|
Davlat ramzlarining milliy o‘zlikni tarbiyalashdagi ahamiyati
|
bet | 9/14 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 49,24 Kb. | | #259694 |
Bog'liq Davlat ramzlari.2.2 Davlat ramzlarining milliy o‘zlikni tarbiyalashdagi ahamiyati
O’zbekiston jannatmonand o’lka ekanining haqiqiy manzarasi tamg’ada o’z ifodasini topgan. Asrlar davomida “oq oltin”, deb ulug’langan g’o’za chanoqlari ochilgan tasvir o’ng tomondan boshlanib, chap tomonda rizq-ro’zimiz bo’lmish bug’doy boshoqlari, tog’u daryolari bor gullagan vodiy uzra nur sochgan quyosh tasviri tushirilgan tamg’a izoh talab etmasligi ayni haqiqatdir. Bir e’tibor bering-a, yuqori qismidagi sakkizburchak ichida yarimoy va yulduz azaliy xalqning istiqbolini aks ettirgan bo’lsa, buning mantiqiy davomi sifatida gerbning markazida qanotlarini yozgan qadimiy Humo qushi baxt va erksevarlikni namoyon etgan5. Bayrog’imizni ifoda etuvchi chambar lenta gerbning pastki qismida “O’zbekiston” degan yozuvga hamohang yana milliy g’ururimizni orttiradi. “O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida”gi qonunda gerbning qanday ko’rinishga egaligi, hatto ranglarigacha yaqqol ifodalab berilgan. Unga muvofiq, mamlakatimiz fuqarolari, O’zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxslar davlatimiz gerbini hurmat qilishi shart. Davlat gerbi tasviri mamlakatimizdagi barcha davlat tashkilotlari binolari peshtoqiga o’rnatilgan. Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qog’oz va tanga pullarda, qimmatli qog’ozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boshqa hujjatlardan joy olgan. Bu esa gerbning Vatanimiz sha’ni, xalqimiz g’ururini yorqin aks ettirishining huquqiy kafolati, xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassam etgan tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug’ kelajagimizga bo’lgan ishonchimiz ifodasidir.
Zero, inson manfaatlari har narsadan ustun bo’lgan yurt fuqarolarida ham huquqiy madaniyat, ham yuksak ma’naviy qadriyat bo’lishi shartdir. Ana shu ikki jihat aholi, ayniqsa, yoshlarimizning vatanparvarligini hamda qonunlarga itoatgo’yligini ta’minlaydi. Davlat ramzlari hamisha muqaddas sanalgan. Shu bois ularni mard va jasur kishilarga ishonishgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gerbimiz xalqimizning o’tmishi, buguni va kelajagini o’zida mujassam etgan Vatanning muqaddas timsolidir.
Har bir xalq qonida milliy mafkuraning ilk ildizlari yashaydi. El-u xalqni bir bayroq ostida birlashtiradigan g’oya esa ana shu jon tomirlardan oziqlanadi.
Milliy tafakkur tirik ekan, jamiyatda oldinga siljish, o’zaro birdamlik, mushtarak maqsad yo’lida adolatli kurash ham bo’ladi. Chunki umummilliy mafkuragina jamiyat a’zolarini birlashtirish vazifasini bajarishi allaqachon o’z isbotini topgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan da’vatkor g’oya hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgani, ayni shu asosda xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, innovatsion taraqqiyot borasida muhim qadamlarni tashlaganimiz tom ma’noda e’tirofga arzigulikdir. Eng muhimi, keng jamoatchilik, el-yurtimiz barcha ijobiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bunyodkoriga aylanmoqda. Prezident urg’u berganidek, «Mamlakatimiz fuqarolari qayerda bo’lmasin, davlat himoyasida ekanini, qonun va adolat kuchini his etib yashamoqda. Bugun bir haqiqatni qat’iy ishonch bilan aytish mumkin: dunyoda turli xavf-xatarlar, manfaatlar to’qnashuvi kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali vaziyatda O’zbekistonda shakllangan yangi tizim o’zini to’la oqlamoqda».
Ushbu kurs ishida boshlang’ich sinflarni o’qitish metodikasining nazariy asoslari, aynan bir mavzu ya’ni “Davlat ramzlariga mehr uyog’otishga doir tadbirlarni tashkil qilish ishlanma loyihasi” doirasida maxsus dars o’tish tizimi , o’quvchilarni qiziqtirish , jalb etish va ularga yetkaizib beraolish kabi maqsadlar ko’zda tutilgan. Ushbu kurs ishida “Davlat ramzlariga mehr uyog’otishga doir tadbirlarni tashkil qilish ishlanma loyihasi” mavzusini qanday metodlarda o’qitish haqida, fikrlar yuritilgan. Shu bilan birga ularning yoshiga nisbatan psixologiyasi ham alohida e’tiborga olinib, xulosa qilingan.
O’z navbatida, ramzlar haqida ham to’xtalib o’tsak. Qadimda va hozirgi davrda ham ko’plab mamlakatlar va xalqlar o’z ramzlari orqali keng tanilmoqda. Jumladan, Fransiyada Eyfel minorasi, Misrda piramidalar, Amerika Qo’shma Shtatlarida Ozodlik haykali bo’lib, ramzlar ham siyosiy, ham tarixiy, ham ma’naviy boylikni ifoda etadi. Masalan, serenada Ispaniya bilan bog’liqdir. Xalqaro amaliyotda qabul qilingan davlat ramzlari esa alohida o’rin egallaydi. Jumladan, gerb, bayroq va davlat madhiyasi. Shuning uchun davlat ramzlariga ham tarixiy kelib chiqishidan tortib, to huquqiy asoslarigacha qiziqish tobora ortmoqda. O’zbek davlatchiligi o’z tarixi va hokimiyatni ifodalovchi ramzlarga ega bo’lib, ular ajdodlar tamg’asi, xonning muhrlarida o’z ifodasini topgan. Hammaga tarixdan ayonki, sak qabilalari eng qadimgi qabilalardan bo’lib, qabila o’z totemiga ega bo’lgan.
Davlatimiz Prezidenti Islom Karimov O’zbekistonning rivojlanish istiqbollari haqida so’z yuritar ekan, har kim o’z huquqlarini bilishi, ulardan foydalana olishi, o’z huquq va erkinliklarini bilishi uchun aholi ning huquqiy madaniyatini oshirish nechog’liq muhim ekanligini har doim eslatib o’tadilar. Jumladan, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini ang lashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimiz ning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fi doyilik bilan kurasha olishi mumkinligini ta’kidlagan. Sharqning buyuk donishmandi Abu Ali ibn Sino: “Nega dunyoda yovuz lik bu qadar ko’p?” – degan savolga: “Sababchisi siz-u biz. Bilmaslik yoki uquvsiz lik sababli yovuzlik bilan ku ra shishdan voz kechishimiz asnosida o’zimiz ham yovuzlikning keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz”, – deb javob bergan ekan.
|
| |