|
Ibob. Davlat ramzlarining nazariy asoslari
|
bet | 6/14 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 49,24 Kb. | | #259694 |
Bog'liq Davlat ramzlari. Oʻzbekiston Davlat Madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan va Oliy kengashning 768-On ikkinchi sonli qonuniga muofiq tasdiqlangan hisoblanadi. Madhiya Xalq shoiri Abdulla Oripov sheri va Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan. Madhiya oʻn olti qator va ikki naqorotdan iborat hisoblanadi
“O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Madhiya – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy harakterdagi she’rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma’nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi. Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi. O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa’nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsoli. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda u qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi 12 yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish.
|
| |