• Kurs ishining ilmiy yangiligi
  • Kurs ishining ilmiy – amaliy ahamiyati
  • Kirish – 9 I – bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol. I. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi




    Download 174.5 Kb.
    bet3/8
    Sana06.06.2023
    Hajmi174.5 Kb.
    #70124
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    mirmuxsin
    7x7 o\'yin lotin, Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O zbe, 1-ma`ruza, xilola, ÓZBEKISTAN RESPUBLIKASI JOQARÍ HÁM ORTA ARNAWLÍ BILIMLENDIRIW MINISTIRLIGI, Yusupova Gulnura, 6WAyiOHNsQ4N5n8tRcKASs5qTU1j49N3G0wiJXFS, obuchenie gramote 2, КОНТРАКТ КАРЗДОРЛИК, Nazorat uchun savollar va topshiriqlar lotin, 200-250, evas, Mavzu Telnet va ssh protokollarini o\'rganish. Cisco Packet Trac, 2 5249046430575757976
    Tadqiqotning metodologik asosi.
    O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi hukumatining umumiy o’rta ta’limni rivojlantirisshga qaratilgan qarorlari, xalq ta’limi Vazirligining buyruqlari, Prezident I. A. Karimovning ta’lim tizimi takomillashtirishga yo’naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondashuvlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy = metodik adabiyotlarga tayanilgan.
    Kurs ishining ilmiy yangiligi:
    O’zbekiston tarixi darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish, ta’lim tamoyillari va o’qitish metodlarining o’zaro aloqadorligini ta’minlash dolzarb pedagogik muammolardan biri ekanligi nazariy jihatdan asoslangan.
    O’zbekiston tarixi darslarida pedagogik texnologiyalarning tadbiqiga doir ilmiy – metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, samaradorlik darajasi aniqlangan.
    Kurs ishining ilmiy – amaliy ahamiyati:
    Tadqiqotning olib boorish natijasida o’quvchilarga shayboniylar davri tarixini o’rganish nazariy yondashuvlar, pedagogik g’oyalar, tarixiy tajribalar, ulardan foydalanish imkoniyatlari bilan boyitildi. Shuningdek darsga tayyorlanish natijasida ko’plab manba va adabiyotlar tahlil etilib, bulardan o’qituvchilar malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurs tinglovxhilari foydalanishi mumkin.


    1. bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtimoiy iqtisodiy

    va siyosiy ahvol.


    I. 1. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti – Qipchoq va
    Movoraunnahrdagi siyosiy ahvolni o‘rganish.
    Bizga ma’lumki, dars o‘quv va tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shaklidir. Shunday ekan, dars jarayonini amalga oshirishda turli metodlardan foydalaniladi. Har bir mavzuni o‘quvchilar ongiga mukammal singdirish uchun o‘qituvchi har bir darsga puxta va mukammal tayyorgarlik ko‘rishi lozim.
    Ayniksa, yangi mavzuni o‘quvchilar ongiga mukammal singdirish, mavzuni bayon qilishda mavzuga daxldor bo‘lgan vositalarni tanlashi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o‘qituvchining yangi mavzuni bayon qilishda uning nutqi alohida e’tiborga loyiq. O‘rta sinf o‘quvchilariga mavzuni bayon qilishda masalaning mohiyatini tushunarli va emotsional tarzda tushuntirishi o‘quvchilar fikrini o‘ziga jalb qilishda asosiy omildir. Jumladan, Movoraunnahr tarixini o‘quvchilarga jonli nutq orqali tushuntirishda o‘qituvchi quyidagi voqealarni batafsil hikoya qilib berish maqsadga muvofiqdir.
    XV asr boshlarida Shaybon ulusida ham feodal kurash keskinlashganligi va natijada bu ulus bir necha mustaqil uluslarga ajralib ketganligi qayd etilgan. Bu kurash va tartibsizliklar dastlab 1425-1426 yillarda mang‘it ulusida yuz berdi.
