-rasm. Dasturda amalga oshirish belgilangan ishlar




Download 0.84 Mb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#73880
1   2   3   4   5
Bog'liq
metropoliten

2-rasm. Dasturda amalga oshirish belgilangan ishlar.
EHT vagonlarining ishonchliligini baholashda uchta xususiyat muhimdir: ishonchlilik, chidamlilik va texnik xizmat ko‘rsatish. Ishonchlilik-bu ob’ektning belgilangan vaqtda ish holatini doimiy ravishda saqlab turish xususiyatidir.
Metro EHT vagonnalirining ishonchliligi  uning qismlarining texnik holatiga bog‘liq. Texnik holat-bu ma’lum bir sharoitda ma’lum bir vaqtda normativ hujjatlarda belgilangan parametrlarning qiymatlari bilan tavsiflanadigan uskunaning holati [4].
EHT ishonchliligi ko‘rsatkichlari metropoliten faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Harakatlanuvchi tarkibning ishonchliligi nafaqat to‘g‘ri loyihalash va hisoblash, aniq ishlab chiqarish va yig‘ish, balki ko‘p jihatdan oqilona foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish va o‘z vaqtida va sifatli ta’mirlash bilan ta’minlanadi [5].
Ishonchlilik oltita guruh ko‘rsatkichlari bilan baholanadi: ishlamay qolish yehtimoli, ishlamay qolish darajasi, ishlamay qolish oqimi parametri, nosozlikkacha bo‘lgan o‘rtacha vaqt, nosozlik sodir bo‘lgan o‘rtacha vaqt, nosozlikni gamma- foiz vaqti [6-4].
EHTning nosozliksiz ishlash ehtimoli-bu ma’lum bir ish sharoitida ma’lum bir vaqt oralig‘ida yoki ma’lum bir ish vaqti ichida hech qanday nosozlik yuz bermasligining miqdoriy o‘lchovidir [7-5].
EHTning “Buzilmaslik davri”- buzilishigacha ishlash muddatini o‘lchash uchun qabul qilingan qiymat bo‘yicha (vaqt yoki masofa) aniqlanadi. “Buzilmaslik davri” qiymati asosida EHT ishlashining to‘liq yoki qisman yo‘qolishi hodisasining ehtimoli aniqlanadi[8]. Metroning EHT transport xavfsizligini so‘zsiz ta’minlagan holda yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan. Metroning uzluksizligi, xavfsizligi va samaradorligi EHTning holatiga bog‘liq.
Metroning normal ishlashi ma’lum xizmatlar tomonidan ta’minlanadi, ularning har biri o‘z profiliga ega. Shu bilan birga, ularning barcha harakatlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, xavfsizlikka rioya qilish va poezdlar jadvalini bajarish, turli xil qurilmalarning ishlashini tahlil qilish, nosozliklarni o‘z vaqtida oldini olish va ta’mirlashga qaratilgan.
EHTning yaxshi holatda saqlanishi va unga texnik xizmat ko‘rsatish zarur tuzilmalar, qurilmalar va jihozlarga ega bo‘lgan operatsion (Chilonzor TCh-1, O‘zbekiston TCh-2 elektrodepolari) va ta’mirlash (elektrodepo TCh-3) korxonalari tomonidan ta’minlanadi. Birgalikda ular Toshkent metrosining harakatlanuvchi tarkib xizmatini tashkil etadilar. Harakatlanuvchi tarkib xizmati-metroning barcha elektrodeposiga tezkor-texnik rahbarlik qiladi, shuningdek uning boshqaruviga bo‘ysunadi. Elektrodepo-bu bir yoki bir nechta metro liniyalarida poezd va poezddan tashqari ishlarni bajarish uchun vagonlar parkiga, shuningdek EHTni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur texnik vositalar ega bo‘lgan korxona. Vagonlarni texnik tekshirish punktlari va lokomotiv brigadalarining chiziqli punktlari elektrodepo bo‘linmalari hisoblanadi. EHT ishonchliligi tahlili Toshkent metropoliteninig uzoq muddatli rivojlanishi asosidir.


