|
muassasalarining tegishli turi turli moliyaviy xizmatlarni taqdim. Tijorat banki - kredit va bank tizimining, bir element
|
bet | 6/20 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 274,4 Kb. | | #138811 |
Bog'liq IAKTT fanidan Mustаqil ishmuassasalarining tegishli turi turli moliyaviy xizmatlarni taqdim. Tijorat banki - kredit va bank tizimining, bir element:
ba'zan boshqa banklar shaxslar, tashkilotlar, byudjet tuzilishi, kredit beradi;
kredit qayta moliyaviy;
Bu, masalan, bir necha shaxslar va soliqlar va to'lovlar sifatida byudjet tizimida sanab boshqa yuridik shaxslarning to'lov sifatida turli operatsiyalarni amalga oshiradi;
Bu omonat joylashtirish uchun imkon beradi;
turli aktivlarga investitsiyalar targ'ib.
2020 yil 12 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Mazkur Strategiya Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakat bank tizimining joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi hamda moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.
Strategiyada bank tizimida hozirgi kunda saqlanib qolayotgan muammo va dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan:
bank tizimida davlatning yuqori darajadagi ishtiroki natijasida moliyaviy va inson resurslaridan samarasiz foydalanilayotganligi, ularda korporativ boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sohalar va davlat ulushiga ega korxonalarga bozor stavkalaridan kam bo‘lgan stavkalarda kreditlar ajratuvchi an’anaviy “taraqqiyot banklari” vazifasini bajarishi;
kreditlashning yuqori sur’atlarda o‘sib borayotganligi va buning natijasida banklarning barqarorlik darajasini ifodalovchi likvidlilik va kapital yetarlilik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etayotganligi;
imtiyozli kreditlar ulushining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi natijasida moliya bozorida narx signallarining noto‘g‘ri shakllanishi, shuningdek pul-kredit siyosatining transmission mexanizmlarining ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi;
yuqori darajadagi dollarlashuv, shuningdek kredit va depozitlarning yirik korxonalar va iqtisodiyotning alohida sohalarida jamlanganligi (konsentratsiyasi) natijasida bank tizimining valyuta, kredit va likvidlilik xatarlariga bardoshliligining zaifligi;
davlat ishtirokidagi banklar biznes-modellarining asosan korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlarining roli sustligi, shuningdek innovatsiyalar va axborot tizimlarining yaxshi rivojlanmaganligi sababli moliyaviy ommaboplik darajasining pastligi tizimda tub islohotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Mazkur Strategiyani ishlab chiqish jarayonidagi Jahon banki bilan hamkorlik, xususan, islohotlar jarayonidagi asosiy tavakkalchiliklar va ularni minimallashtirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish maqsadida boshqa davlatlarda amalga oshirilgan bank tizimidagi islohotlarning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganishga qatarildi va natijada muhim xulosalar shakllantirildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
muassasalarining tegishli turi turli moliyaviy xizmatlarni taqdim. Tijorat banki - kredit va bank tizimining, bir element
|