Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiyislohotlar tizimi




Download 1,22 Mb.
bet11/13
Sana03.02.2024
Hajmi1,22 Mb.
#151139
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari

Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiyislohotlar tizimi
Agrar sektordagi asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer aholining asosiy hayot kechirish faoliyatining negizi hisoblanadi. Mamlakatimizda agrar-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish natijasida qishloq xo’jaligida turlicha mulk shakllari, iqtisodiy subyektlarning turli-tumanligi bilan tavsiflanuvchi turli xil xo’jalik yuritish shakllari qaror topdi.
Bular mulkning hissadorlik, ishlab chiqarish kooperativlari shaklida namoyon bo’luvchi jamoa, yollanma va o’z mehnatidan foydalanuvchi xususiy mulk shakllaridir. Ayni paytda sohadagi islohotlarning natijasi o’laroq, yangicha xo’jalik yuritish shakllari paydo bo’ldi.
Bugungi kunda qishloq xo’jaligida mulkdorlarning mutlaqo yangi sinfi – fermerlar maydonga chiqdi va ularning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda.
Ushbu islohotning asosiy vazifasi yerni qayta taqsimlash turli mulkchilik shakllariga asoslangan bo’lib, yerdan samarali foydalanishdir.
Yerdan oqilona va samarali foydalanish ko’p jihatdan mamlakatda yuzaga kelgan yer munosabatlari orqali belgilanadi. Ular o’z navbatida yerga egalik qilish, undan foydalanish masalasida qishloqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar va davlat hokimiyati organlarining barcha darajalaridagi ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Respublikaning umumiy tuproq sharoitlari, relefi va boshqa o’ziga xosligi sharoitida mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish barqaror hosil olish, yerni suv resurslari bilan ta‘minlash va mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish omillari bilan chambarchas bog’liqdir.
Respublika bo’yicha sug’oriladigan yerlar maydoni umumiy ekin maydonining 98,2 % ni tashkil qiladi. Ushbu maydonni sug’orish uchun yiliga har bir gektarga o’rtacha 50 m3 ga yaqin suv sarflanadi. Suv resurslari taqchilligining kundan-kunga oshib borishi O’zbekiston iqtisodiyotining agrar sektorini rivojlantirishni chegaralovchi asosiy omil hisoblanadi. Bu birinchidan, kam suvdan yillar davrining boshlanishi, ikkinchidan, suv resurslarini taqsimlashda yuzaga kelgan davlatlararo muammolardan, uchinchidan, ularni xo’jasizlarcha ishlatishdan kelib chiqadi.
Xulosa
Mustaqillik yillarida viloyatimizda qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi.
Paxta monokulturasidan chekinish, oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan o`zini-o`zi ta`minlash hamda oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, qishloq xo`jaligini rivojlantirish strategiyasining asosiy tamoyillari bo`lib hisoblanadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaliklaridan to’lig’icha kengroq foydalanib agrobiznesni rivojlantirish mumkinligi ko’rsatilib o’tildi. Barcha sohalarda bo’lgani kabi bugungi kunda qishloq xo’jaligida agrobiznesni rivojlantirishda raqamli tehnologiyalarni yo’lga qo’yilib borilmoqda.
Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan maqsad va vazifalar ro‘yxati yetarlicha keng qamrovli ko‘rinishi mumkin. Biroq ularning yechimlari to‘la hayotiy bo‘lib, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishni tezlashtirish hamda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi agrobiznesning tarkibiy o‘zgarishlar uchun o‘ta muhim.
Ayni vaqtda ishlab chiqilayotgan 2019-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy strategiyasi mazkur sohada Jahon banki guruhi hamda boshqa xalqaro hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga tayyor bo‘lgan islohotlarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatga aylanishi lozim. Uning qabul qilinishi va keyinchalik hukumat tomonidan amalga oshirilishi yuqorida tilga olingan vazifalarni mamlakatni rivojlantirish va O‘zbekiston xalqi farovonligini oshirish uchun iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirishga zamin yaratadi. Agrobiznesni rivojlantirishda innovatsion usullarini joriy etish orqali qishloq xo’jalik korxonalarini shartsharoitlarini o’rganish, usullarini joriy etish biz kabi mutaxassislarning muhim vazifasi
