|
I. Kirish II. Asosiy qism 1-Bob. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari
|
bet | 1/13 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 1,22 Mb. | | #151139 |
Bog'liq Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari
Mavzu: Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1-Bob. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari.
1.1 Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari
1.2 Agrobiznes va uning turlari
2-Bob. Agrobiznes va agrar siyosatning mohiyati
2.1 Agrobiznes va agrar siyosati
2.2 O’zbekiston Respublikasida agrobiznes rivojlanish holati
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
K I R I SH
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini ko‘paytirishga bo’lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirish maqsadida.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.
Hozirgi davrda mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar mamlakatimizning har bir hududida o’zining ijobiy samarasini berayotgani bejiz emas. Agrar sektorining o’ziga xos xususiyatlari va u bilan bog’liq bo’lgan muammolarni tahlil qilib, keyin e'tibor yer rentasiga qaratiladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalarida ham to’xtalib o’tiladi. Tahlilning oxirida agrobiznes va uning turlari, O’zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari bayon etiladi. Takrorlash va o’zini tekshirib ko’rish uchun asosiy tushunchalar, testlar va masalalar ham berilgan. Bozor munosabatlari iqtisodiyotning hamma jabhalarining, jumladan qishloq xo’jaligini ham o’z ichiga oladi. Bu tizimda agrar munosabatlar alohida o’rin tutadi. Yer bilan bog’lik bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu munosabatlarning obyekti yer bo’lsa, uning subyektlari yer egallari, yerda xo’jalik yurituvchilar, yerga mehnat qiluvchi kishilar hisoblanadi.
Agrar munosabatlar munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi.
|
| |