• B) Tarbiyaviy vazifasi
  • G) Foydalanilgan adabiyotlar: Azamat Ziyo “O‘zbek davlatchilik tarixi”, Z.M. Bobur “Boburnoma, M. Solih “Shayboniynoma”, “O‘zbekiston tarixi” darsligi D) Darsni jihozlash
  • E) Dars turi
  • 3. Yangi mavzuni bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash Savollar
  • II.2. a) Mavzuga doir bir soatlik dars ishlanmasi




    Download 174.5 Kb.
    bet6/8
    Sana06.06.2023
    Hajmi174.5 Kb.
    #70124
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    mirmuxsin
    7x7 o\'yin lotin, Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O zbe, 1-ma`ruza, xilola, ÓZBEKISTAN RESPUBLIKASI JOQARÍ HÁM ORTA ARNAWLÍ BILIMLENDIRIW MINISTIRLIGI, Yusupova Gulnura, 6WAyiOHNsQ4N5n8tRcKASs5qTU1j49N3G0wiJXFS, obuchenie gramote 2, КОНТРАКТ КАРЗДОРЛИК, Nazorat uchun savollar va topshiriqlar lotin, 200-250, evas, Mavzu Telnet va ssh protokollarini o\'rganish. Cisco Packet Trac, 2 5249046430575757976
    II.2. a) Mavzuga doir bir soatlik dars ishlanmasi


    Mavzu: Shayboniyxon davlatining tashkil topishi.
    Movoraunnahrdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy hayot.
    Darsning maqsadi:
    A) Ta’limiy vazifasi: O‘quvchilarga Shayboniylar davlatining tashkil topishi, shu davrda hukmronlik qilgan hukmdorlar haqida, Shayboniylar davrida mamlakatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvol haqida chuqur bilim berishdan iborat.
    B) Tarbiyaviy vazifasi: O‘zbek xalqiga nisbatan muxabbatda tarbiyalash Ona Vatanga bo‘lgan muxabbatni uyg‘otish, o‘sha davrdagi hukmdorlarning yaxshi fazilatlaridan o‘rnak olish. Tarixiy yodgorliklarni asrabg‘avaylashga o‘rgatish.
    V) Rivojlantiruvchi ta’limi: Oldingi darslarga, o‘quvchilarga suyangan holda ular o‘zlashtirgan bilimlar asosida yangi mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar bilimini rivojlantirishdan iborat.
    G) Foydalanilgan adabiyotlar:
    Azamat Ziyo “O‘zbek davlatchilik tarixi”, Z.M. Bobur “Boburnoma, M. Solih “Shayboniynoma”, “O‘zbekiston tarixi” darsligi
    D) Darsni jihozlash: O‘zbekistonning siyosiy xaritasi, Shayboniyxon davrining siyosiy xaritasi, xonliklarning bo‘linishi xaritasi, ko‘rgazmali qurollar, suratlar va badiiy tarixiy adabiyotlar.
    E) Dars turi: Aralash dars
    1. Darsning borishi:
    A) Darsni tashkil qilish
    B) Yo‘qlama yilish, o‘quvchilarni darsga tayyorlash
    V) O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash
    2. Yangi mavzu: Shayboniyxon davlatining tashkil topishi
    A) Mavzuni bayon qilish rejasi:
    1. Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat
    2. Shayboniylar davrida Movoraunnaxr
    3. Xulosa.
    B) O‘qitish metodikasi:
    O‘qituvchining jonli nutqi, suhbat, munoazar va tahlil.
    3. Yangi mavzuni bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash
    Savollar:
    1. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoqda siyosiy vaziyat qay ahvolda edi?
    2. Movoraunnahrdagi xalk ommasining turmush tarzini so‘zlab bering
    3. Madaniy hayotni siz qanday tushunasiz va Shayboniylar davrida qanday edi?