    1. Metropolitenning ishonchliligi, uzluksizligi va xavfsizligini ta’minlash

Metropolitenning harakatlanuvchi tarkibining ishonchliligi murakkab xususiyat boʻlib, u uskunaning konstruktiv xususiyatlariga va uning ishlash shartlariga qarab buzilmaslik, chidamlilik, texnik xizmat koʻrsatish, xavfsizlik kabi xususiyatlarning kombinatsiyasi bilan tavsiflanadi va shu bilan birga harakatlanuvchi tarkibni ekspluatatsiya qilish jarayonining eng muhim koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Harakatlanuvchi tarkibning ishonchliligi - bu uning belgilangan funktsiyalarni bajarish qobiliyati, ishlash koʻrsatkichlarini talab qilinadigan vaqt oraligʻida yoki belgilangan masofada belgilangan chegaralarda saqlash.[4]
Poezdlar harakatining xavfsizligi koʻp jihatdan harakatlanuvchi tarkibning agregatlari va qismlarining ishonchliligiga bogʻliq. Harakatlanuvchi tarkibning ishonchliligi - bu uning belgilangan funktsiyalarni bajarish qobiliyati, ishlash koʻrsatkichlarini talab qilinadigan vaqt oraligʻida yoki belgilangan masofada belgilangan chegaralarda saqlash. (1-rasm)
Uzluksizlik - EHTni ma'lum vaqt yoki masofa davomida doimiy ravishda soz holatini saqlab turish xususiyati.
Ta’mirlanish qobiliyati- EHT buzilganda yoki uning tarkibiy qismlariga zarar yetkanda ish holatini tiklashga moslashuvidan iborat boʻlgan xususiyat.
Chidamlilik- EHTni ish boshlagandan to ekspluatasiyadan chiqarilgangacha doimiy ravishda ish qobiliyatini saqlab turish xususiyati.
Saqlanuvchanlik- EHTni saqlash va tashish muddati davomida ish qobiliyatini saqlab turish xususiyati.
Omon qolish- alohida funktsional birliklar shikastlangan taqdirda EHTnining asosiy funksiyalarini saqlab qolish xususiyati.
Buzilish- ishlashning toʻliq yoki qisman yoʻqolishidan iborat hodisa.
Nosozlik- oʻz-oʻzidan tiklanadigan nosozlik yoki operatorning kichik aralashuvi bilan bartaraf etilgan yagona nosozlik.
Buzilmaslik davri- EHTning buzilishigacha ishlash muddatini oʻlchash uchun qabul qilingan qiymat (vaqt yoki masofa).
Texnik manba- ish boshlanishidan chegaralangan holatning boshlanishigacha boʻlgan ish vaqti.
Xizmat muddati— ish boshlanishidan cheklovchi holatning boshlanishiga qadar kalendar davomiyligi.
Nosozliklilarga chidamlilik- EHTning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlari ishlamay qolgandan keyin oʻzining ishlashini saqlab qolish xususiyati.
Nosozliklilarda xavfsizlik- EHTning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlari ishlamay qolgan taqdirda, odamlar, atrof-muhit yoki mulk uchun xavf tugʻdirmaydigan ish rejimiga oʻtish.

