• Agrosanoat kombinatlari
  • 2-Bob. Agrobiznes va agrar siyosatning mohiyati 2.1 Agrobiznes va agrar siyosati
  • I. Kirish II. Asosiy qism 1-Bob. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari




    Download 1,22 Mb.
    bet5/13
    Sana03.02.2024
    Hajmi1,22 Mb.
    #151139
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari

    Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtiroqchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
    Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir. Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi.
    Agrobiznes turiga ko’ngilli va paychilik mablag’lari asosida tashkil qilingan
    2-Bob. Agrobiznes va agrar siyosatning mohiyati
    2.1 Agrobiznes va agrar siyosati
    Davlatning agrar siyosati qishloq xo’jaligi va hududlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi deganda ularning barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o’sishi, qishloq xo’jaligi samaradorligining oshishi, qishloq aholisi to’liq bandligiga erishish va turmush darajasining oshishi, yerlardan oqilona foydalanish tushuniladi. Agrar siyosat o’zida qishloq aholisining moddiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy shartsharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar bozor, investisiya, kredit, moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, maqsadli va tarkibiy qayta shakllanish agrar siyosatning asosiy sohalaridir. Agrar siyosatning umumiy maqsadi muayyan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy, tarmoq, ekologik maqsadlar bilan tavsiflanadi. Davlat rivojlanishi bosqichlari va tabiiy-tarixiy sharoitlarga bog’liq ravishda aniq maqsadlar o’zaro nisbati o’zgaradi.
    Agrar siyosat negizida agrar qonunchilik va agrar tarkib shakllanadi. Agrar qonunchilik - qishloq xo’jaligida va qishloq aholisi hayoti bilan bog’liq holda amalga oshayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazuvchi huquqiy me’yorlardir. Yerga egalik munosabatlari, kredit va soliqqa tortish, mehnat munosabatlari, mulkiy munosabatlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’moli yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy ta’minot va boshqalar agrar qonunchilikning muhim sohalariga kiradi: Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq xo’jaligi rivojlanishi, aholining yashash va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga olingan, ishlab chiqarish omillariga bog’liq agrar sohaning iqtisodiy, texnik va ijtimoiy unsurlari yig’indisidir. U mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Agrar siyosatning negizida agrar bozor yotadi. Agrar bozor agrar siyosatni ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi manfaatlariga mos amalga oshirilishiga yordam qiladi. Agrar siyosatning asosiy vazifasi - agrar sohadagi jarayon va qarashlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki kishilarning shu sohadagi qarashlari, jarayonlari va qonunlari tizimidagi faoliyatini ochib berishdir. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
    • mamlakat aholisini iqtisodiy asoslangan baholardagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
    • qishloq xo’jaligining umumiy daromad yaratish sohasidagi ishtirokini ta’minlash, agrar sektorni rivojlantirish;
    • agrar tashqi savdo siyosatini olib borish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasini yaratish;
    • atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish. Agrar siyosatning tamoyillarini ko’rib chiqib uning muhim oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi, agrosanoat va tashqi savdo jihatlariga, shuningdek uni tavsiflovchi ko’rsatkichlariga e’tiborni qaratish lozim:
    Oziq-ovqat jihati tamoyillar tahlilining muqaddimasi bo’lib, agrar siyosat maqsadi-oziqovqat xavfsizligining miqdoriy ifodasi sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ichki bozorda oziq- ovqat mahsulotlariga talabning fiziologik va to’lovga qodir chegaralarini aniqlaydi, shuning uchun iste’molning fiziologik me’yorlari, iste’molning mavjud tarkibi, mamlakatni shu jumladan ichki ishlab chiqarish hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Qishloq xo’jaligi jihati oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning haqiqiy holatini tavsiflaydi, oziq-ovqat mahsulotlarini olishda agrar salohiyatni aniqlaydi. U qishloq xo’jaligi samaradorligi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi: (yer hosildorligi, mehnat unumdorligi, chorva mollari mahsuldorligi, ozuqa qoplanganligi, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnatga haq, qishloq xo’jaligia dotasiyalar, fond qaytimi va boshqa omillar). Agrosanoat jihati, bir tomondan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasi tahlilini amalga oshirish, ikkinchi tomondan marketing sohasi samaradorligini baholashga imkon beradi. Baholash uchun muhim ko’rsatkichlar- sarfxarajtalarning yiriklashtirilgan tarkibi, turli maqsadlarda mahsulotni ishlatish. Tashqi savdo jihati jahon va ichki qishoq xo’jaligi bozorlari o’zaro bog’liqligini aks ettiradi. U turli mahsulotlar bo’yicha importga qaramlik, qishloq xo’jaligi va tayyor mahsulotni chetga chiqarish va olib kirish balansi, qishloq xo’jaligini erkinlashtirishdan kutilayotgan zararni baholash va boshqalar. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki masala iqtisodiyotni tezroq barqarorlashtirish va shu jihatdan qishloq xo’jaligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish, mamlakat aholisini qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish, mamlakatni oziq-ovqat bilan to’la ta’minlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat korxonalarini yetarli xomashyoga bo’lgan ehtiyojini to’laqonli qondirish, agrar resurslar salohiyatidan maqsadli foydalanishga erishish orqali davlatimizning iqtisodiy qudratini yanada o’stirish, mamlakat aholisini yashash farovonligini yaxshilash eng muhim masalalardan hisoblangan edi.
    Agrar siyosatning turli mamlakatlarda rivojlanishi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining darajasiga qarab har xil bo’lishini hisobga olish lozim. Qishloq ho’jaligining roli umumiy davlat iqtisodiyoti barqarorligiga kam ta’sir ko’rsatadi, lekin qishloq ho’jaligi mamlakat hayoti uchun, iqtisodiyoti uchun va aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti uchun qishloq ho’jaligi juda kam ulushdagi qismni tashkil etsada, davlat bu tarmoqqa katta ahamiyat beradi, uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi, samarali agrar siyosat olib borishga harakat qiladi. Shu jihatlarni e’tiborga olib, agrar siyosatning rivojlanish tarixini o’rganish va uning asosiy tamoyillarini mukammallashtirish dolzarb hisoblanadi. 2 O’zbekiston iqtisodiyotida agrar siyosatning rivojlanish tarixini shartli ravishda bir necha davrlarga bo’lish mumkin.
    1. 1920 yillargacha bo’lgan davr. Bu davrda qishloq xo’jaligi tarqoq holda rivojlangan. Qishloq xo’jaligi asosan oziq-ovqat muammosini hal qilish va qisman xorijiy bozorlarga muhim tovarlarni ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat qilgan. Yerga asosan ma’lum guruh egalik qilgan va ularning shaxsiy manfaatlari agrar siyosatning mohiyatini tashkil qilgan. Agrar siyosat soliqlar va to’lov vositalari orqali amalga oshirilgan.
    2. 1920-1991 yillar. Mamlakat agrar siyosati asosan paxta yakkahokimligi siyosatiga qaratilgan, yerga egalik davlatning qo’lida, ishlab chiqarish va mulk munosabatlari umumiylikka asoslangan. Agrar siyosat davlat tomonidan, asosan sanoatning manfaatlariga asoslangan holda amalga oshirilgan.
    3. 1991-1997 yillar. Barcha sohalarda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga qishloq xo’jaligida ham amalga oshirilishga harakat qilindi.
    4. 1998 yildan keyingi davr. Bu davr mamlakat hukumatining qishloq xo’jaligiga keskin e’tibor qaratishi bilan boshlandi. Mamlakat qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni keskin chuqurlashtirish borasida qator qonun va me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi bu tarmoqqa e’tiborning kuchayishidan dalolat berdi. Mamlakat qishloq xo’jaligidagi mavjud iqtisodiy tushkunlikni yo’qotish va uni samarali rivojlantirishning qator dasturlari ishlab chiqildi va ular davriy ravishda takomillashtirilib amalga oshirilmoqda. Bu davrdagi agrar siyosatning asosiy xususiyatlariga yerga munosabatning keskin o’zgartirilishi, rivojlangan mamlakatlar tajribalari va mamlakat ichki xususiyatlari e’tiborga olinib amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ishlab chiqarishni fan yutuqlari asosiga qurish, yangi texnologiyalardan foydalanish kabi bir qator xususiyatlar xosdir.



    Download 1,22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Kirish II. Asosiy qism 1-Bob. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari

    Download 1,22 Mb.