|
Transport qatlamining funksiyasi
|
bet | 18/45 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 2,49 Mb. | | #154066 |
Bog'liq 1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalarTransport qatlamining funksiyasi:
foydalanuvchiga ma’lumotlarni to‘g‘ri yetkazib berilishini tekshirish;
ulash, o‘rnatish;
qabul qilganligi haqida hisobot;
yo‘qotilgan yoki noto‘g‘ri yuborilgan ma’lumotlarni qayta jo‘natish;
oqimlarni boshqarish.
Qabul qiluvchining manzilini to‘g‘riligini tekshirish uchun psevdosarlovha.
Transport pog‘ona protokollaridan ommaboplari TCP va UDP protokollari hisoblanadi:
TCP protokoli – bu ishonchli protokol, ma’lumotlarni tartibli uzatish ketma-ketligini kafolatlaydi va tarmoq yuklamasini boshqarishni ta’minlaydi.
UDP protokoli, xabarlar bilan ishlashga mo‘ljallangan, ma’lumotlarni uzatish ketma-ketligini kafolatlamaydi, tarmoq yuklamalarini nazorat qilmaydi.
Lekin UDP protokoli tez ishlaydigan protokol hisoblanadi va xabarlar chegarasini ta’minlaydi.
Umumun olganda, TCP protokollari to‘plami yuqorida ko‘rib chiqilgan OSI modeli to‘plamidan farq qiladi. TCPni quyidagi jadval asosida ko‘rish mumkin:
ilova qatlami (Application Layer);
transport qatlami (Transport Layer);
Internet qatlami (Internet Layer);
tarmoqqa kirish qatlami (Network Access Layer).
Yuqoridagi TCP/IP protokollari to’plamini tuzilishidan ko’rinib turibdiki tarmoqqa kirish qatlamida barcha fizikaviy qurilmalarga kirish protokollari joylashgan. Yuqorida tarmoqlararo almashinuv protokollari IP, ARP, ICMP mavjud. Yanada yuqoriroqda esa asosiy transport protokollari hisoblangan TCP va UDP, ular ma’lumotlarni paketlarga to‘plashdan tashqari, qaysi ilovaga ma’lumotlarni jo‘natish va qaysi ilovadan ma’lumotlarni olish lozimligini aniqlaydi. Eng yuqorida ilova qatlamidagi protokollar joylashib, ular ilovalardan ma’lumotlarni almashtirishda foydalanadilar. OSI (Open Sustem Interconnection) tasnifiga asoslanib, TCP/IP protokollari tuzulishini etalon modeli bilan solishtirib ko‘ramiz
Marshrutizator qurilmadan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar to‘g‘risida xabar berishga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, ICMP (Internet Control Message Protocol) protokoli – bu xatolar to‘g‘risida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. ICMP protokolining har bir xabari tarmoq bo‘ylab, IP paket ichida uzatiladi. ICMP xabarlari imtiyozsiz marshrutlanadi. Shuning uchun ular ham yo‘qolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‘shimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar to‘g‘risida juda ko‘p xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar to‘g‘risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‘qolishi, ICMPning yangi xabarlarini paydo qilmasligi kerak. ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud. Xabarning har bir turi o‘z formatiga ega va ularning hammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi: xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli to‘la son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi, nazorat yig‘indisini 16 bitli maydoni (CHECKSUM). Bundan tashqari ICMP xabari har doim sarlovha va xatoni keltirib chiqargan IP paketning birinchi 64 biti ma’lumotlarga ega. Bu qurilma-yuboruvchi xato sababini aniqroq taxlil qilishi uchun bajariladi, chunki TCP/IP steki – qo‘shma qatlamidagi hamma protokollar o‘z xabarlarining birinchi 64 bitini taxlil qilish uchun eng muhim axborotga egalar. Maydon turi quyidagi belgilanishga ega.
Maydon turi
Belgilanishi
|
Xabarlar turi
|
0
|
Aks-sado-javob (Echo Replay)
|
3
|
Yetib bo‘lmaydigan belgilangan qurilma (Destination Unreachable )
|
4
|
Manbani yo‘qotish (Source Quench)
|
5
|
Yo‘nalishni o‘zgartirish (Redirect)
|
8
|
Aks-so‘rov (Echo Request)
|
11
|
Deytagramma vaqtining tugashi (Time Exceeded for a Datagram)
|
12
|
Paket ko’rsatkichining muammosi. (Parameter Problem on a datagram )
|
13
|
Vaqt belgisini talab qilish (Timestamp request)
|
14
|
Vaqt belgisining javobi (Timestamp Replay)
|
17
|
Manzilni talab qilish (Address Mask Request)
|
18
|
Manzil javobi (Address Mask Replay)
|
Ko‘rinib turibdiki, ishlatilayotgan xabar turlaridan ICMP protokoli tor masalalarini xal qiluvchi protokollar birlashmasi bo‘lib hisoblanadi. Xabar turlarini taxlil qilib chiqamiz. Aks sado – protokoli. ICMP protokoli tarmoq qurilmalariga erishishni nazoratlash uchun tarmoq administratorlariga vositalar taqdim etadi. Bu vositalarni xabarning ikki turi bilan almashishni kirituvchi aks-protokol: aks - so‘rov va aks - javob shaklida tasavvur etish mumkin. Kompyuter yoki marshrutizator inter tarmoq bo‘yicha aks - so‘rov yuboradi, unda qurilmaning IP manzili ko‘rsatiladi. AKS-SO‘ROV olgan qurilma aks - javobni tashkil qiladi va talab yuboruvchigaqurilmaga xabarni qaytaradi. Talabda bo‘lgan ayrim ma’lumotlar, javobda qaytarilishi kerak. Chunki aks - so‘rov va aks - javob tarmoq bo‘yicha IP paketlar ichida uzatiladi va ularni muvoffaqiyatli yetkazib berish, inter tarmoqni butun transport tizimining normal ishlashini bildiradi. Belgilangan qurilmaga yetib bora olmaslik to‘g‘risida ma’lumotlar. Marshrutizator IP paketni yubormasa yoki yetkazib bera olmasa, u paketni yuboruvchi qurilmaga “Yetib bo‘lmaydigan belgilangan qurilma” (3-xabar turi) xabarini yuboradi. Bu xabar kod maydonida, paket nima uchun yetkazib berilmaslik sababini aniqlovchi mazmunga ega. Sabab quyidagicha kodlanadi.
