• - Jahon banki bilan hamkorlikda moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq yo‘nalishlari va chora-tadbirlarini belgilovchi
  • - mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida moliyaviy vositachilik ekotizimini rivojlantirish hisobiga ta’minlanadi.
  • - xususiylashtirilayotgan banklarda davlat ishtiroki va aralashuvidan to‘liq voz kechish;
  • - xalqaro standartlar va ilg‘or tajribani qo‘llagan holda banklarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish




    Download 274,4 Kb.
    bet8/20
    Sana16.01.2024
    Hajmi274,4 Kb.
    #138811
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    IAKTT fanidan Mustаqil ish

    - xalqaro standartlar va ilg‘or tajribani qo‘llagan holda banklarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish;

    - kreditlashning mo‘tadil darajada o‘sishini ta’minlash va kredit portfeli sifatini yaxshilash;

    - bank nazoratini va banklarda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarini rivojlantirish, shu jumladan riskka asoslangan nazorat tizimini tatbiq etish ishlari amalga oshiriladi.

    Bank xizmatlari ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmaydigan (past daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) qatlamning bazaviy bank xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirishni nazarda tutadi. Moliyaviy ommaboplik:
    - Jahon banki bilan hamkorlikda moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq yo‘nalishlari va chora-tadbirlarini belgilovchi

    Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

    - davlat ishtirokini aholi va kichik biznes sub’ektlarining yetarlicha xizmat ko‘rsatilmaydigan va zaif qatlamlariga yo‘naltirish;

    - mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida moliyaviy vositachilik ekotizimini rivojlantirish hisobiga ta’minlanadi.

    Bank tizimida davlat ulushini qisqartirish tizimni tubdan isloh qilishning eng muhim komponentidir. Ushbu maqsadda:
    - shaffof tanlov asosida banklardagi davlat ulushini nufuzli xorijiy investorlarga sotish;

    - xususiylashtirilayotgan banklarda davlat ishtiroki va aralashuvidan to‘liq voz kechish;

    - bank tizimini tranformatsiya qilish va xususiylashtirish davrida hosil bo‘ladigan iqtisodiy bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida davlat ishtirokini uchta bankda saqlab turish nazarda tutilmoqda.

    Strategiya doirasida banklarning biznes modellarini o‘zgartirish orqali faoliyatlarini tijoratlashtirish va mijozga yo‘naltirilganligini oshirish, ularning korporativ boshqaruv va risk-menejment tizimlarini takomillashtirish, xizmatlar sifatini va ko‘lamini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va sohaga ixtisoslashgan konsultantlarni jalb etgan holda davlat ishtirokidagi barcha banklar faoliyati transformatsiya qilinadi.

    Bank tizimini isloh qilish davrida barcha aholi qatlamlarining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirish maqsadida davlat ishtiroki uchta bankda – Milliy bank, Agrobank va Mikrokreditbankda saqlab qolinadi.

    Milliy bank faoliyati ustuvor ravishda strategik korxonalar va investitsion loyihalarga bozor shartlarida xizmat ko‘rsatuvchi, shuningdek keng qamrovli bank mahsulotlarini taqdim etuvchi tizimli ahamiyatga molik bank sifatida belgilandi.

    Agrobank va Mikrokreditbank filiallari tarmog‘ining hududiy qamrovini inobatga olgan holda, ularning faoliyati aholi, kichik biznes sub’ektlari hamda qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan kredit orqali qo‘llab-quvvatlashga, hududlarda, shu jumladan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish orqali barcha hududlarda bank xizmatlari ommabopligini oshirishga yo‘naltiriladi.

    Ipoteka-bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Aloqabank, Qishloq qurilish bank va Turonbankdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda banklar faoliyatini xalqaro moliya institutlari ko‘magida transformatsiya qilish, ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini strategik investorlarga sotish nazarda tutilgan.


    Download 274,4 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 274,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - xalqaro standartlar va ilg‘or tajribani qo‘llagan holda banklarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish

    Download 274,4 Kb.