergan, desak to’g’ri bo’ladi. Zero, mahalliychilik avj olib Samarqandlik va buxorolik beklar Boysung’urni Xisorlik beklarga yon bosganlikda ayblab, oliy taxtga uning ukasi Sulton Alini (1483-1501) o’tkazish payiga tushadilar. Mazkur qaramaqarshilikka din peshvolari ham aralashadilar. Vaziyatning nechog’liq murakkab bo’lganini shundan ham bilib olsa buladiki, Xoja Axror avlodlaridan Muhammad Xojani Boysung’urni yoqlasa Xoja Yaxyo Sulton Ali tomonida edi. Bobur ta’biri bilan aytganda, “Xazrati Xoja Ubaydullo (Axror) avlodining orasida bu sababdan taassuf tushdi, ulug’i – ulug’iga murabbiy bo’ldi, kichigi-kichigiga muqavviy”1 bo’ldi. Bir so’z bilan aytganda mamlakat nafakat siyosiy jihatdan ham ikkiga 1 Z.M. Bobur “Boburnoma” 2 O’sha asar. 36-bet 20 bo’linadi. Boshqa tomondan esa Xuroson hukmdori Sulton Xusayn Xisor va Qunduzga intilishini kuchaytiradi. 1496-yili Samarqand taxti atrofidagi mazkur mash-mas‟halar xabari Farg’onaga ham yetib boradi. Bu yerda esa otasi o’limidan so’ng xokim maqomida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) faoliyat boshlagan edi. Bu haqda uning o’zi shunday yozgan edi: “(Xabar) kelgach biz ham Samarqand davosi... o’q cherik otlanduk”. Boshqacha aytganda Samarqand taxti uchun ya’ni bir da’vogar kupaydi.
Paytdan foydalangan Muxammad Shayboniyxon tezlikda lashkar tortib kelgan bo’lsa-da, ammo so’nggi pallada Boysung’ur aynib uni qabul qilmaydi. Muxammad Shayboniyxon tezlikda lashkar tortib keladi. Boysung’ur ham Samarqandni tark qilgach, shu yili Bobur ilk bor Samarqandga kirib taxtni egallashga muvaffaq bo’ldi. Ammo bu yutuq uzoqqa cho’zilmay tez orada Bobur o’zi yo’qligida Andijonni egallab olgan raqiblari bilan kurashish uchun Farg’onaga jo’nashga majbur bo’ldi. Bir so’z bilan aytganda, Temuriylar xonadonida boshbodohlik avjiga chiqqan, mahalliy beklar mavqe oshib rasmiy sulolani tan olmay qo’yganlar. Bunday sharoitda Muxammad Shayboniyxon uchun Samarqandga intilish tabiiy bir xol edi. Kamoliddin Binoiy shu munosabat bilan temuriylar o’rtasida qarama-qarshilik ortib borayotganidan bu sulolaning umri tez orada bitishini bildi deb yozgandi1. Haqiqatdan ham kuchga to’lib kelayotgan Muxammad Shayboniyxonning mo’ljali to’g’ri chiqadi15.
1500 yilning qishini Shayboniyxon urush hozirligi bilan o’tkazdi. U qish ichida Qorako’l qal‟asini Abul Muhsin Mirzodan tortib oladi. G’uzor va Qarshini qamal qilib olishga muvaffaq bo’lishga ulgurmadi. Vabo boshlangach u yerdan qochdi. Tez orada Dabusiya qal‟asi xon qo’liga o’tdi.
Shayboniyxon yana Samarqandni egallash uchun yurish boshladi. Bobur va Shayboniyxon o’rtasida jang 1500-yilda Samarqand yaqinida Sariko’l degan joyda bo’lib o’tdi. So’nggi jang juda qisqa va bag’oyat dahshatli bo’ldi. Ikki qo’shin birbiriga jadal yaqinlashib kelayotib, kutilmaganda Shayboniyxon Bulon g’orining uchi Bobur Mirzo asakarlarini aylanib o’tib, orqadan siquvga ola boshladi. Bobur Mirzo o’sha zaxoti askarlarini orqaga yuz o’girtirdi. Buning oqibatida shunday bo’ldiki, jang ko’rgan yigitlardan tuzilgan Qirovul o’ng qo’lda - jang markazidan chetda qolib ketdi. Bobur Mirzo qo’shini jon holatda jang qilib, g’anim Barong’orini g’o’ma tiqa boshladi16.