hisoblanadi.
Fermerlar o‘zlarining yerga bo‘lgan huquqi daxlsiz ekaniga to‘liq ishonmas ekan, ular mehnat samaradorligini oshirish hamda mahalliy hokimiyat foydalanishga taqdim etilgan yerlar hosildorligini yaxshilashga sarmoya kiritmaydi.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini nazorat qilishning ushbu eskirgan tizimi ularning rivojlanishlari uchun halokatli darajada zararli bo‘lib, fermerlarning mahalliy hokimiyatlardanfoydalanish uchun olgan yerlarga sarmoya kiritishga bo‘lgan rag’batini so‘ndiradi. Bugungi kunda davlat tomonidan mahsuldorlikka qarshi xizmat qilayotgan mazkur amaliyotdan vozkechish zarur.
Mamlakatimiz bug’doy va paxta uchun davlat narxining pastligi hisobiga fermerlarni soliqqa tortishni bekor qilish orqali davlat xarajatlarining samaradorligini tezda oshirishi mumkin. O‘zbekiston asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ichki narxlari xalqaro darajadan past bo‘lgan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri sanaladi.
Mazkur davlatga uzoq muddatli istiqbolga ega tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan byudjet harajatlarini kamaytirish uchun qisqa va o‘rta muddatli istiqbolga ega qishloq xo‘jaligini davlat Bizning fikrimizcha quyidagi takliflar amaliyotga tadbiq etilsa, agrobiznesni rivojlantirish orqali qishloq xo’jaligini ham rivojlantiramiz. tomonidan moliyalashtirish hajmini oshirish kerak. Bunda asosiy e’tiborni byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish samaradorligiga qaratish zarur.
Agar dehqon xo‘jaliklarining ehtiyojlariga e’tibor qaratilmasa, qishloq xo‘jaligi eksporti faqat kichik fermerlar va agrotashkilot guruhlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi va mazkur fermerlar guruhining inklyuziv iqtisodiy rivojlanishi uchun ajoyib imkoniyat qo‘ldan boy beriladi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlargaerishildi.
Yuqori sur`atlarda o`sib borayotgan viloyat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining kengaytirilishi hisobiga g`o`za ekin maydonlari qisqartirildi. Ozuqa ekinlari maydonlarining qisqartirilishi, chorva mollari va parrandalarni mustahkam ozuqa bazasi bilan ta`minlash yaxshi yo`lga qo`yilgan takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlarini ekish hisobidan qoplanayotganligi bilan izohlanadi. Viloyatda ekin maydonlari tarkibiy tuzilmasini oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish hisobiga bosqichma-bosqich maqbullashtirish bo`yicha aniq maqsadli yo`naltirilgan chora-tadbirlar ko`rilmoqda, shuningdek dehqon (shaxsiy yordamchi) va fermer xo`jaliklarida chorva mollari va parrandalar bosh sonini ko`paytirishni rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tahlillar natijalari, fermer xo`jaliklarida asosan paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa yo`nalishlari, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarida esa chorvachilikning yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat bermoqda.
Viloyat aholisini dehqonchilik mahsulotlari bilan ta`minlash asosan fermer xo`jaliklari tomonidan, chorvachilik mahsulotlari bilan ta`minlash esa dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari tomonidan amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.
Agrosanoat majmuasining uchinchi sohasi qishloq хо'jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste'molchiga yetkazib beruvchi tarmoqlar va korxonalarni o'z ichiga qamrab oladi. Paxta, go'sht va sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog'-moy kombinatlari, jun, kanop, pillani qayta ishlash korxonalari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug'ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.



Download 1,22 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 1,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiyislohotlar tizimi

Download 1,22 Mb.