|
- umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarining ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 4 foizgacha oshirish
|
bet | 10/20 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 274,4 Kb. | | #138811 |
Bog'liq IAKTT fanidan Mustаqil ish- umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarining ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 4 foizgacha oshirish;
- banklar depozitlarining majburiyatlariga nisbatini joriy 41 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 50 foizga oshirish;
- banklarning xorijiy valyutadagi majburiyatlarining jami majburiyatlardagi ulushini joriy 58 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 40 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.
Mamlakat bank-moliya sektori rivojlanish darajasi va barqarorligini baholash maqsadida 2024 yilning yakuniga qadar Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholash nazarda tutilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim.
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF–5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, xususiy sektor rivojini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligini va ularning sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
- umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarining ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 4 foizgacha oshirish
|