Buni ko’rib Shayboniyxonning tajribali sarkardalari “Xujumni kuchaytirish kerak, to’xtab emas, chopib jang qilish kerak” – deb jangga maslahat beradi. Ikki tarafdan siquvga olingan Bobur Mirzo askarlari tutday to’kila boshladilar. Ko’chmanchilarning temuriylar qo’shinini yengishda juda qo’l kelgan jang uslubi bor edikim, Shayboniyxon uni bu jangda uni ham ustalik bilan qo’lladi. Bu to’lg’ama edi. To’lg’ama ichida qolganlarning omon chiqishi qiyin edi. Bobur jangda yengilib ozgina lashkari bilan Samarqand qal‟asiga qochib kirdi. Shayboniyxon tezda shaharni qamal qildi. Shahar axli uchun qamal oylari juda og’ir kechdi. Qamalning to’rtinchi oyi tugab, beshinchi oyi boshlandi. Shayboniyxon qo’shinining bir to’dasi Qarshi bilan Kesh tarafga yo’l oldi. Qamalni davom ettirish uchun katta o’lja ko’p zahira kerak edi. Xon qoshida juda oz askarlar qolganidan xabar topgan shayxul islom odamlari Bobur Mirzoni g’animga to’satdan xujum qilish imkoniyatini qo’ldan chiqarmaslikka da’vat qildilar. Bunday qulay vaziyatdan foydalanmoq zaruratini Bobur Mirzo ham tushunardi17.
Muhammad Solihning yozishicha: “Ming kishilik yaqin odam qurollanib tashqariga chiqdilar. Temur Sulton, Xamza Sulton, Sulton Bahodir, Maxmud boshchiligidagi dushman ularga qattiq zarba berdi. Qamalning oltinchi oyida qamalchilarning ko’pchiligi shahardan qocha boshladilar. Shayboniyxon Boburga sulh tuzishni taklif qildi. Sulhning birinchi talabiga ko’ra, Shayboniyxon Boburning opasi Xonzodabegimni xotinlikka so’ragan edi. Ikkinchi talabiga binoan Bobur shaharni tark etishi kerak edi. Shayboniyxon Boburni shahardan eson-omon chiqarib yuborishga va’da berdi. Bobur bu haqida shunday yozadi:
“Zarurat bo’ldi, sulh guna qilib kechadin ikki pakr yovulib edikim, Shayxzoda darvozasidan chiqildi. Volidam xonimni olib chiqdim, yana ikki xotun kishi chiqti. Biri Birka xalifa edi, yana biri Minglik Ko’kaltosh edi. Mening egachim Xonzodabegim ushbu chiqqonda Shayboniyxonning iligiga tushdi”
Bobur Samarqanddan chiqib ketgach, Shayboniyxon shaharni egalladi. 1501- yili qishida Shayboniyxon Shoxruxiya va Pskent qal‟alarini egalladi. Toshkent xoni Sulton Mahmudxon Andijonni bosib olish uchun Sulton Axmad Tanbal bilan urush olib borayotgan edi. Mana shu to’s-to’polondan foydalangan Shayboniyxon O’ratepani qo’lga kiritdi18.
Shu fursat Andijon taxtini qo’lga kiritgan Sulton Axmad Tanbal Shayboniyxon huzuriga og’asi Bektalbani yuborib itoat izhorini qildi va xon xokimiyatini Qur‟on ustida tan olganini ma’lum qildi. Bu xabarni olgan Shayboniyxon Tanbalga o’z nishonlarini yubordi.
Sulton Mahmudxon Shayboniyxonga ko’p yordamlar berganini aytib, uning bu xatti-xarakatlaridan noroziligini bildiradi. Shayboniyxon Sulton Mahmudxon maktubini olib sulh tuzishga rozi bo’ldi. Biroq bu kelishish vaqtincha ekanligini har ikkala tomon ham bilardi. Shayboniyxonga sulh tuzish Xorazmni qo’lga kiritish kerak edi. Xorazmga yuborilgan qo’shinga xonning inisi Sulton Mahmud boshchi bo’ldi. U yoniga Ubaydulloxonni ham qo’shib oldi. Xorazm o’sha yili - 1502-yilda zabt etildi19.
