|
I ma’ruza mavzulari
|
bet | 68/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиRo‘yxatga olindi:
|
|
|
“Tasdiqlayman”
|
|
|
№ __________________
2017-yil _____________
|
|
O‘quv ishlari prorektori ______________________
“____” _________ 2017-yil
|
KOMPYUTERGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000
|
– Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000
|
– Pedagogika
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5110700
|
– Informatika o‘qitish metodikasi
|
I va III semestrlar uchun
Mashg‘ulot turi
|
Semestr
|
Jami
|
1
|
3
|
Ma’ruza:
|
30
|
10
|
40 soat
|
Amaliy mashg‘ulot:
|
10
|
4
|
14 soat
|
Laboratoriya mashg‘uloti:
|
20
|
6
|
26 soat
|
Mustaqil ish:
|
26
|
12
|
38 soat
|
Jami:
|
86
|
32
|
118 soat
|
Qarshi – 2017
Fanning ishchi o‘quv dasturi Qarshi DU O‘quv-uslubiy Kengashining ____-yil _______ dagi ____-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish” fanining o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
|
|
katta o‘qituvchi A. Norov
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
|
dots: Q. Karimov
|
|
|
o‘qituvchi I. Razzoqov
|
Fanning ishchi o‘quv dasturi Amaliy matematika va informatika kafedrasining 2017-yil _______ dagi ____-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: Q. Karimov
Fanning ishchi o‘quv dasturi Fizika-matematika fakulteti uslubiy komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va tavsiya etilgan.
UK raisi: Z. Yangiboyev
Fanning ishchi o‘quv dasturi Fizika-matematika fakulteti ilmiy kengashining 2017-yil _____dagi №___-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.
Fakultet dekani: A. Tashatov
“Kelishildi”
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: N. Xolmirzayev
Kirish
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi: 5110700 – “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlari va unga qo‘yiladigan talablar asosida tuzilgan bo‘lib, bo‘lajak fan o‘qituvchisi egallashi kerak bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi.
Fanning maqsad va vazifalari
“Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish” fanining asosiy maqsadi – talabalarda shaxsiy kompyuter va lokal hamda global tarmoqlarga texnik xizmat ko‘rsatishning nazariy asoslarini o‘rganish hamda amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarini shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, kompyuterning apparat vositalari, ya’ni asosiy va pereferiya qurilmalariga, tarmoq vositalariga; dasturiy ta’minotiga nisbatan sozlash, ta’mirlash, profilaktika qilish, servis hamda tashxis qo‘yish kabi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berish mazkur fanning asosiy vazifalarini belgilaydi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
“Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- kompyuter arxitekturasi va ishlash prinsiplari, mikroprotsessorlar va ularning turlari, xotira qurilmalari va registrlar, tizimli plata va unga ulanuvchi qurilmalar, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi (BIOS), mashinaga mо‘ljallangan dasturlash tili, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti va ularning turlari, operatsion tizimlar va servis dasturlarga oid bilimga;
- kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari, multimedia vositalari, kompyuterning tizimli va amaliy dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, servis daturlar va amaliy dasturlar bilan ishlash ko‘nikmasiga;
- kompyuterning texnik vositalarni yig‘ish va ularni almashtirish, asosiy va qo‘shimcha qurilmalarni ishlata olish, tashqi qurilmalarni boshqarish, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minotlari, operatsion tizim hamda servis dasturlar bilan ishlash malakasiga ega bо‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi,
uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
“Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish” kursi I va III semestrlarda o‘qitiladi. Fan mashg‘ulotlari mazmuni “Informatika”, “Axborot tizimlari”, “Kompyuterlar ta’minoti”, “Tarmoq texnologiyalari”, “Kompyuter grafikasi” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Fanning ta’limdagi o‘rni
“Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish” fanidan olingan bilim, ko‘nikma va malakalar yoshlarga bilim berishda va mutaxassis tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
|
| |