• II – bob. XVI – XVII asrlarda Movoraunnahrda yuz bergan siyosiy o’zgarishlar va ularning O’zbekiston tarixi darslarida o’quvchilar ongiga sindirish.
  • Xulosa………………………………………………………………53 – 56 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………57 Inson uchun tarixdan judo bo‘lish
  • Mavzuning dolzarbligi.
  • Kirish – 9 I – bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol. I. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi




    Download 174.5 Kb.
    bet1/8
    Sana06.06.2023
    Hajmi174.5 Kb.
    #70124
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    mirmuxsin
    7x7 o\'yin lotin, Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O zbe, 1-ma`ruza, xilola, ÓZBEKISTAN RESPUBLIKASI JOQARÍ HÁM ORTA ARNAWLÍ BILIMLENDIRIW MINISTIRLIGI, Yusupova Gulnura, 6WAyiOHNsQ4N5n8tRcKASs5qTU1j49N3G0wiJXFS, obuchenie gramote 2, КОНТРАКТ КАРЗДОРЛИК, Nazorat uchun savollar va topshiriqlar lotin, 200-250, evas, Mavzu Telnet va ssh protokollarini o\'rganish. Cisco Packet Trac, 2 5249046430575757976

    O‘zbekiston tarixi darslarida Shayboniylar davrida Movoraunnahr tarixini o‘rganish


    Kirish………………………………………………………………….....3 – 9
    I – bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va
    siyosiy ahvol.
    I. 1.XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi
    siyosiy ahvolni o‘rganish……………………………………10 – 16
    I.2. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtimoiy-siyosiy ahvolni
    o‘quvchilar ongiga singdirish……………………………….17 – 36
    II – bob. XVI – XVII asrlarda Movoraunnahrda yuz bergan siyosiy
    o’zgarishlar va ularning O’zbekiston tarixi darslarida
    o’quvchilar ongiga sindirish.
    II.1. Dars jarayonida Shayboniylar davrida iqtisodiy va madaniy hayotni
    yoritish:……………………………………………………….37 – 48
    II.2. a) mavzuga doir bir soatlik dars ishlanmasi……………… …49 – 51
    b) Dars natijalari va mulohazalar………………………………52
    Xulosa………………………………………………………………53 – 56


    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………57
    Inson uchun tarixdan judo bo‘lish,
    hayotdan judo bo‘lish demakdir.
    I.A. Karimov


