|
I ma’ruza mavzulari
|
bet | 76/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университети2. B/B/B JADVALI
Mashg‘ulotga B/B/B-jadvali tatbiq etilganda u ikki marta, ya’ni dars boshida va dars oxirida tarqatiladi. Bundan maqsad, talabalar ayni vaqtda bugungi mavzudan qay darajada xabardor va ular ko‘proq nimani bilishni istaydi, ularga mavzuni qanaqa saviyada tushuntirish kerakligini aniqlab olish.
Dars boshida:
(Berilgan tayanch tushunchalar asosida to‘ldiriladi)
Izoh: Bu jadvaldagi:
1-ustunda: auditoriyadagi ta’lim oluvchilarning jurnal bo‘yicha tartib raqamlari qo‘yiladi.
2-ustunda: ta’lim beruvchi tomonidan e’lon qilingan tayanch tushunchalarning nomerlari qo‘yiladi, masalan, ta’lim beruvchi 10 ta tayanch tushuncha yozgan bo‘lsa, ta’lim oluvchi “Bilaman” nomli ushbu katakka 1, 3, 4, 6, 8 kabi satr bo‘ylab vergul bilan ajratilgan raqamlarni yozadi. Bu uning ko‘rsatilgan nomerdagi tayanch tushuncha haqida xabari borligini bildiradi.
3-ustunda: ta’lim beruvchi tomonidan e’lon qilingan tayanch tushunchalarning nomerlari qo‘yiladi, masalan, ta’lim beruvchi 10 ta tayanch tushuncha yozgan bo‘lsa, ta’lim oluvchi “Bilishni istayman” nomli ushbu katakka 2, 5, 7, 9, 10 kabi satr bo‘ylab vergul bilan ajratilgan raqamlarni yozadi. Bu uning ko‘rsatilgan nomerdagi tayanch tushuncha haqida ma’lumoti yo‘qligi va bilishni istayotganligini bildiradi.
4-ustunda: ta’lim oluvchi joriy mavzu bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lib, e’lon qilingan tayanch tushunchalardan tashqari qo‘shimcha tushunchalar haqida bilmoqchi bo‘lsa, bu tushunchalarni u so‘z bilan yozadi.
Dars oxirida:
(Mustahkamlashga oid berilgan savollar asosida to‘ldiriladi)
|
| |