1-rasm. EHTning ishonchlilik xususiyatlari
EHTlarni ishga tushirilgandan boshlab va ular inventarizatsiyadan chiqarilgunga qadar ishonchliligi, uzluksizligi va xavfsizligini ta’minlash uchun ularga profilaktik texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etuvchi turli hajmdagi ta’mirlash ishlari va tekshirishlarning bir xil takrorlanuvchi tizimi joriy etilgan.
Harakatlanuvchi tarkibning ishonchliligi nafaqat toʻgʻri loyihalash va hisoblash, aniq ishlab chiqarish va yigʻish, balki koʻp jihatdan oqilona foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish va oʻz vaqtida va sifatli ta'mirlash bilan ta'minlanadi. [3]
EHT ga rejalashtirilgan texnik xizmat koʻrsatishdan tashqari, rejadan tashqari ham mavjud boʻlib, unda vagonlarni ta’mirlash va tekshirish zarurat tugʻilganda amalga oshiriladi.
EHTga texnik xizmat koʻrsatishning rejadan tashqari va tasodifiy turlari.
Rejali profilaktik ta’mirlashga qoʻyish muddatidan oldin EHT uskunasi ishdan chiqqan hollarda, ta’mirlash- jadvalidan tashqari amalga oshiriladi.
Poezdning liniyadagi ishlashi paytidagi nosozliklar yoki ular yoʻlda aniqlangan taqdirda, ushbu poezd rejadan tashqari depoga yuboriladi, bu erda nosozlik xarakteri aniqlanadi va imkon qadar tezroq bartaraf etiladi.
EHT tasodifiy toʻxtab qolishi nosozliklarni bartaraf etish, nosozliklarni murakkabligiga, uni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlar, materiallar va texnologik jihozlarning mavjudligiga, shuningdek, ta’mirlash maydonchalari va boʻlimlarining ish hajmiga bogʻliq. Tasodifiy ta’mirlash EHTning rejalashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish turidagi ehtiyot qismlar va materiallar sonidan foydalangan holda amalga oshiriladi, bu esa ushbu nosozlikni tezda bartaraf etishga imkon beradi.
Harakatlanuvchi tarkibda nosozlik bir xil , takroran sodir boʻlgan hollarda, elektr deposi rahbariyati ushbu holat boʻyicha elektr deposining butun parkini bir martalik tekshiruvini tashkillashtiradi.
Elektr depoda profilaktika ishlarini olib borish uchun harakatlanuvchi tarkib xizmati vakillari va kerak boʻlganda ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda ushbu holatlarni tahlil qiladilar va kelajakda ularning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzadilar.
Poyezdlar harakati xavfsizligi darajasini oshirish uchun lokomotiv brigadalarining hisobotlari va elektrodepo rahbariyatiga taqdim etilgan ta’mirlash xodimlarining hisobotlari asosida nosozlik holatlari tahlil etiladi. Shu bilan birga, elektr deposining ishlab chiqarish-texnik boʻlimi muhandislari - har biri oʻziga xos turdagi vagon uskunalari: mexanik, pnevmatik, elektr, poezdlarni avtomatlashtirish moslamalari, motor va gʻildirak qurilmalari, ta’mirlash va foydalanish vakillari bilan birgalikda ushbu holatlarni paydo boʻlish sababini aniqlaydi. Lokomotiv brigadalarining liniyadagi notoʻgʻri harakatlari holatlari toʻgʻridan-toʻgʻri elektr deposining ekspluatatsiya boʻlimida koʻrib chiqiladi.
Elektr deposining barcha boʻlinmalarida poyezdlar harakati xavfsizligi holati ustidan kundalik nazorat tashkil etiladi. Ekspluatatsiya sexida instruktor mashinistlar tomonidan lokomotiv brigadalari oʻz mehnat vazifalari va metroning ekspluatatsion faoliyatini tartibga soluvchi koʻrsatmalarga rioya etilishini doimiy nazorat qiladi. Depoda mashinistlar bilan muntazam ravishda oʻtkaziladigan turli xil texnik tayyorgarlik, malakali koʻrsatmalar, imtihon sinovlari va favqulodda oʻyinlar lokomotiv brigadalariga kerakli qarorlarni toʻgʻri qabul qilishga va ular uchun noodatiy ish sharoitida harakatlarni bajarishga yordam beradi.
Ta’mirlash ustaxonasida poyezdlar harakati xavfsizligi holati ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida har bir poyezdni depodan liniyaga chiqarishdan oldin hamda texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash ishlari olib borilgandan soʻng bosqichma-bosqich tekshirishlar tashkillashtiriladi.
Buzilish va nosozliklar xaqidagi ma'lumotlarini yigʻish, taxlil qilish.
Buzilishlar, nosozliklar xaqidagi ma'lumotlarini to‘plash va qayta ishlashda statistik usuldan foydalanamiz, xar bir EHT bo‘yicha aniq ma'lumotlar bazasini shakillashtiramiz. Ma'lumotlar bazasiga EHTning harakat vaqtida agregatlari,qismlari,detallarida sodir bo‘lgan buzilishlar, nosozliklar kiritib boriladi.
Ma'lumotlar bazasida buzilishlar va nosozliklar klassifikatsiya qilinadi.
2-jadval
Harakat vaqtida sodir bo‘lgan buzilishlarni hisobga olish jadvali.
EHTning vagoni rusumi________ №_________

