TALABALAR BILIMINI BAHOLAShDA UMUMIY QOIDALAR




Download 392,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana17.05.2024
Hajmi392,06 Kb.
#239807
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
I. O„quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta\'limdagi o„rni «O

 TALABALAR BILIMINI BAHOLAShDA UMUMIY QOIDALAR 
1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 
2. Yakuniy nazorat, fakultet dekani tomonidan ishlab chiqilgan (o‗quv 
ishlari bo‗yicha prorektor tasdiqlagan) Yakuniy nazorat turlarini o‗tkazish 
jadvaliga muvofiq o‗tkaziladi. 
3. Yakuniy nazorat turini o‗tkazish va mazkur nazorat turi bo‗yicha 
talabaning bilimini baholash o‗quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-
o‗qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo‗yicha o‗quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-
o‗qituvchi yakuniy nazorat turini o‗tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
4. Agar ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‗limi tomonidan nazorat turlarini 
o‗tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‗tkazilgan nazorat turlarining 
natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‗tkazilishi mumkin. 


13 
5. Talaba tegishli fan bo‗yicha yakuniy nazorat turi o‗tkaziladigan 
muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‗lishlari shart.
6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi 
bo‗yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga 
kiritilmaydi. 
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu 
nazorat turi bo‗yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik 
qarzdor hisoblanadi. 
7. Talaba uzrli sabablarga ko‗ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga 
kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga 
fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 
8. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta 
topshirishdan o‗ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya 
tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‗yicha professor-o‗qituvchi va soha 
mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‗tkazish va talabani 
baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9. Berilgan muddat davomida mavjud bo‗lgan qarzdorlikni topshira 
olmagan talaba bo‗yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta‘lim muassasasi 
rektorini (boshlig‘ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor 
(boshliq, filial direktori) buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.
10. Talaba baholash natijasidan norozi bo‗lgan taqdirda, baholash natijasi 
e‘lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. 
Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil 
etiladigan Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‗rib chiqiladi. 
Talabaning apellyatsiyasini ko‗rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. 
Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko‗rib chiqib, uning natijasi 
bo‗yicha ushbu semestrda fanni o‗zlashtirgani yoki o‗zlashtira olmagani 
ko‗rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini 
ta‘minlaydi. 
11. Nazorat turi bo‗yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» 
(yaxshi) yoxud «5» (a‘lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta 
topshirishga yo‗l qo‗yilmaydi

Download 392,06 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 392,06 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TALABALAR BILIMINI BAHOLAShDA UMUMIY QOIDALAR

Download 392,06 Kb.
Pdf ko'rish