    Xulosa
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Temuriy Mirzolarning o‘rtasida boshlanib ketgan o‘zaro janjallar taxt uchun kurashishlar oqibatida Temuriylar davlati parchalanib ketdi. Buning asosiy sabablaridan biri avvalambor Temuriy Mirzolar o‘rtasida o‘zaro taxt talashishi juda kuchayib ketdi. Natijada Temuriylar davlati zaiflashdi va kuchsizlanib qoldi. Ayni shu paytlarda Dashti – Qipchoqda Shayboniyxon parchalanib ketgan Abulhayrxon davlatini tiklash harakatida edi.
    Ko‘pgina janglardan so‘ng o‘zbek qabila va qavmlari, urug‘lar unga ishonib uning atrofiga birlashdi. Dastlabki paytlarda Shayboniyxon Temuriy hukmdorlar xizmatida bo‘ldi. O‘tror, Sig‘noq, Arquq, Savron kabi shaharlarning Shayboniyxonga sovg‘a qilinishi uning harbiy kuchini yanada oshirdi. Temuriylar xizmatida bo‘lgan Shayboniyxon ularning ichki siyosatini zimdan kuzatdi va o‘rgandi. Temuriylar davlatining kuchsizlanishidan foydalangan Shayboniyxon bu sulola hukmronligini batamom tugatishga kirishadi. 1499-1509-yillarda olib borilgan yurishlaridan keyin butun Movoraunnahr va Xuroson qo‘lga kiritildi. Shu tariqa katta hududni egallagan Shayboniyxon davlati tashkil topdi. Egallagan hududlar Shayboniylar sultonlariga bo‘lib berildi. Bu paytda Eron hukmdori Shoh Ismoil Movoraunnahr yerlarini bosib olishga ko‘z tikkan edi. 1509-yilning oxirida Shoh Ismoil Xirotga qo‘shin tortdi. 1510-yilning fevralida Marv yaqinida ikki qo‘shin to‘qnashadi. Lashkar jihatidan ustun bo‘lgan Eronliklar jangda g‘alaba qozonadi. Shayboniyxon jangda qahramonlarga halok bo‘ladi. U dinimiz yo‘lida Eron bosqinchilariga qarshi kurashda jonini qurbon qiladi. Shayboniyxon Amir Temurdan keyin mamlakat hududini kengaytirgan oxirgi lashkarboshi edi.
    Shayboniyxon o‘limidan keyin uning amakisi Ko‘chkinchixon (1510-1530), uning o‘g‘li Abu Saidxon (1530-1533), Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1533-1539), Ko‘chkinchixonning ikkinchi o‘g‘li Abdullaxon (1539-1540), xokimiyatni boshqardi 1540-yildan Movoraunnahrda qo‘sh xokimiyatchilik vujudga keldi. Buxoroda Abdullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda Ko‘chkinchixonning o‘g‘li Abdulatif (1540-1551) Navro‘z Ahmadxon (1551-1556), Pirmuhammadxon (1557-1561), Iskandarxon (1561-1583), Abdullaxon II (1583-1598), Abdulmo‘minxon (1598), Pirmuhammadxon II (1598-1601) Movoraunnaxrda xukmronlik qildi.
    Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi. Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, Masjidi Kalon, Mir Arab, Abdullaxon, Ko‘kaldosh kabi madrasalar buning yorqin namunalaridir.
    Adabiyot sohasida Muhammad Solih, Kamoliddin Binoiy, Hofiz Tanish Buxoriy, Xasan Nasoriy, Zayniddin Vosifiy, Abul Abbos Muhammad Tolib, Siddiqiy, Baxriddin Kashmiriy, Mutridiy, Mushfiqiy – xukmdorlardan Shayboniyxon, Ubaydullaxon kabi shoirlar va fan arboblarining jahon madaniyati xazinasiga qo‘shgan hissasi benihoya kattadir.

    Download 174.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 174.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II.2. a) Mavzuga doir bir soatlik dars ishlanmasi

    Download 174.5 Kb.