Shayboniyxon Samarqand, Buxoro va ularga tobe bo’lgan yerlarda o’z mavqeni mustahkamlab olgandan keyin Xuroson va Amudaryoning so’l sohilidagi boshqa viloyatlarni tasarrufiga kiritib olishga qaror qildi. BIRinchi navbatda u Amudaryoning yuqori oqimida uning ikki sohilida joylashgan ulkan hududga hukmronlik qilayotgan va unga jiddiy ravishda tahdid solayotgan Xusravshoxning yo’q qilishga axd qildi.
Xusrav shox katta harbiy kuchga tayanib va Shayboniyxonning O’ratepaga yurish qilishidan foydalanib, ellik ming kishilik lashkari bilan Xisordan chiqib yurish boshladi. U mashhur Temur darvoza mavzedan o’tib Qarshi ustiga otlandi. Lekin yo’lda uning qo’shinlari tarqalib ketgan va Xusrashoh orqaga qaytishga majbur bo’lgan. Keyinchalik u Xisordan ham qochib Ayvoch degan yerda Amudaryoning o’ng sohiliga o’tib Arxang mavzeda Balx xokimi Temuriy Badiizzamon lashkari bilan birlashgan. Shayboniyxonning qo’shinlari Xusravshohni Arxangacha ta’qib etib bordi. Va boy o’lja bilan qaytdilar. Shayboniyxon sovuq bo’lganiga qaramay Xusravda qoldi va Xisori shodmon qal‟asini qurshab oldi. Uzoq davom etgan qurshov vaqtida Xisori Shoxmonga Xurosondan madad kuchlari yetib keldi. Biroq ular kutilgan natijasini bermadi. Amir Vali Xusravshohning buyrug’i bilan 80 ming kishilik qo’shini bilan bu yerda hozir bo’ldi. Biroq qo’lidan bir ish kelmay mahlubiyatga uchrab qochdi. Mazkur jangda Amir Vali tomonidan turib urishdan Muhammad Xusayn Ko’ragonning ko’p amirlari va askarlari xalok bo’lib o’zi Oloyga u yerdan esa Farg’ona tog’lariga qochadi. Biroq o’shanda Toshkent xokimi Sulton Mahmudxon mavqeining kuchayishi natijasida Shayboniylar Xisor va Badaxshonda mustaxkam o’rnasha olmadilar. 1503-yilning bahorida Shayboniyxon Toshkentni bosib olish uchun yurish boshlaydi. Sulton Mahmudxon jangda mag’lubiyatga uchrab inisi Sulton Ahmadxon bilan asirga tushadi. Shayboniyxon xonlarni avf etib, ularni ozod qilib yubordi.
1503-yilning noyabr oyida Kerki degan yerga Amudaryodan kechib o’tib osonlik bilan Antihudni qo’lga kiritib oldi va Balxni qamal qildi. Badiizzamon esa Shayboniyxon Amudaryoning so’l sohilida paydo bo’lishidan ancha ilgari Balxni tark etib shahar mudofaasini o’g’li Muhammad zamon Mirzo vaziri Xoja Jaloliddin va boshqa amirlarga topshirib o’zi Jo’z darasaida o’rnashib oldi. U yerda u Sulton Xusaynning ko’rsatmasiga muvofiq ish yuritgan bo’lsa kerak. Chunki, masalan: Bobur Mirzo Sulton Xusaynning o’ziga Badiizzamon va Xusravshohga yo’llagan nomasi haqida so’zlab jumladan, shunday deyilganligini aytadi: “Sulton Axmad Mirzo va Ulug’bek Mirzo og’a ishlar ittifoq qilib yurganda men Murg’ob yoqasini berkitdim. Mirzolar yovuq yotib hech ish qila olmay yondilar. Agar o’zbek mutavvajjiq bo’lsa, men Murg’ob daryosini berkitay. Badiizzamon Mirzo 24 – Balx va Shobirg’on hamda Antihud qo’rg’onlariga mazbut kishilarini quyub o’zi Go’rvon va Darayi zangda u Qo’histonni berkitsun. Sen Kohmard Ajarda ul Kuhpolni berkitib Xusrav shoh Xisor va Qunduz qo’rg’onlarida e‟timodiy kishilarni qo’yub o’zi va inisi Badaxshon va Xatlon tog’larini berkitsunlar. O’zbek ish qilolmay yong’usidur”1 Shayboniyxon Balxni qamal qildi. Lekin uni ololmadi va qo’shinlarni Movarounnaxrga olib ketishga majbur bo’ldi. Bunga sabab Andijonda Sulton Axmad Tanbal Shayboniyxonga qarshi isyon boshladi. Shayboniyxon qo’shinlari bilan Andijonni qamal qildi, qattiq janglardan keyin shahar egallanib, Sulton Ahmad Tanbal og’a-inilari bilan qatl etildi. Andijonga Jonibek Sulton xokim etib tayinlandi.