    Joytar xalqida qo‘zg‘olon ko‘targan Mang‘it amirlari burkut, nukus qabilasidan bo‘lgan ko‘chmanchilarni ham o‘z tomoniga ag‘darib olib, 17 ming kishilik qo‘shin to‘plab olishga muvaffaq bo‘ldi. Jumaduqxon qo‘zg‘olonchilarga qarshi qo‘shin tortdi. Lekin jangda mag‘lubiyatga uchradi. Jumaduqxon qo‘shinining ko‘pgina boshliqlari shu jumladan, Jumaduqxonning o‘zi ham asir olindilar va Mang‘it boshliqlarining buyruqlari bilan qatl qilindilar. Bu jangda Jumaduqxon qo‘shinining javonrig‘iga qo‘mondonlik qilgan yosh Abdulxayrxon ham asir olindi va Sariq Usmon tomonidan qamab qo‘yildi.
    Ma’sud ibn Usmon Qo‘qistoniyning yozishicha: “Sariq Usmon Abdulxayrxonni Shayboniylar naslidan bo‘lganligini bilgach, o‘z himoyasiga olgan va unga xayrihohlik bildirgan.
    Oradan ko‘p vaqt o‘tmay uni safar anjomlari bilan taxlab, ta’minlab o‘z ulusiga ketishiga ruxsat bergan.
    Sariq Usmon Abdulxayrxonni Shayboniylar naslidan bo‘lganligi uchun qo‘yib yubormadi. Aksincha, bundan o‘z manfaatini ko‘zladi. O‘rta Osiyolik ko‘chmanchi xalqlar, ayniksa, o‘sha zamondagi hozirgi Qozog‘iston hududida ko‘chib yurgan xalqlarning ongida “oq suyaklar” ga, ya’ni Chingizxon naslidan bo‘lganlarga sig‘inish kuchli edi. Bu nasldan bo‘lgan o‘sha vaqtda hokimiyat uchun kurashib yurgan xonlar, sultonlar ko‘p bo‘lib, yirik feodal Sariq Usmondek odamlar bular ichidan istagan kishisini tanlab olib qo‘llab - quvvatlashi mumkin edi. Lekin, ko‘chmanchi feodallar o‘z manfaatiga xizmat qiluvchi xonlarni qo‘llab-quvvatladilar. Sariq Usmon ham Abdulxayrxonni qo‘llaganda shu maqsadni ko‘zda tutdi. Shubxasiz, bu yerda Abdulxayrxon xokimiyatni qo‘lga olgach Sariq Usmonga zo‘r imtiyozlar beraman deb, so‘z bergan. Shundan keyingina Sariq Usmon xonning zo‘r iltifotlariga sazovor bo‘ldi. Uning eng yaqin mulozimlari qatoridan o‘rin oldi. Abdulxayrxon o‘sha yili qo‘llab-quvvatlagan Alasha Bahodir ham xonning zo‘r iltifotlariga sazovor bo‘ldi. Yuqori davlat mansablariga ko‘tarildi.
    Abdulxayrxon asirlikdan qutilib, o‘z ulusiga qaytishida Shanvay minglab degan jilg‘ada qishlaydi va kelasi yilning bahorida o‘sha Alasha Bahodirning aymog‘i orasiga kelib tushadi. A’sud ibn Usmon Qo‘xistoniy bu aymoq katta aymoqlaridan biri bo‘lib, bu yerda Alasha Bahodir va uning aymog‘idagi feodallar Abulxayrxonga tobelik bildirdilar, - deb yozadi. Abulxayrxon Alasha Baxodirning yordami bilan kattagina harbiy kuch to‘plab oldi va oradan ko‘p vaqt o‘tmay o‘z ulusiga qaytib bordi. Bu yerda Qiyot, Mang‘it, Do‘rmon, Qushchi, O‘tarchi, Joymon, Tuboiy, Toymon, Jot, Xitoy, Qarluq, Usun, Qurlovut, Echki, Tang‘ut, Tomonlin, Qo‘ng‘irot va boshqa ko‘chmanchi qabilalarning boshliqlari hamda ruhoniylar, sultonlar, o‘g‘lonlar uni xon qilib ko‘tardi. Bundan Abulxayrxonni Dashti Qipchoqdagi Turk mug‘ul ko‘chmanchi qabilalarining ko‘pchiligi quvvatlaganligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
