-Bob. O’zbekiston iqtisodiyoti xo’jalik yurutuvchi subyektlarning faoliyatidan olinadigan foydani maksimallashtirish chora –tadbirlari




Download 308,5 Kb.
bet6/7
Sana13.05.2024
Hajmi308,5 Kb.
#229015
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
01Foydaning iqtisodiy mazmuni, uning turlari va unga

2-Bob. O’zbekiston iqtisodiyoti xo’jalik yurutuvchi subyektlarning faoliyatidan olinadigan foydani maksimallashtirish chora –tadbirlari


2.1 iqtisodiyoti xo’jaliklaridan olinadigan foyda
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni (keyingi matnlarda — Qonun) bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida vujudga kelayotgan mazmunan yangi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda hamda shartnoma intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, shartnomalar tuzish tajribasiga yetarlicha ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, turli xil ta’minotchi, tayyorlovchi monopol korxona va tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarda ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda ushbu Qonunning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Xo‘jalik sudlari faoliyatida ko‘p uchraydigan shartnomaviy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarning qonuniy hal etilishini ta’minlashda mazkur Qonun asosiy huquqiy manbalardan biri sifatida xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ushbu Qonunni xo‘jalik sudlarining amaliyotida qo‘llashda ayrim muammolar ham uchramoqda.
Qonunning sud amaliyotida bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
(kirish qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
1. Qonunni qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, tegishli qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga rioya qilishlari lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
2. Sudlar shartnoma tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda Qonunning 10 — 15-moddalari, Fuqarolik kodeksining 364—385-moddalariga muvofiq, shartnoma tuzish haqidagi tarafning taklifi (oferta)ga javob to‘liq va pisandasiz bo‘lgandagina aksept hisoblanishiga e’tibor berishlari kerak. Agarda ikkinchi taraf ofertani ba’zi bir e’tirozlar bilan yoki qisman qabul qilsa, u holda bu aksept bo‘lmaydi va qarshi taklif bildirilgan deb hisoblanadi.
Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda uni olgan shaxsning ko‘rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo‘natishi, xizmat ko‘rsatishi, ishlarni bajarishi, muayyan summani to‘lashi va hokazolar), agarda qonun va ofertada boshqacha tartib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi. Agar shartnoma tuzish haqidagi taklifni olgan shaxs belgilangan muddat davomida shartnomada nazarda tutilgan shartlarni qisman bajargan (tovarlarni qisman jo‘natgan, pul summasini qisman to‘lagan) bo‘lsa, uning harakati aksept deb baholanadi. Bunday holatlarda sudlar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, xo‘jalik shartnomasini tuzilgan deb hisoblab, unga tegishli baho berishlari lozim.
3. Qonunning 11-moddasi va Fuqarolik kodeksining 108-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik shartnomalari yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik (og‘zaki kelishuv) uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi (qonunda ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). Biroq, sudlar shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik oqibatida nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum etsa-da, yozma va boshqa dalillar bilan tasdiqlash huquqini saqlab qolishiga e’tibor bermoqlari lozim.
(3-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Sudlar shartnomaning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillar (yuk xati, tovar-transport hujjati, ishonchnoma, dalolatnoma va hokazolar)ga har tomonlama baho berib, shartnomaning yozma shakliga rioya qilinmasdan (og‘zaki kelishuv asosida) bajarilgan majburiyatlar bo‘yicha kelib chiqqan nizolarni Qonunda belgilangan tartibda hal etmoqlari kerak.
Bunda sudlar FKning 363-moddasi talablaridan kelib chiqib, shartnomani tuzishga xizmat qilgan barcha holatlar, jumladan, shartnoma tuzish oldidan olib borilgan munozaralar, yozishmalar, o‘zaro munosabatlarda shakllangan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning o‘zlarini tutishlarini o‘rganishlari va baho berishlari lozim.
4. Shartnoma tuzilib, amalda bo‘lish davrida unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga faqat taraflarning roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi, shartnomaga bir tomonlama o‘zgartirish kiritilishi mumkin emas (qonun hujjatlarida yoki shartnomada ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno).
Sudlar shartnoma tuzish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rayotganda XPKning 141-moddasiga muvofiq shartnoma tuzish yoki uni o‘zgartirish vaqtida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti bo‘yicha qabul qilingan qaror ko‘rsatilishi, shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi nizo bo‘yicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishga majburligi holati aniq ifodalanishi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
XULOSA
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq etishda, aholinig ijtimoiy turmush tarzini yanada ko‘tarishda, qolaversa xalqning farovon hayoti uchun bevosita o‘z ta‘sirini ma‘lum bir ma‘noda o‘tkazishda, siyosiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi omil sifatida hayotiy siklda bevosita ishtirok etuvchi korxona-tashkilotlarning o‘rni bozor munosabatlari davrida muhim ahamiyatni kasb etadi. Bu omillarning rivojlantirishda va hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirib, sog‘lom raqobat muhitida o‘z mavqega ega bo‘lishda, davr talabiga monand ilmiy tixnik va ma‘naviy yangiliklarning o‘z vaqtida amaliyotda tadbiq qila oladigan kadrlarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qator me‘yoriy qonun hujjatlari qabul qilingan. Shulardan, ―Mehnat kodeksi‖, ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi, ―Aholini ish bilan ta‘minlash to‘g‘risida‖gi qonunlari, ―Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadr malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida‖gi Prezident Farmoni kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Zamonaviy korxonalar faoliyatini samarali ta‘minlashda mehnat qurollari va predmetlaridan inson resurslari – kadrlar muhim ahamiyatga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradi hamda samarali boshqaruv jarayonini ta‘minlaydi. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxona va tashkilotning, iqtisodiy, moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun, turmushi barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda jiddiy xavf–xatar ham tug‘diradi, amalda har bir kishining hayotiga ma‘lum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda kadrlarni boshqarish alohida ahamiyatga ega, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashish, tashkilotdagi samarali boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish masalalarining butun majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ma‘naviyat va qadriyatlarning ustuvorligiga butunlay yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi. 3. O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish kadrlarni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya‘ni xodimlar bilan ta‘minlash, ularning samarali ishlashi, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishni shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra korxona va tashkilotlarda samarali boshqarish tizimi shakllantiriladi. 4. Ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalrni tashkil etish va uni samarali boshqarishda turli xil motivatsion usullarini ko‘proq joriy etish orqali kadrlar tizimini rivojlantirish hamda ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini oshiradi.

Download 308,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 308,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Bob. O’zbekiston iqtisodiyoti xo’jalik yurutuvchi subyektlarning faoliyatidan olinadigan foydani maksimallashtirish chora –tadbirlari

Download 308,5 Kb.