Shayboniyxon 1504-yilning bahorida Xisorga yurish boshlagan. Lekin hech qanday qarshilikka uchramay uning poytaxti Xisori Shodmonni egalladi. Bag’lon, Qunduz va Badaxshonni zabt etish uchun u Mahmud Sulton va Muhammad Temur sultonlarni yubordi. Xusravshoh ularning xujumiga dosh berolmay Qunduzni o’z xoliga tashlab o’sha paytda Farxor qal‟asiga joylashgan Mirzo Boburning panohiga qochib bordi. Shayboniylar sipohi o’shanda Arxang va Badaxshonning katta qismini fath etdi. Ilgari Xusravshohga tobe bo’lgan viloyatlarni Shayboniyxon o’z yaqin qrindoshlari o’rtasida taqsimlab berdi. Masalan, Qunduz, Bag’lon va Badaxshonni zabt etilgan qismini inisi Mahmud Sultonga, Xisorni Xamza Sultonga, Chag’onyonni Mahdiy Sultonga in‟om etdi20.
Xusravshoh haqida gapiradigan bo’lsak, u Qunduzni qamal qilishga otlanib shahardan ikki yag’och naridagi Xoja Chortoq degan yerni qarorgoh qildi. Qunduz xokimi Qamarbiy Soli saroyga Xamza sulton huzuriga yordam so’rab chopar yubordi. Xamza Sulton Qunduzga ko’p sonli lashkar bilan Matlab Sulton va Mamoq Sultonni yubordi. Oxir-oqibat Xusravshox mag’lubiyatga uchrab asir olindi. Uni shahar ko’chalari va bozorlaridan sharmandai-sharmisor qilib olib o’tdilar. So’ng boshini tanidan judo qildilar.
1505-yilning qishida boshlangan Xorazm qamali xuddi Samarqand qamalidek olti oy cho’zildi. Xorazm xokimi Chin So’fi mardona jang qildi.
Lekin Shayboniyxon oltinchi oy boshida yetib kelgan yangi kuchlar yordamida uni yengishga muyassar bo’ldi. Xon Xorazmni Kupakbiyga berib o’zi Samarqandga qaytdi. Bobosi saltanatining asosi bo’lmish yerlarni birin-ketin egallab zo’rayib borayotgan Shayboniyxonning harakatlari Xuroson xukmdori Sulton Boyqaro ko’ngliga g’ulg’ula soldi. U Shayboniylarga qarshi chiqishga ahd qildi.
Shayboniyxonning Balxga qarab yo’lga chiqqanini eshitib, jangga otlangan Xusayn Boyqaro 912-yilning Zulhijja oyida – 1506-yilning 5-mayida yo’lda qazo qildi. O’sha yilning noyabrida Balx to’rt oylik qamalidan keyin Shaybniyxon qo’liga o’tdi. Sulton Xusayn o’zining to’ng’ich o’g’li Badio’zzamonni valiaxdlikka belgilagan edi. Biroq uning qazosidan so’ng Hirot saroyida nufuzli o’rin tutgan Xadichabegim – o’lgan Mirzoning bevasi xiyla-yu nayranglari bilan o’z o’g’li Muzaffar Mirzoni taxtga o’tkazdi. “Badiizzamon Mirzo bilan Xusayn mirzo Hirot taxtida Bashirkat podshoh qildilar”
1507-yilning may oyida Shayboniyxon katta qo’shin bilan Xuroson poytaxti Hirotga yurish boshladi. Qorabog’da bo’lib o’tgan janglarda Ubaydulla Sulton va Muxammad Temur Sulton temuriylar qo’shinini tor-mor etdi. Badiuzzamon Hirotga kirmay Qandahorga qarab qochdi.
