|
Birinchidan, bank tizimida davlat ulushining qisqartirilishi bank tizimini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi
|
bet | 7/20 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 274,4 Kb. | | #138811 |
Bog'liq IAKTT fanidan Mustаqil ishBirinchidan, bank tizimida davlat ulushining qisqartirilishi bank tizimini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.
Ikkinchidan, davlat ishtirokidagi banklarni xususiylashtirish jarayoni ilg‘or texnologik yechimlar va bank ishining ilg‘or tajribasi, shuningdek yetarli moliyaviy imkoniyatlarga ega nufuzli va sifatli aksiyadorlarga yo‘l ochishi lozim.
Uchinchidan, islohotlar muvaffaqiyatining asosiy shartlaridan biri bu – banklarni qisman emas to‘liq xususiylashtirishdir.
To‘rtinchidan, davlat ishtirokidagi banklar va real sektor korxonalarini parallel ravishda isloh qilish iqtisodiy islohotlarning samaradorligida muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga davlat ishtirokidagi korxonalarni restrukturizatsiya qilish va xususiylashtirish ularning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirib, banklar faoliyatiga davlat aralashuvini keskin qisqartiradi.
Beshinchidan, islohotlar davrida davlat ishtirokidagi korxonalarning kreditlashga bo‘lgan talabini cheklab qo‘ymaslik hamda moliyaviy ommaboplikni ta’minlash uchun ayrim banklarda davlat ulushini saqlab turish maqsadga muvofiq.
Strategiya doirasida keyingi besh yillikda bank-moliya tizimini isloh qilish va rivojlantirishning to‘rtta ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Jumladan:
Bank tizimining samaradorligini oshirish banklarni iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sirini kuchaytiradi. Bunda:
- bank tizimiga zamonaviy yechimlarni joriy qilishga, moliyaviy va inson resurslari samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan moliyaviy barqaror va nufuzli investorlarni jalb qilish;
- imtiyozli va subsidiyalashgan kreditlarni qisqartirish, kreditlashni pul-kredit siyosati signallari asosida faqat bozor shartlarida amalga oshirishga o‘tish;
- kredit resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida banklarning davlat mablag‘lariga bo‘lgan qaramligini pasaytirish;
- banklarning samarali infratuzilmasini yaratish, bank faoliyatida zamonaviy texnologik yechimlarni keng joriy etish nazarda tutiladi.
Banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish rejalashtirilgan islohotlar muvaffaqiyatining hamda bank tizimiga ishonchni saqlab turishning asosiy omili hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda xususan:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Birinchidan, bank tizimida davlat ulushining qisqartirilishi bank tizimini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi
|