    Mahmud ibn Valining ko‘rsatishicha, Abulxayrxonni xon qilib ko‘tarishda ikki yuzdan ortiq sardor ya’ni qabila va urug‘larning boshliqlari qatnashgan. Shubhasiz, qabilalar va uluslar o‘rtasida tez-tez bo‘lib turgan o‘zaro urushlar shuningdek, ko‘chmanchi ommaning feodal zulmga qarshi g‘alayon ko‘tarishi xavfi ko‘chmanchi feodallarning xon atrofiga uyushishiga va mehnatkash ommani itoatda tuta oladigan markaziy davlat apparatini tuza oladigan darajada majbur etgan. Abulxayrxon davlati fikrimizni tasdiqlaydi. 1428-1429 yilda ko‘chmanchi o‘zbeklar Abulxayrxon boshchiligida Janubiy-G‘arbiy Sibirdagi To‘ra shahrini egalladilar. Shahar hukmdorlari Adabbek bilan Kepaklik shaharini hech qanday qarshilik ko‘rsatmasdan Abulhayrxonga topshirdilar. Bu yerda Abulxayrxon nomiga xutba o‘yilib pullar zarb qilina boshladi. To‘ra shahri esa ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatining poytaxti deb e’lon qilindi. 1446-yilga qadar shunday bo‘lib qoldi. Abulxayrxonning bu dastlabki muvaffakiyatlari tez fursatda Dashti Qipchoq bo‘ylab tarqaldi. Ko‘pgina o‘g‘lonlar va sultonlar Abulxayrxon huzuriga To‘raga kelib xizmatiga kirdilar. Bular orasida arab shoh avlodidan bo‘lgan Baxtiyor Sulton ham bor edi. U to umrining oxirigacha Abulxayrxonning eng yaqin safdoshlaridan biri bo‘lib uning qo‘shiniga qo‘mondonlik qildi.
    1429-yili Abulxayrxon yuqorida nomi zikr etilgan Maxmudxujaxonga qarshi qo‘shin tortdi. Va uni Tobal daryosi bo‘yida tor-mor keltirdi. Maxmudxo‘jaxonning o‘zi asir olinib Abulxayrxonning amiri bilan qatl etiladi. Uning o‘rtasi bo‘lsa tamoman talon-taroj qilinadi. Abulxayrxon Maxmudxo‘jaxonning ulusini o‘z ulusiga qo‘shib oladi, so‘ng To‘raga qaytadi.
    Shunday qilib juda bir qiska vaqt ichida Abulxayxon ilgari mayda qismlarga bo‘linib ketgan Shaybon ulusining katta bir qismini birlashtirishga va unda hukmronligini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
    1431-1446 yillarnring o‘rtalarida Abulxon katta bosqinchilik urushlari olib bormadi. Bunga quyidagilar sabab buldi. Birinchidan: Iboqxon, Burkasulton, Oq o‘rda xoni Baroqxonning o‘g‘illari Jonibek va Gerayixon singari ko‘pgina sultonlar Abulxayrxonga tobe bo‘lishdan bosh tortdilar va Abulxayrxon xokimiyat tepasiga kelgan birinchi kunlaridan boshlab unga qarshi kurash olib bordilar. Bular ichida eng kuchlisi Mustafoxon bo‘lib uni mang‘itlarning bir qismi qo‘llab-quvvatlab turar edi. Shuning uchun ham Abulxayrxon o‘sha yillar ichida ichki feodal kurash bilan band bo‘ldi. Ikkinchidan, Abulxayrxon o‘sha yillarda o‘zbek ulusi chegaralarida ko‘chib yurgan yana bir Shayboniy-Sayid Ahmad ayniksa, Axmadxonning kuchayib borayotganligidan cho‘chir edi. Shu tufayli u mudofaa urushlariga xozirlanib turishga majbur bo‘ldi.
    XV asrning 40-yillarida Oltin O‘rdada ko‘chmanchi o‘zbeklarga qo‘shni bo‘lgan Mug‘ilistonda va Temuriylar davlatida feodal kurash nihoyatda kuchayib ketdi. Bu hol Abulxayrxon va ko‘chmanchi o‘zbeklarga Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan viloyatlarga bosib olish uchun yo‘l ochib berdi.
