|
I guruh anionlari so42
|
bet | 2/4 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 23,15 Kb. | | #158770 |
Bog'liq analitik kimyo amaliyРО43- FOSFAT-ION REAKSIYALARI
1. Bariy xlorid ВаС12 neytral eritmalardan bariy gidrofosfatning oq amorf cho`kmasini ajratadi:
Na2H РО4 + BaCl2 = BaH РО4 + 2NaCl.
ЗВа2+ + 2 РО43- = Ba3(РО4)2
2. Kumush nitrat AgNO3 fosfat-ion bilan kumushning nitrat kislotada va ammiak eritmasida oson eriydigan sariq cho`kmasini beradi: to`la cho`kish faqat neytral va kuchsiz ishqoriy muxitda bo`lishi mumkin:
Na3PО4 + 3 AgNО3 = Ag3 PО4 + 3NaNO3.
Reaksiyaning bajarilishi. Natriy fosfat Na3PО4 ning 4 tomchi eritmasiga kumush nitratning eritmasidan 4 tomchi qo`shiladi. Cho`kmali eritma ikki qismga bo`linadi. Cho`kmaning nitrat kislotada va ammiakda erishi kuzatiladi.
3. Ammoniy molibdat (NH4)2MoО4 ko`proq ortiqcha ko`shilganda nitrat kislota eritmadan ammoniy - fosforomolibdatning sariq kristall cho`kmasini cho`ktiradi:
Na2HPО4 + 12(NH4)2MoО4 + 23HNO3 = (NH4)3H4[P(Mo2О7)6] + 21NH4NО3 + 2NaNО3 + 10H2O.
СО32- KARBONAT IONINING REAKSIYALARI
1. Bariy xlorid ВаС12 karbonatlarning eritmalaridan sovuqda bariy karbonatning oq cho`kmasini cho`ktiradi:
ВаС12 + Na2CО3 = ВаCО3 + 2NaCl
2. Kislotalar barcha karbonatlarni uglerod qo`sh oksidning shiddatli ajralib chiqishi bilan parchalaydi:
Na2CО3 + 2HC1 = 2NaCl + CО2 + H2О.
3. Kumush nitrat AgNO3 karbonatlarning eritmalaridan oq rangli cho`kma - kumush karbonatni cho`ktiradi:
2 AgNО3 + Na2CО3 = Ag2CО3 + 2NaNО3.
|
| |