Sana



vaqt

Mashinist
F.I.Sh

Hodisa sodir bo‘lgan liniya, yo‘l, stansiya belgisi(km)

Buzilishlar, nosozliklar turi.

Inson omili

Tashqi omil

Elektr
apparat



Mexanik
jihoz



Pnevmatik
jihoz









soni

nomi

soni

nomi

soni

nomi

xxx

xxx

xxxxxxxx

xxxxx

x

x

x

x

x

x

x

x

3-jadval


Harakat vaqtida sodir bo‘lgan buzilishlarni hisobga olishni oylik yigʻma jadvali.
________________________20__ y.

T.r.

EHTning vagoni rusumi





EHTning vagoni №_________

Buzilishlar, nosozliklar soni

Elektr

Mexanik

Pnevmatik

Inson omili

Tashqi omil

jami


XXXXXXXXX

XXXXXX












































4-jadval


Harakat vaqtida sodir bo‘lgan buzilishlarni hisobga olishni yillik yigʻma jadvali.
20__ y.

T.r.

EHTning vagoni rusumi





EHTning vagoni №_________

Buzilishlar, nosozliklar soni

Elektr

Mexanik

Pnevmatik

Inson omili

Tashqi omil

jami


XXXXXXXXX

XXXXXX












































Ma'lumotlar bazasiga asoslanib EHTning “Buzilmaslik davri”- buzilishigacha ishlash muddatini oʻlchash uchun qabul qilingan qiymat (vaqt yoki masofa) aniqlanadi.


“Buzilmaslik davri” qiymati asosida EHT ishlashining toʻliq yoki qisman yoʻqolishi hodisasining ehtimoli aniqlanadi.[4]
Metro transport vositalarining ishlamay qolishi to‘gʻrisidagi ma'lumotlarga asoslanib, omon qolish tahlili nazariyasiga asoslanib, metro quyi tizimlarining ishonchliligini tahlil qilish usuli ishlab chiqiladi. Nosozlik ma'lumotlarini filtrlash, tasniflash va qayta ishlash orqali har bir quyi tizim uchun nosozliklar soni va nosozliklar orasidagi o‘rtacha vaqt olinadi. Natijada nosozlik darajasi quyidagi tartibda oshgan: yordamchi tizimlar, tortish tizimi, harakat moslamalari, tormoz tizimi va nazorat qilish va diagnostika tizimlari. Malumotlar bazasi yordamida har bir quyi tizim uchun optimal nosozliklarni taqsimlash modeli aniqlandi. Kundalik texnik xizmat ko‘rsatishda EHTning qaysi qisimlariga alohida etibor qaratishimiz belgilanadi, bu esa quyi tizimdagi nosozliklarni sezilarli darajada kamaytiradi.

1.3 Metropoliten vagonlari


81-717 seriyali metropoliten bosh elektr vagonlarining vakili bo'lib, ular o'z mohiyatiga ko'ra motorlarga tegishli. 1975 yildan keyin Mytishchi shahridagi mashinasozlik zavodi hududida ishlab chiqiladi va foydalanishga topshiriladi. 1980-yildan 1995-yilgacha bo'lgan davrda Leningrad shahridagi I. E. Yegorov nomidagi zavod ishlab chiquvchi bo'ldi.


Download 0.84 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Dasturda amalga oshirish belgilangan ishlar

Download 0.84 Mb.