|
FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN
|
bet | 75/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиFANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN
INTERFAOL TA’LIM METODLARI BO‘YICHA
TARQATMA MATERIALLAR
1. “KEYS-STADI” METODI
“Keys-stadi” – inglizcha so‘z bo‘lib, case – aniq vaziyat, hodisa, stadi – o‘rganmoq, tahlil qilmoq aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod11 hisoblanadi.
Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
Kim (Who);
Qachon (When);
Qayerda (Where);
Nima uchun (Why);
Qanday/Qanaqa (How);
Nima/natija (What).
“Keys metodi”ni amalga oshirish bosqichlari
Ish
bosqichlari
|
Faoliyat shakli
va mazmuni
|
1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish.
|
yakka tartibdagi audio-vizual ish;
keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);
axborotni umumlashtirish;
axborot tahlili;
muammolarni aniqlash.
|
2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o‘quv topshirig‘ni belgilash.
|
individual va guruhda ishlash;
muammolarni dolzarblik iyerarxiyasini aniqlash;
asosiy muammoli vaziyatni belgilash.
|
3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining yechimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish.
|
individual va guruhda ishlash;
muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish;
har bir yechimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;
muqobil yechimlarni tanlash.
|
4-bosqich: Keys yechimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.
|
yakka va guruhda ishlash;
muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy aspektlarini yoritish.
|
|
| |