    Bundan tashqari 1446 yili Abulxayrxon o‘zining eng kuchli raqiblaridan biri Mustafoxon ustidan g‘alaba qozondi. Bu ham Abulxayrxonga xarbiy yurishlarini boshlab yuborish imkoniyatini berdi. Abulxayrxon bu qulay fursatdan foydalanib, 1446-yili Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan Sig‘noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq O‘zgand va So‘zoq shaharlarini o‘ziga buysundirdi. Ko‘chmanchi o‘zbeklar Sirdaryo bo‘yidagi yerlarni ishg‘ol qilib, Temuriylar davlatining yon qo‘shnisi bo‘lib qoldilar va Movarounnahrning qishloq hamda shaharlarini tez-tez talon-taroj qilib turdilar. Bundan tashqari ular Temuriylarni toju-taxt uchun olib borgan o‘zaro kurashlarida ham ishtirok eta boshladilar. Hokimiyat uchun kurashgan Temuriylardan goh unisini, goh bunisini qo‘llab-quvvatladilar.
    XV asrning 30-50 yillarida Abulxayrxon o‘zbek ko‘chmanchi feodallari va ayniqsa, Chingizi Sultonlarning separastik harakatlariga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘ldi. U ayrim feodallarning xon hokimiyatiga qarshi chiqqanlarni shafqatsizlik bilan bostirdi. Abulg‘ozixonning yozishicha, xon xokimiyatiga qarshi chiqqanlarning birontasi ham Abulxayrxonning qaxr-g‘azabilan qochib qutulolmagan. Lekin, baribir Abulxarxon ayrim sultonlarining qarshiligini sindira olmagan. Baroqxonning o‘g‘illari Gerayixon bilan Jonibek Sulton Xoji Muhammadxonning o‘g‘li Iboqxon, Yodgor Sultonning o‘g‘li Burka Sulton ishlar jumlasidandir.
    Keyingi yillarda yuz bergan veqealarga qaraganda XV asrning 70-yillarida Iboqxon Edigey avlodidan bo‘lgan Mang‘it amirlaridan Muso Mirzo va Yomg‘irchi bilan birikkan. O‘sha yillarida Mang‘itlar Iboqxonning tobeligiga o‘tgan bo‘lsalar kerak. Keyinchalik uni Qozon xoni deb ataganlar va Muxammad degan kishi tomonidan o‘ldirilgan deb aytiladi. Iboqxonning qachon va qaysi yo‘l bilan Qozonni olganligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ma’lumki, 1481-yil yanvar oyining boshlarida Iboqxon yuqorida nomlari zikr qilingan Mang‘it amirlari bilan birga Janubiy Ruso yerlarini talab qaytib kelayotgan Oltin O‘rda xoni Axmadxonni Donesning Don daryosi bilan qo‘shilgan joyida poylab turgan va uni shu yerda o‘ldirgan. Shuning uchun ham Iboqxon Qozonni 70-yillar oxirida yoki 80-yillar boshida qo‘lga kiritgan bo‘lishi kerak, deb aytishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, Iboqxon juda katta hudud ustidan hukmronlik qilgan yirik Shayboniyxonlardan biri bo‘lgan.
    Burko Sulton bo‘lsa, XV asrning 30-yillarida Dashti Qipchoqda bo‘lgan voqealarga qaraganda Sirdaryoning Quyi oqimidagi yerlarda hukmronlik qilgan. Ma’sud ibn Usmon Qo‘qistoniyning yozishicha Burka Sulton Abulxayrxonga tobe bo‘lgan. Aslida esa u Abulxayrxon bilan dushmanlik maqomida bo‘lgan sultonlardan biri edi. Masalan: u Abulxayrxon olib borgan urushlarning birontasida ham ishtirok etmagan. Abulxayrxon atrofida bo‘lgan amirlarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan “Tarixi Abulxayrxon” kitobida Burko Sulton tilga olinmagan. Faqat kitobning bir yerida ya’ni Ulug‘bekning nabirasi Muhammad Juqiyning 1460-1461-yillarda Samarqand taxti uchun Sulton Abu Saidga qarshi kurashmoq uchun Abulxayrxonga yordam so‘rab, murojaat qilganligi xon uning ixtiyoriga Burka Sulton va Peshkada o‘g‘lon boshchiligida qo‘shin berganligi aytilgan. Fikrimizcha, Burka Sulton Muhammad Juqiyning iltimosiga ko‘ra, o‘zi ixtiyori yordamga kelgan bo‘lishi kerak.
