Maktablar va jamoat guruhlari bilan davlat ramzlari haqida tushuntirish




Download 49,24 Kb.
bet13/14
Sana03.06.2024
Hajmi49,24 Kb.
#259694
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Davlat ramzlari.

3.3 Maktablar va jamoat guruhlari bilan davlat ramzlari haqida tushuntirish
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari;
maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi;
davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish;,
davlat standartining tarkibiy qismlari, jumladan:
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari;
maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari.
Zero, inson manfaatlari har narsadan ustun bo’lgan yurt fuqarolarida ham huquqiy madaniyat, ham yuksak ma’naviy qadriyat bo’lishi shartdir. Ana shu ikki jihat aholi, ayniqsa, yoshlarimizning vatanparvarligini hamda qonunlarga itoatgo’yligini ta’minlaydi. Davlat ramzlari hamisha muqaddas sanalgan. Shu bois ularni mard va jasur kishilarga ishonishgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gerbimiz xalqimizning o’tmishi, buguni va kelajagini o’zida mujassam etgan Vatanning muqaddas timsolidir.
Har bir xalq qonida milliy mafkuraning ilk ildizlari yashaydi. El-u xalqni bir bayroq ostida birlashtiradigan g’oya esa ana shu jon tomirlardan oziqlanadi.
Milliy tafakkur tirik ekan, jamiyatda oldinga siljish, o’zaro birdamlik, mushtarak maqsad yo’lida adolatli kurash ham bo’ladi. Chunki umummilliy mafkuragina jamiyat a’zolarini birlashtirish vazifasini bajarishi allaqachon o’z isbotini topgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan da’vatkor g’oya hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgani, ayni shu asosda xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, innovatsion taraqqiyot borasida muhim qadamlarni tashlaganimiz tom ma’noda e’tirofga arzigulikdir. Eng muhimi, keng jamoatchilik, el-yurtimiz barcha ijobiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bunyodkoriga aylanmoqda. Prezident urg’u berganidek, «Mamlakatimiz fuqarolari qayerda bo’lmasin, davlat himoyasida ekanini, qonun va adolat kuchini his etib yashamoqda. Bugun bir haqiqatni qat’iy ishonch bilan aytish mumkin: dunyoda turli xavf-xatarlar, manfaatlar to’qnashuvi kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali vaziyatda O’zbekistonda shakllangan yangi tizim o’zini to’la oqlamoqda».
Ushbu kurs ishida boshlang’ich sinflarni o’qitish metodikasining nazariy asoslari, aynan bir mavzu ya’ni “Davlat ramzlariga mehr uyog’otishga doir tadbirlarni tashkil qilish ishlanma loyihasi” doirasida maxsus dars o’tish tizimi , o’quvchilarni qiziqtirish , jalb etish va ularga yetkaizib beraolish kabi maqsadlar ko’zda tutilgan. Ushbu kurs ishida “Davlat ramzlariga mehr uyog’otishga doir tadbirlarni tashkil qilish ishlanma loyihasi” mavzusini qanday metodlarda o’qitish haqida, fikrlar yuritilgan. Shu bilan birga ularning yoshiga nisbatan psixologiyasi ham alohida e’tiborga olinib, xulosa qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish bo‘yicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev,
5. Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
6. Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish8;
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo`lib, ularni har qanday yo`l bilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi. Davlat ramzlari xaqida gapirar ekanmiz, avvalo ularning mohiyati, nima uchun zarurligi va tarixiy kelib chiqishi haqida ham bilib olish kerak. Shundagina ularning davlat hayetida tutgan o`rni va ahamiyati tushunarli bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma’noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma’lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar bugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “shu ramzlarni e’zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Har bir xalq, har bir elat o`zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo`lgan munosabat ana shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko`p yoki oz sonli ekanligiga bog`liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalqning, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Til millatning ajralmas belgisi va davlat mustaqilligi ramzlaridan biridir.
Umumta’lim maktablarida joriy yilning 15 noyabridan – 15 dekabr kuniga qadar “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” shiori ostida huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oyligi o’tkazilmoqda.
Ulamolardan birlari aytgan edi: «Har bir kimsaga ma’lumdirki, hayot olamida insonning eng sevgan, qadrli, qimmatli to‘rt narsasi bordir. Bu to‘rt narsaga ega bo‘lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum bo‘lurlar. Ular: ozodlik va erkinlik, mehnat bilan topilgan molga o‘zi egalik qilmog‘i, tug‘ilib o‘sgan ona Vatani hamda asrlar bo‘yi asrab-avaylab kelayotgan muqaddas dini».
Hakimlar aytadilar: «Kishining vafodorligi uning o‘z vatani uchun qayg‘urishidan, birodarlarini sog‘inishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga o‘kinib yashashidan bilinadi». Insonning o‘z xalqiga bo‘lgan sadoqati va fidoyiligi uni vatanini himoya qilishiga, taraqqiy topib, har tomonlama mustahkam va qudratli bo‘lishiga hamda xalqining tinch va farovon hayot kechirishiga imkoniyat darajasida hissa qo‘shishga undashi lozim.
Vatanni turli g‘arazli oqimlar va yovuz kuchlardan himoya qilish yo‘lida diniy ekstremizm va uning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar o‘z samarasini berib, sezilarli darajada ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga e’tibor kuchaytirildi. Yurtimizda amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar kelajagimiz egalarini Vatanga, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu davrda yuksak maqsad – muddaolarga erishish uchun yurtimizda qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan Qurolli Kuchlar xodimlariga yuksak e’tibor qaratildi, mazmun-mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlar amalga oshirildi.