Muzaffar Xusayn esa jang payti shaharga yetib shayxul islom Sayfiddin Axmad Taftozoniyning bog’iga qo’ndi. O’sha zaxoti u o’z huzuriga qozi Ixtiyoriddin boshliq shahar mudofaasini tashkil qilishda ko’mak so’radi. Ammo chaqirganlar bunga ko’nmaganlardan so’ng, badbaxt shaxzoda Astrobodga qarab qochdi. Shayboniyxon boshchiligidagi ellik ming kishilik qo’shin tez orada Hirot yaqiniga yetdi. Hirotning ko’zga ko’ringan ayonlari shahar kalitlarini xonga topshirdi. Shunday qilib, 1507-yil may oyining oxirida Hirot egallanib Shayboniyxon nomiga xutba o’qildi.
1507-1508-yillarda Shayboniyxon Jom, Marv, Mashhad, Sabzavor va Damg’onni qo’lga kiritdi. Xon yangi zabt etilgan yerlarni o’z farzandlari, birodarlari va sultonlarga bo’lib berdi. Hirot – Jonvafobiyga, Marv – 1 Z.M. Bobur “Boburnoma” 165-bet 26 Qubiznaymanga, Balx – Xorazmlik Sultonshohga, Xisor atrofi bilan Mahdiy Sulton va Hamza Sultonlarga, Qunduz – Ahmad Sultonga, Toshkent – Suyunchxo’jaxonga, Axsi – Jonibek Sultonga, Andijon – Mahmud Sultonga, Xorazm – Qushchi Kupakbiyga, Turkiston – Ko’chkinchixonga berildi.
Buxoro va Qorako’l noibligi Shayboniyxon ukasi Sulton Mahmudga butun mamlakatning javohiri Samarqand bilan Kesh va Miyonka Ayoltiy bilan birgalikda o’g’li Muhammad Temur saltanatiga berildi. Biroq Movoraunnahr bilan Xuroson mulkining yangi egasi bo’lmish Muhammad Shayboniyxonning har bir harakatini ziyraklik bilan kuzatib turgan shaxs allaqanchalar tarix sahnasida mavjud edi. Bu shaxs juda yoshligidayoq Shirvonshoh taxtini keyin esa Eron taxtini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan shoh Ismoil (1510-1524) edi.
XV asr oxiri XVI asr boshlarida nafaqat Turkiston balki Eronda ham katta siyosiy o’zgarishlar yuz beradi. Chunonchi, G’qrbiy Eronda xokimiyatga yangi siyosiy kuch - Safaviylar (qizil boshlar) keladi. Garchi manbalarda Safaviylarning (1501-1732) kelib chiqishi haqida turlicha talqinlar mavjud bo’lsa-da, (masalan: Safaviylar sulolasi nasabini arablar, kurtlar, turklar bilan bog’lash hollari bor), ammo bir narsa fanda aniq, ya’ni Safaviylar kichik Osiyo va O’rta sharqdagi muayyan bir turkiy harbiy-siyosiy kuchlarga suyanganlar. Ular ko’magida xokimiyatga kelganlar, ular yordamida xokimiyatni boshqarganlar.
Ularning qizil boshli deyilishiga sabab – bosh kiyimlarining qizil rangda bo’lganligidandir. Zero, Kichik Osiyo qavmlarining XIII – XIV asrlardayoq Qizil quloq kiyib, yurganliklari ma’lum.
Shayboniyxonning Movoraunnaxr-u, Xurosonni qulga kiritishi shoh Ismoil uchun navbatdagi urush ular o’rtasida bo’lajagini bildiradi. Keyingi voqealar shoh taxminini isbotladi. Shoh Ismoil davlatida har bir masjidda shia imonlarining nomi xutbaga qo’shib o’qitilishi qonun kuchiga kirgan edi. Shayboniyxon esa sun‟iy mazham tarafdori sifatida bunday shakkoklikka tezroq barham berilishini aks xolda urush boshlajagini aytib Shohismoilga tahdidli maktublar jo’nata boshladi. Shayboniyxon o’z maktublariga Safaviylar hukmdorligida o’ziga tobe sultonlarga murojaat qilganidek, bepisand tarzda undan Makkaga borib tavba qilib, kaytishini o’z nomini xutbaga qo’shib o’qitishini o’ziga loyiq sovg’alar hozirlab xuzuriga bosh egib kelishini talab, iddaoli ko’rsatmalar berardi. Shoh Ismoil bu maktubni javobsiz qoldirgan, shekilli Shayboniyxon buni uning zaifligiga yo’yib qo’l ostidagi keng mamlakatni yanada kengaytirish payiga tushdi. Xurosonning janubidagi shafqatsiz o’zbek o’rdusi Qandahorning nariga tarafiga kechib o’tdi. Shu tariqa xirmon ustiga xujumga hozirlik ko’rilayotganiga Shox Ismoil xujumni to’xtatish qasdi bilan javob berdi. Sufiga Kashkul va Hassa yuborib quyidagi maktubni yozdi: “Bu hodisalarni qabul et, ular sening otangdan qolgan meros alomatlaridir. Ammo menga kelganda men o’zimning ulug’ mashhur bobom Chingizxondan meros qilich bilan xokimiyat oldim. Agar sen o’zingning tilanchilik davoingdan rozi bo’lmasang o’z-o’zingdan o’pkala”.
