|
-rasm: Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining ulushi (%da)
|
bet | 4/13 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 1,22 Mb. | | #151139 |
Bog'liq Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari1-rasm: Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining ulushi (%da)
2-rasm. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hududlar bo‘yicha xo‘jalik toifalari kesimida taqsimlanishi, (% da)
2020– yilning yanvar – dekabr oylari yakuniga ko‘ra, ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida (35,1 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Navoiy viloyatida (76,7 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Toshkent viloyatida (14,0 %) qayd etildi.
Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Toshkent viloyatida (17,1 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Sirdaryo viloyatida (59,3 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Xorazm viloyatida (2,1 %) kuzatildi. Dehqonchilik mahsulotlari 2020– yilning yanvar – dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 123,6 trln. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,5 % ni tashkil qildi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7 566,6 ming. t. donli ekinlar (2019– yilning yanvar – dekabriga nisbatan 1,7 % ga ko‘p) yetishtirildi. Jami don yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili, jami don yetishtirish umumiy hajmidan 82,0 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.
3-rasm O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi (ulushi), foiz hisobida
Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o’zgarishlardan biridir. Agrobiznes – bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi birgalikda ishlatib, iste‘molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi.
Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin.
Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm: Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining ulushi (%da)
|