• X U L O S A.
  • Kirish – 9 I – bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol. I. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi




    Download 174.5 Kb.
    bet7/8
    Sana06.06.2023
    Hajmi174.5 Kb.
    #70124
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    mirmuxsin
    7x7 o\'yin lotin, Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O zbe, 1-ma`ruza, xilola, ÓZBEKISTAN RESPUBLIKASI JOQARÍ HÁM ORTA ARNAWLÍ BILIMLENDIRIW MINISTIRLIGI, Yusupova Gulnura, 6WAyiOHNsQ4N5n8tRcKASs5qTU1j49N3G0wiJXFS, obuchenie gramote 2, КОНТРАКТ КАРЗДОРЛИК, Nazorat uchun savollar va topshiriqlar lotin, 200-250, evas, Mavzu Telnet va ssh protokollarini o\'rganish. Cisco Packet Trac, 2 5249046430575757976
    4. Uyga vazifa beriladi.
    II.2. b) Dars natijalari va mulohazalar
    Men, bitiruvg‘malakaviy ishimni yoritish jarayonida mavzu yuzasidan ikki parallel sinfda sinov darsini o‘tkazdim. Bunda bir mavzuni ikki usulda amalga oshirdim. Birinchi darsda asosiy e’tiborni o‘quvchilarga ko‘proq ma’lumot berish uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga oldim. Ikkinchi darsda esa mas’uliyat o‘quvchilar zimmasiga yuklandi, ya’ni ko‘proq o‘quvchilar mavzuni yoritishga jalb etildi. Natija shuni ko‘rsatdiki, birinchi darsda erisha olmagan rejamga ikkinchi darsda erishdim. Sababi birinchi darsda ko‘proq o‘quvchilar tinglovchi vazifasini bajardi. Ikkinchi darsda ular hal qiluvchi vazifani bajardi. YA’ni ular faol ishtirok etdi. Jumladan, badiiy, tarixiy adabiyotlardan parchalar o‘qidi va mazmunini gapirib berdi.
    Tajriba natijasida men quyidagi mulohazani aytmoqchiman:
    Darsda ko‘proq o‘quvchilar faolligini oshirish kerak.
    Muammoli vaziyatlar yaratish yaxshi samara beradi.
    Yangi mavzuni bayoniga qadar o‘quvchilarda ma’lum bir tasavvurlar shakllanishiga erishish lozim.
    O‘quvchilarning tasavvuri asosida ular ongida mavzuga doir tushunchalarni shakllantirish oson kechadi.
    Yangi mavzuni bayon etilishida o‘qituvchi o‘z oldiga mas’uliyatni xis etishini unutmasligi uning asosiy yutug‘i deb hisoblayman.
    X U L O S A.

    XV asr oxiri XVI asr boshlarida temuriy Mirzolarning o’rtasida boshlanib ketgan o’zaro janjallar taxt uchun kurashishlar oqibatida temuriylar davlat parchalanib ketdi. Natijada Shayboniyxon Movoraunnahr xalqlari hayotida muhim o’zgarishlar yasagan Shayboniylar davlatini tashkil qildi. “O’zbekiston tarixi” darslarida bu davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy ahvolni o’rganish va uni o’quvchilar ongiga singdirish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishida quyidagi xulosalarga kelindi.



    • Shayboniyxon 1499 – 1509 yillarda olib borilgan yurishlaridan keyin butun Movoraunnahr va Xurosonni qo’lga kiritdi. Shu tariqa katta hududni egallagan Shayboniyxon davlati tashkil topdi. O’quvchilarga bu davlatning tashkil topishi sabablari va tmuriylar davlatining inqirozi oqibatlari faktlar bilan taxlil qilib berildi;

    • Shayboniyxon avlodlari davrida ijtimoiy – iqtisodiyhayot, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, qishloq xo’jaligi rivoj topib O’rta Osiyo tarixida yangi sahifa ochdi. Turkistonning xonliklarga bo’linib ketishi arafasida yuz bergan o’zgarishlar aholining ijtimoiy farovonligin oshirdi;

    • Shayboniylar davrida etnik o’zgarishlar ro’y berib, Dashti Qipchoqdan ko’chib kelgan qabilalar o’zlari bilan o’zbek degan Movoraunnahr aholisi shu nom bilan yuritila boshlandi;

    • XV – XVI asrlarda Movoraunnahrning hamma hududlarida sharoitda belgilangan tartibda xiroj va ushr kabi yer soliqlari, beda ekilgan maydonlar, uzum hamda mevali bog’lardan olingan tanobona, chorva, hunarmandchilik va savdo – sotiqdan olinadigan zakot asosiy soliqlar hisoblangan. Shayboniylar davlati ana shu soliqlar hisobiga mavjud bo’lgan;

    • Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi. Shayboniyxon madrasasi, Abduraxim Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, masjidi Kalon, Mir Arab, Abdullaxon, Ko’kaldosh kabi madrasalar hisobiga buning yorqin nmunalaridir.

    • Shayboniylar davrida ilm – fan, madaniyat rivojlanib, temuriylar qoldirgan meros davom ettirildi. Hukmdorlardan Shayboniyxon, Ubaydulloxon kabi shoirlar va fan arboblarining jahon madaniyati xazinasiga qo’shgan hissasi benihoya kattadir.



    Download 174.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 174.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish – 9 I – bob. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ijtomoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol. I. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi

    Download 174.5 Kb.