1509-yilning Shoh Ismoil g’azabga to’la bir maktub bitib Shayboniyxonga jo’natdi. Maktubda pand-nasihat kor qilmagani uchun xonning tazirini qilich zarbi bilan berib qo’yish lozim deb topilganini ma’lum qildi. Ammo maktub junatishga, jo’natib o’zi qulay vaziyatni kutdi. Shunday qulay vaziyat haqida xufiyalar xabar keltirdi. Ulardan Shayboniyxon qo’shinining asosiysi Dashti Qipchoqdagi Qozoq va mug’ul xonlari bilan jangu-suronni ovora ekanligini xonning o’zi rahbarlik qilayotgan qo’shin esa Feruzqo’zi qabilasining isyoni sababli Janubga harakat qilishdan to’xtaganligini eshitishi bilan Shoh Ismoil Qizil boshlar qo’shinini boshlab Xuroson sarhadlariga bostirib kirdi. Shoh Ismoilning bosib kelayotganini eshitgan Muhammad Shayboniyxon Marvga ketdi. Shayboniyxon Movoraunnaxrga choparlar yuborib, sultonlarni qo’shinlari bilan tezda kelib yetishini aytdi. Lekin, sultonlar o’z vaqtida yetib kelmadi. Bunga sabab Shayboniyxon Sultonlarni o’zboshimchaliklari uchun vazifalaridan chetlashtirilgan edi. Jumladan, Ubaydullo Sulton Buxoro xokimligidan, Jonibek Sulton Andijon xokimligidan va – Ko’chkinchixon Turkiston xokimligidan olib tashlangan edi. Qo’shinlarida bu sultonlarning ta’siri kuchli bo’lib, ular xonning bu siyosatidan norozi edilar.
Shoh Ismoil Hirotni olgach, Badaxshon, Qobul, Qandaxorni ham egalladi. Tez orada Shayboniylar va Eroniylar o’rtasida sulh bitimi tuzildi, unga binoan Amudaryoning chap tomoni Eroniylarniki, qilib belgilandi. Sulh natijasida Xuroson Shayboniylar qo’lidan ketdi. Bobur - Movoraunnaxrni egallash uchun shoh Ismoil bilan ittifoqlashdi. Bobur 1511-yili xon Mirzo ibn Sulton Mirzoni shoh Ismoil huzuriga yubordi. U bilan hayrihoxlik, itoatkorlikni ifodalovchi ariza ham yuboriyu yordam so’radi. Shoh Ismoil Bobur Mirzo iltimosini ortig’i bilan bajarib o’z askarlaridan xon Mirzoga hamroh qildi. Mirzo qo’shin bilan Xurosonga yetib keladi. Bobur bularning yordamiga tayanib Xisor ustiga qo’shin tortdi. Xisorni boshqargan Xamza Sulton va Mahdiy Sulton dushmanlarning kelishlaridan ogoh bo’lib bu xodisani ma’lum qilish uchun Samarqand va Buxoroga odam yubordilar.
Bobur Mirzo Samarqandga kirgan kuniyoq shoh Ismoilning shoh Ismoilning qat‟iy talablaridan birinchisini bajardi – Samarqanddagi Jome‟ masjidida o’n ikki Shia imomlarining va shoh Ismoilning nomi xutbaga qo’shib o’qitildi. Bobur Mirzoning Samarqand jome‟ masjidida o’n ikki shia imomi nomini xutbaga qo’ydirib o’qitishi Samarqandliklar orasida norozilik uyg’otdi. Ikki o’t – Vatan mehri va taxt da’vosi o’rtasida qolgan Samarqand bilan Buxoro oralig’ida ot choptirib yurib o’zbek sultonlari hujumlarini qaytirish o’z mavqeini mustahkamlash uchun qanchalik urinmasin qilgan xatti-harakatlarini mahalliy xalq tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi.