Kod
|
Sabab
|
0
|
Tarmoqqa yetishib bo‘lmaydi
|
1
|
Qurilmaga yetishib bo‘lmaydi
|
2
|
Protokolga yetishib bo‘lmaydi
|
3
|
Portga yetishib bo‘lmaydi
|
4
|
Fragmentatsiya talab etiladi, 2F bit esa o‘rnatilgan
|
5
|
Manba bergan yo‘nalishda xato
|
6
|
Tayinlash tarmog‘i noma’lum
|
7
|
Tayinlash qurilmasi noma’lum
|
8
|
Qurilma-manbaga ajratish
|
9
|
Tayinlangan tarmoq bilan o‘zaro ishlash administratoriy ta’qiqlangan
|
10
|
Tayinlangan qurilma bilan o‘zaro ishlash administratoriy taqiqlangan
|
11
|
Servisning berilgan sinfi uchun tarmoqqa erishib bo‘lmaydi
|
12
|
Servisning berilgan sinfi uchun qurilmaga erishib bo‘lmaydi
|
Marshrutizator qandaydir sabab bilan tarmoq bo‘yicha 10- paketni uzata olmasligini aniqlasa, qurilma manbaga ICMP xabarini yuboradi va keyin paketni olib tashlaydi. Xato sababidan tashqari ICMP xabari yetkazib berilmagan paket sarlovhasini va ma’lumotlar maydonining birinchi 64 bitini ham kiritadi. Tayinlash tarmog‘i yoki qurilmaga apparaturaning vaqtincha ishdan chiqishi, yuboruvchi belgilangan manzil noto‘g‘ri ko‘rsatkichga hamda marshrutizator belgilangan tarmoqqa yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaganda erishilmasligi mumkin. Protokol va portga erishilmaslik tayinlash qurilmasidagi qo‘shma pog‘onaning qaysi bir protokolida amalga oshishishi UDP yoki TCP protokollarining ochiq porti yo‘qligi orqali bildiradi. Yo‘nalishni boshqa tomonga yo‘naltirish. Kompyuterlarda yo‘nalish jadvallari odatda statik hisoblanadi, chunki tarmoq administratori tomonidan konfiguratsiyalanadi, marshrutizatorlarda esa dinamik hisoblanadi, chunki yo‘nalish axborotlari bilan almashish protokollari yordamida avtomatik tarzda shakllanadi. Shuning uchun vaqt o‘tishi bilan, tarmoq topologiyasi o‘zgarganda kompyuterlarning yo‘nalish jadvallari eskirishi mumkin. Bundan tashqari bu jadvallar odatda kam axborotga ega, masalan, faqat bir nechta marshrutizatorlarning manzili. Kompyuterlar xatti-xarakatini tuzatish uchun marshrutizator “yo‘nalishni boshqa tomonga yo‘naltirish” (Redirect) deb nomlanuvchi ICMP protokolining xabarini ishlatishi mumkin. ICMP protokolini boshqa tomonga yo‘naltirish mexanizmi, kompyuterlarga uning lokal marshrutizatorlarining faqat IP-manzillarini konfiguratsiya fayllarida asrashga imkon beradi. Boshqa tomonga yo‘naltirish xabarlari yordamida marshrutizatorlar kompyuterga, qaysi marshrutizatorga u yoki bu tayinlangan tarmoq uchun paketlarni jo‘natish zarurligi to‘g‘risida unga kerakli axborotni xabar qilib turadi, ya’ni marshrutizatorlar kompyuterga, yo‘nalish jadvallarining ularga kerakli qismini uzatishadi. Marshrutizator “yo‘nalishni boshqa tomonga yo‘naltirish” xabariga keyinchalik foydalaniladigan IP manzil va o‘z ma’lumotlar maydonining birinchi 64 bitli dastlabki paket sarlovhasini joylashtiradi. Paket sarlovhasidan qurilma qaysi tarmoq uchun ko‘rsatilgan marshrutizatordan foydalanish kerakligini bilib oladi
|
| |