XULOSA
Vatanparvarlik tarbiyasi fuqaroni shakllantirishning muhim bosqichidir Kichik maktab o’quvchilarida vatanparvarlik tarbiyasini joriy etish tufayli bolalarda o’z ona yurtiga to’g’ri munosabat - qadriyatlar va o’tmishdagi muhim voqealarga hurmat va vatandoshlarimizning hozirgi yutuqlari, tushunchalarini tushuntirish shakllanadi. fazilat va yomonlik, Rossiyaning ahamiyati va bu mamlakatning qadr-qimmati haqida shakllangan g’oya. Bu tadbirlarning barchasi o’z yurti manfaatlarini himoya qilishga shay, jasorat ko’rsatishga qodir yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Vatanparvarlik quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi - diniy bag’rikenglik, jamoatchilikning qonunga bo’ysunishi, yaxshi munosabat. Vatanparvarlik ko’p asrlik an’analar va o’z mamlakatining ko’plab asoslariga asoslanadi. Kichik maktab o’quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash nafaqat maktab ishi, balki har bir o’quvchining oilasining qo’llab-quvvatlashi va ishtiroki bo’lishi kerak.Xulosa qilib aytganda, ushbu kurs ishida davlat ramzlari o`rgatish orqali har bir o`quvchi onggida ,nafaqat o`quvchi har bir insonda vatanparvarlik, sodiqlik mehr-muhabbatini uyg`otish maqsad qilib olingan. Ushbu kurs ishida avvalo, rahmatli birinchi Prezidentimizning xotirasini yodga oldik. Ularning muqaddas va hurmat - ehtiromga arziydigan, buyuk so`zlari bilan gap boshladik. Shu bilan birga davlat ramzlari haqida umumiy tushuncha berib, uning qadr-qimmatini aks ettirishga harakat qildim. Albatta har bir shaxs o`z burchlarini, davlat ramzlarini, millatini, konstitutsiyasini bilishi lozim. Maktablarda yaxshi kadrlarning talab etilayotgani ta`limda aynan yuqori ko`rsatgichga ega bo`lish maqsadida olib borilmoqda. Yaxshi mutaxasis yaxshi metodlardan foydalanadi, mehr bilan darslarni olib boradi. O`qtuvchini roli har bir o`quvchi natijasida sezilarli rol o`ynaydi. Bizning mutaxasis va qadri baland o`qtuvchilarimiz o`quvchilarga vatanga mehr uyg`ota olishiga hech shubhamiz yo`q.


Download 49,24 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 49,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktablar va jamoat guruhlari bilan davlat ramzlari haqida tushuntirish

Download 49,24 Kb.