Bobru Mirzo Turon saltanati poytaxtiga qizilboshlilar vasalli sifatida kirganidan norozi bo’lgan Samarqand kazo-kazolari xususan, Shayboniyxonga yaqin kishilardan bo’lmish Xo’ja Nizom boshchiligidagi odamlar Ubaydulloxonning Samarqandga kelishini so’raydi. Ko’li Malikda Ubaydullo Sulton, Temur Sulton, Jonibek Sulton boshliq Shayboniylar qo’shini bilan Bobur o’rtasida jang bo’lib o’tadi. Bu jangda Bobur mag’lubiyatga uchrab, Xisorga chekinadi. U yana Shoh Ismoil huzuriga odam yuborib undan yordam so’raydi. Shox Ismoil uning iltimosini yerda koldirmaydi va o’zining bosh amiri Najmi Soniy boshchiligidagi 80 ming qo’shinni yordamga jo’natadi. Bobur Mirzo mana shu amir boshchiligidagi qo’shin bilan dastlab Qarshi shahrini qamal qiladi. Najmi Soniy qo’shni Ubaydulloxon va Jonibek Sulton Karmana atrofida Ko’chkinchixon bilan Temur Sulton boshliq boshqa o’zbek sultonlari Miyonkolda edilar. Miyonkoldan yo’lga chiqqan Temur Sulton va Abu Saidxon ildam yurib, G’ijduvon qal‟asiga kirib uni istexkomga aylantirdilar. Najmi Soniy qo’shini yetib kelib qal‟ani qamal qiladi. Qarshi shahri egallanib aholisi qilichdan o’tkaziladi. Bu jangda Shayboniylarning qo’li baland kelib Eroniylarni mag’lubiyatga uchratadi. Najmi Soniy jangda o’ldiriladi. Sakkiz oylik Bobur xokimiyatidan keyin 30 Samarqand yanak Shayboniylar qo’liga o’tadi. Bobur xavfni qaytarishda Muxammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullo Sulton jonbozlik ko’rsatadi. Umuman, olganda, xuddi mana shu sulton oliy taxtga o’tirganga qadar Shayboniylarni ichki va tashqi siyosatga e‟tiborga molik tadbirlarni amalga oshirolmaganlar. 1530-yilda Ko’chkinchixon vafot etadi. Vafotidan keyin 1530- 1533 yillarda Ko’chkinchixonning o’g’li Abu said xukmronlik qiladi. 1533-yili uning vafotidan so’ng oliy xokimiyatga ya’ni Movoraunnaxr taxtiga Ubaydullo keladi. Shunda ham osonlik bilan emas, chunonchi poytaxt Samarqandda o’rnashib olgan Ko’chkinchixon avlodlari uning shaharga kirib, rasm bo’yicha taxtga chiqishiga to’sqinlik qilganliklari sabab Ubaydullo Buxoroda Oliy xukmdor deb e‟lon qilinadi.
Demak, poytaxt ham o’sha yoqqa ko’chadi. G’ayratli va uddaburon Ubaydulloxon (1533-1539) mamlakat ichkarisida tartib o’rnatishda va ayniqsa Xurosonda Movoraunnahrning ilgarigi mavqeini mustahkamlashda ko’p tadbirkorni amalga oshiradi. Ubaydulloxon davrida Eronga va Xorazmga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirildi. Hirot, Mashhad kabi shaharlar ham egallanib keyinchalik qo’ldan ketdi. Bu davrda Sultonlarning o’zboshimcha xarakatlariga barham berilib mustahkam davlat boqaruvi joriy etildi.
Ubaydulloxon vafotidan keyin Movoraunnahrda feodal tarqoqlik kuchaydi. Xokimiyat tepasiga Ko’chkinchixonning o’g’li Abdullaxon (1539-1540) keladi. Lekin Abdullaxonning xukmronligi 6 oydan oshmaydi. U vafot etgach, mamlakatda qo’sh xokimiyatchilik boshlanadi.
