|
I guruh anionlari so42
|
bet | 1/4 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 23,15 Kb. | | #158770 |
Bog'liq analitik kimyo amaliy
5 AMALIY MASHG’ULOT
Anionlarning klassifikatsiyasi. I guruh anionlariga xos reaksiyalarni o’rganish.
I - guruh anionlari (SO42-, SO32-, S2O32-, CO32-, HPO42-, B4O72-, SiO3 2-)
Ishdan maqsad: Anionlarning sinflanishi, I-analitik guruh anionlari hususiy reaksiyalarini tahlil qilishni o`rganish.
Aionlarning sinflanishi
Kationlardan farqli o`laroq, deyarli barcha anionlarni tekshirilayotgan eritmaning alohida porsiyasida boshqa ionlar ishtirokida bo`lib-bo`lib analiz qilinadigan metod bilan topish mumkin. Guruh reagentlari anionlarni guruhlarga ajratish uchun emas, balki ularni topish uchun ishlatiladi. Agar qandaydir guruh ishtirok qilmayotgan bo`lsa, uning guruh reagenti analiz qilinayotgan eritma bilan hech qanday cho`kma bermaydi. Bu holda shu guruhning ayrim anionlariga reaksiya o`tkazib ko`rish zaruriyati yo`qoladi. Biz kationlarni o`rganishda ko`pgina reaksiyalarni qilib ko`rganmiz. Masalan, bariy ionlari SO42- yordamida, Ca2+ ionlari SO32- yordamida, Ag+ ionlari Cl- yordami bilan topiladi va hokazo. Anionlar analizida esa aksincha, shu kationlar yordamida tegishli anionlar topiladi.
Guruh reagentining ta’siriga ko`ra anionlar sinflanishi
Analitik
guruh
|
Anionlar
|
Guruhning
tavsifi
|
Guruh
reagenti
|
1.
|
SO42-,SO32-, S2O32-, PO43-, CrO42-,CO32-, C2O42-, BO3 3- B4O72-
|
Bariy tuzlari suvda
erimaydi
|
neytral muhitda
BaCl2
|
2.
|
Cl-, Br-, I-, S2-
|
Kumush tuzlari suvda va HNO3 da erimaydi
|
HNO3 ishtirokida AgNO3
|
3.
|
NO3-, NO2-
CH3COO-
|
Bariy va kumush tuzlari suvda eriydi
|
Yo`q
|
Birinchi gruppa anionlarining xususiy reaksiyalari
SО42- SULFAT-IONI REAKSIYALARI
Sulfat-ion kuchli elektrolit bo`lgan sulfat kislotaning anionidir.
1. Bariy xlorid ВаС12 sulfatlarning suyultirilgan eritmalaridan bariy sulfatning oq cho`kmasini cho`ktiradi:
Na2SО4 + ВаС12 = BaSО4 + 2NaCl.
Bariy sulfat kislotalarda erimaydi. Shu bilan u birinchi gruppa anionlarining bariyli tuzlaridan farq qiladi.
2. Qo`rg`oshin asetat va qo`rg`oshin nitrat sulfatlar eritmasidan qo`rg`oshin sulfatning oq cho`kmasini cho`ktiradi:
Na2SО4+ Pb(NO3)2 = PbSO4 + 2NaNO3 .
PbSO4 + 4КОН = K2PbO2 + K2SO4 + 2Н2O
|
| |