• 2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
  • 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin
  • Iaktt fanidan Mustaqil ta’lim ishi




    Download 274,4 Kb.
    bet12/20
    Sana16.01.2024
    Hajmi274,4 Kb.
    #138811
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
    Bog'liq
    IAKTT fanidan Mustаqil ish

    2. Quyidagilar:

    2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;

    O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    3. 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq belgilansin:

    bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshirish;

    banklar majburiyatlarining umumiy hajmida xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;

    2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;

    umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yilga kelib 4 foizgacha oshirish.

    4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:

    xalqaro moliya institutlari ko‘magida “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish;

    bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolish;

    ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni konsolidatsiyalash.

    5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan shtatlar soni doirasida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha loyiha ofisi (keyingi o‘rinlarda – Loyiha ofisi) tashkil etilsin hamda unga quyidagi huquqlar berilsin:


    Download 274,4 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




    Download 274,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iaktt fanidan Mustaqil ta’lim ishi

    Download 274,4 Kb.