Buxoroda Ubaydulloxonning o’g’li Abdulazizxon (1540-1550) Samarqandda Shayboniy sultonlarning xokimiyat uchun kurashsh shu qadar kuchayib ketadi. Bu vaqtda Toshkent va Turkistonda Navro’z Axmadxon (1551-1556), Karmana va Minkolda Abdullaxonning otasi Iskandarxon (1561-1583), Balxda Pirmuxammadxon (1557-1561) Nasaf viloyatida Abdullaxonning amakivachchasi Qilich Qora Sulton, Xisor va Badaxshonda Shayboniyxonning nabirasi Burxon sulton (1550-1556) mustaqil xokim edilar. Oliy hukmdor sifatida rasman Abdulloxon II ning amakisi Pirmuhammadxon, 31 1561 yili esa otasi Iskandarxon e‟lon yilingan bo’lsa-da, ammo amaldagi siyosat tuguni Abdulloxon II ixtiyorida edi
Abdulloxon II so’nggi 20 yil davomida siyosiy boshbadoqlik natijasida parchalangan mamlakat qilib, bu yo’lda ko’p va muvaffaqiyatli, shu bilan birga mashaqqatli harakatlarini amalga oshirgan buyul siyosiy davlat arbobidir. U Samarqand, Shaxrisabz, Farg’ona, Toshkent, Xorazm, Termez kabi viloyatlarni poytaxt Buxoro atrofida birlashtirish yo’lida harbiy-siyosiy tadbirlarni ruyobga chiqaradi. Bu siyosatning murakkabliligi nechog’lik bo’lganini shundan ham ko’rsa bo’ladiki, 1578-yili ya’ni faol siyosat yurgiza boshlaganidan 20 yil o’tganidan keyin ham Samarqand, Xorazmni poytaxt ixtiyorida saqlab qolishdek yumushlarini bajarishga majbur bo’lgan. Xorazmni Markaziy xokimiyat doirasiga kiritish uchun - uch marotaba uringan va oxiri maqsadiga 1596- yilda o’limidan 2 yil burungina erishganini olaylik. Xullas, mamlakat siyosiy yaxlitligiga erishish oson kechmagan.
Abdullaxon II Amir Temurdan so’ng Dashti Qipchoqqa nisbatan qat‟iy siyosat yurgiza olgan yagona va so’nggi davlat arbobi hisoblanadi. Chunonchi, u 1582-yili mazkur yo’nalishda Buxoro xokimiyatini tiklash niyatida harbiy yurish uyuushtirib, ulug’ toqqa (hozirgi Qarag’anda viloyatining g’arbida Sariq suv daryosining shimolida joylashgan tog’lik) boradi. Manbalarda shu munosabat bilan qiziq ma’lumot bor. Abdullaxon II ulug’ toqqa yetib borgach, tog’ tepasidagi bir minorada bitilgan quyidagi so’zlarga ko’zi tushadi: “Tarix yetti yuz to’qson uchinda qo’y yili, yozning ora oyi Turon Sultoni, Temurbek ikki yuz ming cherik bila To’xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga yetib, belgi bo’lsin deb bu minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay, inshoollox Tangri el kishiga rahmat qilg’ay, bizni duo bilan yod qilgay”.
Madrasa qurilishi 1530 yili boshlab yuboriladi. Qurilishda xalqimizning turli qatlamlari, hunarmandlardan tortib tolibi, ilmlargacha, o’sha jangda qatnashgan g’oliblardan tortib ruhoniylargacha qatnashadi, chunki mag’lub bo’lib imon – e‟tiqodidan ayrilib qolish xavfidan qutulishisevinchi .0shun0day qimmatli, shunday safarbarlikni keltirib chiqargan edi.
O’z yirikligi va arxitektura sifatlari bilan katta qimmatga ega bo’lgan binolar XVI asr Buxoroning atroflari ham qurilgan. Sulton qishlog’idagi bir – biri bilan ikki qavvatli ark orqali birlashtirilgan. Bahouddin qishlog’idagi mashhur xo’ja Bahouddin Naqshbandining mozori oldida qurilgan katta gumbazli xonaqo, hokimi Mulla Mir qishlag’idagi masjidlar shular jumlasidandir.


Download 68.46 Kb.
1   2   3   4




Download 68.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.Bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol

Download 68.46 Kb.