|
Amaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari
|
bet | 65/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиAmaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari:
Shaxsiy kompyuter apparat jihozlari va ularning joylashuv o‘rni bilan tanishish, funksiyalarini o‘rganish. BIOS, DXQ (ПЗУ), TXQ (ОЗУ) haqida ma’lumotga ega bo‘lish. Kompyuter qurilmalarining xarakteristik belgilarini amaliy jihatdan o‘rganish, tahlil qilish.
Shaxsiy kompyuter apparat jihozlariga nisbatan texnik xizmat ko‘rsatish. Shaxsiy kompyuterni yig‘ish: uning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini ulash. Tizimli blokni yig‘ish. Tizimli plata va unga joylashtiriladigan qurilmalar (RAM, CPU, Cooler, qo‘shimcha audio va video xaritalar, …) bilan tanishish. HDD, CD-ROM, Power System, USB-port kabi qurilmalarni tizimli blokdagi maxsus joyiga o‘rnatish. Ba’zi qurilmalarni qo‘shimcha o‘rnatish yoki almashtirish.
Shaxsiy kompyuter apparat jihozlariga nisbatan dasturiy xizmat ko‘rsatish. Tizimli dasturlarni o‘rnatish. Registrni tozalash dasturi bilan ishlash. Diskni tozalash va defragmentatsiya qilish. Formatlash usullari. Texnik nazorat va tashxis dasturlari.
Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
Kompyuterning qismlarini (klaviatura, sichqoncha, tizimli blok elementlari) ajratish va yig‘ish, unga qo‘shimcha qurilmalar (SoundCard, VideoCard, Modem, Printer, …)ni ulash.
Kompyuter sistemasini SETUP dasturi vositasida sozlash, konfiguratsiyasini o‘zgartirish. Tizim vaqtini (soat) o‘zgartirish.
OTni boshlang‘ich yuklash tartibini o‘zgartirish. BIOS parametrlari bilan tanishish. Kompyuter qurilmalarining ishlash holatini tekshirish va boshqarish. DirectX dasturidan foydalanish.
Kompyuter xotira qurilmalari, axborot tashuvchi qurilmalariga xizmat ko‘rsatish. Registrni tozlash dasturlari. Qattiq diskni ortiqcha fayllardan tozalash, degragmentatsiya qilish, formatlash, mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish va yig‘ish, viruslardan tozalash.
Kompyuter tarmog‘ini tashkil etish va boshqarish. Kompyuterlar o‘rtasida tarmoq hosil qilishning turli usullaridan foydalanish. Mijoz-server texnologiyasi bilan tanishish. Administratsiya hosil qilish.
|
| |