|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
|
bet | 14/20 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 274,4 Kb. | | #138811 |
Bog'liq IAKTT fanidan Mustаqil ishO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev . Shuningdek, so'nggi 20 yil ichida texnologiya butun dunyoda bank sohasiga ham
tasavvur qilib bo'lmaydigan darajada o'zgarishlarni olib kirdi. Internet va mobil aloqa
butun dunyodagi odamlar va tashkilotlarni bog'laydigan eng chekka burchaklarga etib
keldi. Bu esa mijozlarning uzoq navbatlardagi kutishlarini va tashkilotlarning ishlash
prinsiplarini o'zgartirdi. Mobil aloqa va tegishli infratuzilmalar yordamida esa fintech2
texnologiyasi(moliyaviy texnologiyalar) bank sektoriga kirib, xaridorlarga qulay
bo'lgan turli xil mahsulotlarni ishga tushirdi.
Ohirgi yillarda dunyo hamjamiyatida kuzatilgan pandemiya bozor iqtisodiyotida
pul oldi-berdi operatsiyalarining keskin o’zgarishiga turtki bo’ldi. Bunda banklar o'z
mijozlarini saqlab qolish va zarar ko’rmasliklari uchun mijozlarga xizmat ko’rsatish
jarayonini raqamlashtirishni taqazo qildi. Bu raqamli bankning boshlanishi bo'lgan
avtomatlashtirilgan bankomatlarga bo’lgan talabni oshishiga olib keldi. Keyingi
bosqich mijozlarning uzoq navbatdalarda kutish jarayonini isloh qilishni talab qila
boshladi. Bu banklarni yaxshiroq innovatsiyalar, mahsulotlar va xizmat turlari bilan
chiqishga undadi. Bugungi kunda, mijozlar bank xodimlarini jalb qilmasdan, o'z
xohishlariga ko'ra, har qanday vaqtda bank muassasalari xizmatlaridan foydalana oladi.
Raqamli bank bilan barcha yozuvlar raqamli shaklda saqlanadi, ma'lumotlar analitik
usullarni qo'llash orqali foydali ma'lumotlarga talqin qilinadi, mijozlar bilan yaxshi
aloqa o'rnatiladi va mijozlar bilan o'zaro ta'sir o'tkazish natijasida ko'proq biznes paydo
bo'ladi. Bularning barchasi ish samaradorligini oshirish va bankning daromadini
yaxshilashga olib keladi. O’zbekistonda naqd pulsiz iqtisodiyot haqidagi tasavvurni
|
| |