• To‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoali aqliy hujum
  • Aqliy hujumni tashkil etish qoidalari
  • I ma’ruza mavzulari




    Download 182,05 Kb.
    bet79/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    5. AQLIY HUJUM METODI


    Aqliy hujum (brain storming – miyalar bo‘roni)– amaliy yoki ilmiy muammolarni hal etish, fikrlarni jamoali generatsiya qilish usuli bo‘lib, bunda ishtirokchilar murakkab muammoni birgalikda hal etishga intilishadi, ya’ni bu muammoni hal etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi (generatsiya qiladi), bu fikrlar tanqid qilinmasdan ular orasidan eng muvofig‘i, samaralisi, maqbuli va shu kabilari tanlab olinib, muhokama qilinadi, rivojlantiriladi, ushbu fikrlarni asoslash va rad etish imkoniyatlari baholanadi.
    Aqliy hujumning asosiy vazifasi – o‘quv faoliyatini faollashtirish, muammoni mustaqil tushunish va hal etishga motivlashtirishni rivojlantirish, muloqot madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
    Aqliy hujumning ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ular asosan quyidagilar:


    • To‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoali aqliy hujum – iloji boricha ko‘proq fikrlar yig‘ilishini ta’minlaydi. Butun o‘quv guruhi (25 tadan ortiq bo‘lmagan) bitta muammoni hal etadi.


    • Ommaviy aqliy hujum – mikroguruhlarga bo‘lingan kata auditoriyada (60 kishigacha) fikrlar generatsiyasi samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi.
    • Har bir guruh ichida umumiy muammoning bir jihati hal etiladi.




    Aqliy hujumni tashkil etish qoidalari:
    • Hech qanday o‘zaro baholash va tanqidga yo‘l qo‘yilmaydi.


    • Taklif etilayotgan fikrlarni, garchi ular g‘aroyib bo‘lsa-da, baholashga shoshilma!


    • Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli.


    • So‘zlovchini to‘xtatma! Tanbeh berma! Maqsad bu miqdor!


    • Fikrlar qanchalik ko‘p bildirilsa, shuncha yaxshi: yangi va qadrli fikr paydo bo‘lish ehtimoli ortadi.


    • Agar fikrlar qaytarilsa ham xafa bo‘lma.


    • Tasavvuringga erk ber!


    • Paydo bo‘layotgan fikrlardan o‘zingni to‘xtatma, garchi ular qabul qilingan chizmalarga seningcha mos kelmasa ham!


    • Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb o‘ylama!





    Download 182,05 Kb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




    Download 182,05 Kb.