    Kirish.
    Ma’lumki, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarida ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi muhim tamoyil sifatida ko’rsatib o’tilgan.
    Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda tarixiy meros va tarixiy xotirani tiklash masalasiga asosiy vazifalardan biri sifatida e’tibor qaratilomoqda. Chunki tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq, bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyati va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi1.
    O’zbekiston tarixi darslarida shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to’liq namoyon etish va rivojlantirish uchun qulay shart – sharoit yaratish uchun ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish, o’quvchilarning ongiga to’g’ri yo’l topa bilish muhim ahamiyatga ega. Vatan tarixining ilmiy tahlil va izchil yondashuvni talab qiladigan yo’nalishlaridan biri XVI – XVII asrlarda xukm surgan shayboniylar davlati tarixidir.
    XV – XVII asrning boshlarida Movoraunnahrdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy porokandalikni vujudga keltirgan sabablar, shu davr tarixiy jarayonlarining salbiy oqibatlari tegishli saboq bo’lib, mazkur voqealarni chuqur anglab, haqqoniy talqin qilish muhimdir. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixini yangi konseptual – metodologik asoslarda tadqiq etish, turli ilmiy muammolarni asl manbalarga tayangan holda tahlil etish muhim masalaga aylandi2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tarixiy – madaniy merosni o’rganish va targ’ib etish, ta’lim tizimida yangi pedagogic texnologiyalarni joriy etish, o’quvchilarni komil inson darajasida tarbiyalashga katta e’tibor berilib, bu sohada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
    Mustaqillik bebaho xazinadir. Bizni 1917-yildan beri bearmon talab va tahqirlab kelgan “Qizil imperiya” chilparchin bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi ham boshqa yurtlar qatori o‘zining mustaqillik va istiqlolga erishdi. Milliy istiqlol o‘zbek xalqining asriy orzusi edi, armoni edi. Bu yo‘lda ming-minglab vatan, yurt fidoiylari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bizlar uchun katta yutuqdir.
    Uning qadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qolish mushkul vazifa hisoblanadi. Har qanday mamlakatning qudrati uning milliy mustaqilligi, davlat chegarasining dahlsizligi o‘sha mamlakat fuqarolarining o‘z yurtiga mehr-muxabbatli qilib tarbiyalanganliklari vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo‘lsa jon fido qilishga ham tayyor bo‘lishdek, olijanob fazilatlarga ega bo‘lishlariga bog‘liqdir. Bu fazilatlarni mehnatkashlar ommasi, yurtimiz kelajagi yoshlar ongida – qaror toptirish va shakllantirishda tariximizni o‘rganishning ahamiyati juda kattadir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining eng ulug‘ ne’matlaridan biri shu - bo‘ldiki, vatan tarixini hech qanday buyoqlarsiz, amalda hayotda qanday bo‘lgan bo‘lsa, - shunday xolisona o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldik.
    “Tarixiy xotirasi bor inson – irodali insondir”1 . Shunday ekan, tarix fani bugungi kunda har qachongidan ham e’tiborga molikdir. Mamlakatimiz taqdirida nihoyatda muhim bo‘lgan ushbu davrda ham har bir sof vijdonli vatanparvar shaxs unda faol ishtirok etishi, mavjud muammolarning kalitini, yechimini qidirish lozimdir.
    Bu kalit – jahon xalqlarining ko‘p asrlik tarixidir. Tarix sahnasida inson o‘zining fazilatlari va nuqsonlari bilan hamisha asosiy omil bo‘lib kelgan. Shu sababdan o‘tmishni jonli, doimiy rivojlanishida bo‘lgan mujassam birlik, ya’ni insoniyat tarixini bilmay turib, biz bugungi kunni tushunishimiz, bo‘layotgan jarayonlarni anglab yetishimiz qiyin bo‘ladi.
    Bizga ma’lumki, Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov ham tarix faniga juda katta e’tibor beradilar. Buni biz Prezidentimiz I.A. Karimovning tarix, mafkuraga va va falsafaga oid bir qator asarlarida ko‘rishimiz mumkin: “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida....”