    Separatist feodallarning Abulxayrxon xukumatiga qarshi yana bir ko‘chmanchi o‘zbek xonlaridan Mustafoxon edi. Mustafoxon 1428-yilda Abulxayrxon bilan birikkan edi. Lekin To‘ra shahri olinganidan keyin u yana xondan ajralib ketdi.
    Ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatida boshlangan feodal va toju-taxt uchun kurash bu - davlatni oxir oqibatida inqirozga uchratgan asosiy saboqlardan biri bo‘ldi. Abulxayrxon davlatini inqirozga olib kelgan asosiy sabablardan yana biri - Ko‘chmanchi o‘zbeklar bilan Qalmoqlar o‘rtasida 1457-yili Sig‘noq yaqinida bo‘lgan qirg‘in-barot urush bo‘ldi.
    Qalmoqlar 1457-yilning bahorida o‘z Temur Tayshi boshchiligida Sirdaryo bo‘ylarida paydo bo‘ldilar. Shu yili Sig‘noqda ko‘p ham olisda bo‘lmagan Ko‘k koshona yonidagi Nurto‘qay degan joyda ko‘chmanchi o‘zbeklar mag‘lubiyatga uchradilar. Qonli urushda ko‘chmanchi o‘zbeklarning Baxtiyor Sulton, Sulton Ahmad singari mard lashkarboshilari halok bo‘ldilar. Abulxayrxon qolgang‘qutgan askarlari bilan chekinishga va Sig‘noqning mustahkam devorlari orqasiga bekinishga majbur bo‘ldilar. Qalmoqlar bo‘lsa Yassi, Toshkent, Shoxruxiyani talon-taroj qilib Chu vodiysiga qaytib ketganlar. Muallifi ma’lum bo‘lmagan “Tavorixi guzida; nusratnoma” degan asarida O‘z Temur Tayshi Abulxayrxonning nabirasi Muxammad Shayboniyxonning inisi uch yoshli Maxmud Sultonni o‘zi bilan birga omonat tariqasida olib ketganligi va shaxzoda Qalmoqlar orasida yetti yil yurib qaytganligi haqida hikoya qilinadi.
    Abulxayrxon vafot etganidan keyin ko‘p o‘tmay ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati siyosiy inqirozga yuz tutdi. Abulxayrxondan keyin uning o‘g‘li Shayx Xaydarxon xon qilib ko‘tarildi. Bu paytda Abulxayrxonning barcha dushmanlari birlashib Shayx Xaydarxonga qarshi kurash boshlaydilar. XVI asrning mashhur shoir va tarixchilaridan Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shayx Xaydarxonning hukmronligi uzoqqa bormagan, u taxtga o‘tirgan birinchi kunlardanoq, ko‘pgina qabila va urug‘larning boshliqlari unga bo‘ysunmay qo‘ygan. “Tovarix guzida, nusratnoma”da ham xuddi shunday deyilgan. Binoiy Shayx Xaydarxonning feodallarning separatestik harakatlariga qarshi kurashishini batafsil talqin qiladi. Uning so‘zlariga qaraganda, Iboqxon, Burka Sulton, Jonibekxon, Mang‘it atirlaridan Yomg‘irchi va Muso Mirzo qo‘shilib Shayx Xaydarxonga qarshi urush ochgan. Lekin dastlab uni yenga olmagan. Keyin ular Oltin O‘rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib oxir oqibatda Shayx Xaydarxon ustidan g‘alaba qozonganlar. Shayx Xaydarxonning urushda xalok bo‘lishidan keyin Iboqxon va uning ittifoqchilari qarindosh urug‘lari va tarafdorlarini qirg‘in qilganlar. Bundan faqat Muhammad Shayboniyxon uning inisi – Muhammad Sulton, Abulxayrxonning o‘g‘li Suyunchixojaxon, Ko‘chkinchixon va yuqorida nomi zikr etilgan Baxtiyor Sultonning o‘g‘illari Mahdiy Sulton va boshqa bir necha qarindosh urug‘lari beklar hamda mulozimlar qochib qutilganlar.



    Download 174.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 174.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish – 9 I – bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol. I. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi

    Download 174.5 Kb.