|
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish
|
bet | 13/20 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 274,4 Kb. | | #138811 |
Bog'liq IAKTT fanidan Mustаqil ishtijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish;
tijorat banklarini transformatsiya qilish, shuningdek, ulardagi davlat aksiyalari paketini xususiylashtirishga doir masalalarda xalqaro moliya institutlari va salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish.
Belgilansinki, Loyiha ofisiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi 2024 yildan kechiktirmay Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholashni o‘tkazish choralarni ko‘rsin.
7. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning, shu jumladan, kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashish taqiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning banklar faoliyatiga davlat organlarining ma’muriy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik qismi ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha kengash tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish orqali uni institutsional jihatdan mustahkamlash choralarini ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4300-son qaroriga 1-ilovaning 1–3-pozitsiyalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B.Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish
|