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “Olloh qalbimizda, yuragimizda”, “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman” kabi asarlarini misol qilib olishimiz mumkin. Bu asarlarda tarix fanining eng dolzarb bo‘lgan xususiyatlari va qonuniyatlariga keng to‘xtalgan. Masalan: Eng avvalo tarixni o‘rganishda bunyodkorlik xususiyatini singdirish, ya’ni tarixning faqat eski kurashlarining xatoligi bilan oqlanmasdan, balki uni endi boshqatdan yaratish, kerak bo‘lsa, kashf qilish deb ta’kidlangan. Prezidentimizning asarlarida tarixni o‘rganishda xaqqoniylik, xolislikning ustun bo‘lishi kerak degan fikrlari har qanday ta’limotimizning asosi bo‘lib xizmat qilishi lozimdir. Bunga biz Prezidentimizning mana bu so‘zlarini asos qilib olishimiz mumkin: “Modomiki, o‘z tariximizni tiklashimiz xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur, tarix bilan yana bir bor qurollantirishimiz zarur”1, “Xaqqoniy tariximizni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas”2. Bu g‘oyaning zamirida xalqimizning o‘zligini anglashi yotadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatan tarixini o‘rganish, uni bolalar bog‘chalaridan tortib to liy o‘quv yurtlariga qadar yoshlarni o‘qitish masalalariga shaxsan e’tibor berib g‘amxo‘rlik qilmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevraldagi Majlisida so‘zlagan ma’ruzalarida ular bunday degan edilar: “... Vatan tarixi va madaniyatini, geograffiyasi va iqtisodini qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega. Bog‘chalardan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan ta’limg‘tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarini o‘qitishga muhim siyosiy vazifa sifatida qaramog‘i lozim. Bu esa o‘z navbatida darsliklar va qo‘llanmalarni milliy ma’naviyat nuqtai nazaridan yangitdan qarab chiqishni taqozo etadi”1.
    SHo‘rolar hokimiyati yillarida mamlakatimizning haqiqiy. Tom ma’nodagi Vatan tarixi xolisona yoritilmadi. Maktablar va bilim yurtlarida o‘qitilgan darslik va adabiyotlarda esa ona tariximiz soxtalashtirildi. Bu tarixiy kitoblarning ko‘pchiligida o‘zbek xalqining milliy manfaatlari oyoq osti qilindi, ulug‘ rus millatchiligi manfaatlari yetakchi mavqega ega bo‘lib hamma voqea va hodisalar unga bo‘ysundirildi. Natijada o‘zbek xalqining ma’naviy hayotiga putur etdi. Xalqning ongi o‘tmaslashdi, ijtimoiyg‘siyosiy voqealarga befarqlik, loqaydlik xissi kuchaydi.
    G‘oyaviy-siyosiy dunyoqarashi uyg‘oq, imon-u e’tiqodi basalomat xalqni milliy zulm asoratida saqlash mumkin emas. Shu boisdan ham Rusiya mustamlakachilari qariyb 135-yillik hukmronliklari davomida o‘lkamiz xalqlari o‘rtasida turli ko‘rinishdagi siyosatini olib bordilar, xalqimizni Ona tilidan, dinidan judo qilish yo‘lini tutdilar. Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat bayrog‘i ostida milliy urf-odatlarimiz, axloq odob va madaniyatimizga xuruj qildilar.
    O‘zbekiston Respublikasi o‘zining Davlat mustaqilligiga erishganidan keyin ham o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash imkoniyatiga ega bo’lganimizdan so‘ng Vatan tarixini o‘qitishga qarshi kurash yo’lini tutuvchilar ham bo‘ldilar.
    Milliy o‘zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug‘ligi va pokligini bilishda dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o‘rniga baho berishda uning boy hayotiy tajribalaridan kengroq foydalanishda xalqimizning olijanob, xurriyatparvar va erkparvar an’analarini izchil o‘rganish va uni yanada boyitishda, xullas barkamol, xaqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o‘rni benihoya katta.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi o‘rniga yuksak baho berib: “Tarixga murojaat etar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak, xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi”1 – degan edi.
    Tariximizda Somoniylar, G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang‘itlar kabi sulolalar hukmronlik qilganini bilamiz.
    Shu nuqtai nazardan olganda Shayboniylar davrining dolzarbligi shundan iboratki, biz bu davrni yanada muhimroq o‘rganmog‘imiz, o‘sha davrda hukmronlik qilgan xukmdorlar qilgan ishlarini chuqurroq tahlil qilmog‘imiz, ochilmagan, siru-sinoatlarni ochib bermog‘imiz darkor. Bizga ma’lumki, bir qator tarixchilarimiz Shayboniylar davriga oid bir qancha asarlar yozishgan. Jumladan, B. Axmedovning “Tarixdan saboqlar”, “To‘rt ulus tarixi”, Z.M. Boburning “Boburnoma”, Abdulg‘ozixonning “Shajarai turk”, M. Solihning “Shayboniynoma”, X.T. Buxoriyning “Abdullanoma” asarlari mavzuning yoritilishida muhim asarlar hisoblanadi.

    Download 174.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 174.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish – 9 I – bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol. I. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi

    Download 174.5 Kb.