Davlat ramzlari bo‘yicha o‘quv seminarlari va seminarlarini tashkil etish




Download 49,24 Kb.
bet12/14
Sana03.06.2024
Hajmi49,24 Kb.
#259694
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Davlat ramzlari.

3.2 Davlat ramzlari bo‘yicha o‘quv seminarlari va seminarlarini tashkil etish
“Mamlakatimiz mustaqillikka erishguniga qadar toʼgʼrirogʼi, 1990 yil 24 iyun sanasida qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasining oʼzidayoq Oʼzbekiston Respublikasi oʼzining davlat ramzlariga ega boʼlishi kerakligi takidlangan. Davlat madhiyasi – davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzi sarhadlarida mustaqil Oʼzbekiston davlati borligini anglatadi va oʼzida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi. Uning qabul qilingani katta tarixiy voqeadir, - deya taʼkidladi Boshqaruv Raisi oʼrinbosari “Ipoteka-bank” АTIB xodimlari uchun tashkillashtirilgan oʼquv seminari avvalida7
“Davlat ramzlari-huquqiy asosimiz” mavzusida oʼtkazilgan seminarda bank bosh ofisi va barcha filiallar xodimlari “ZOOM” platformasi orqali bogʼlangan holda ishtirok etishdi. Ijodiy uchrashuv davomida qisqa muddat davomida Oʼzbekistonda davlat ramzlari va Konstitutsiyasi ishlab chiqilgani, yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʼlida muhim ishlar bajarilgani, qolaversa, zamonaviy davlatchilik asoslari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, va sud hokimiyati shakllangani haqida toʼliq maʼlumot berildi. Shuningdek, Oʼzbekiston milliy teleradiokompaniyasi siyosiy sharhlovchisi, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan jurnalist, “Shuhrat” medali sohibi va YuNESKO akademigi Qobilbek Karimbekov oʼzining chiqishi davomida oʼzbek tarixida milliy valyutamiz-soʼmning joriy qilingani, oltin-valyuta zahiralarimiz shakllantirilgani katta qadam ekanligini taʼkidladi.
Unda qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, oʼzligimiz aks ettirilgani gapirildi. Ijodiy uchrashuvda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi targʼibotchisi jamiyat aʼzosi Bahodir Yusupov ishtirok etib, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi borasida bir qancha moddalarni keltirib oʼtdi. Hamda Vatan pasporti hamyurtlarmizning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi muhim hujjat ekanligini e'tirof etdi.
Qizgʼin bahs-munozara tarzida oʼtkazilgan seminar davomida qatnashchilariga bugungi kunda pul muomalasi va kredit sohasini yanada takomillashtirish va barqarorlashtirish yoʼlida amalga oshirilishi kerak boʼlgan muhim vazifalar, tavsiya va takliflar berildi.
El-u xalqni bir bayroq ostida birlashtiradigan g’oya esa ana shu jon tomirlardan oziqlanadi. Milliy tafakkur tirik ekan, jamiyatda oldinga siljish, o’zaro birdamlik, mushtarak maqsad yo’lida adolatli kurash ham bo’ladi. Chunki umummilliy mafkuragina jamiyat a’zolarini birlashtirish vazifasini bajarishi allaqachon o’z isbotini topgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan da’vatkor g’oya hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgani, ayni shu asosda xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, innovatsion taraqqiyot borasida muhim qadamlarni tashlaganimiz tom ma’noda e’tirofga arzigulikdir. Eng muhimi, keng jamoatchilik, el-yurtimiz barcha ijobiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bunyodkoriga aylanmoqda. Prezident urg’u berganidek, «Mamlakatimiz fuqarolari qayerda bo’lmasin, davlat himoyasida ekanini, qonun va adolat kuchini his etib yashamoqda. Bugun bir haqiqatni qat’iy ishonch bilan aytish mumkin: dunyoda turli xavf-xatarlar, manfaatlar to’qnashuvi kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali vaziyatda O’zbekistonda shakllangan yangi tizim o’zini to’la oqlamoqda».
Ushbu kurs ishida boshlang’ich sinflarni o’qitish metodikasining nazariy asoslari, aynan bir mavzu ya’ni “Davlat ramzlariga mehr uyog’otishga doir tadbirlarni tashkil qilish ishlanma loyihasi” doirasida maxsus dars o’tish tizimi , o’quvchilarni qiziqtirish , jalb etish va ularga yetkaizib beraolish kabi maqsadlar ko’zda tutilgan. Ushbu kurs ishida “Davlat ramzlariga mehr uyog’otishga doir tadbirlarni tashkil qilish ishlanma loyihasi” mavzusini qanday metodlarda o’qitish haqida, fikrlar yuritilgan. Shu bilan birga ularning yoshiga nisbatan psixologiyasi ham alohida e’tiborga olinib, xulosa qilingan.
Qolaversa, barcha ta’lim musassasalarida o’quvchilar o’rtasida “O’zbekiston kelajagi barkamol avlod qo’lida”, “Inson huquqlari – eng oliy qadriyat”, “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori”, “Konstitutsiya – mening huquq va burchlarim“, “Konstitutsiya va huquqiy madaniyat”, “Konstitutsiya – ravnaqimiz qomusidir” mavzularida insholar tanlovlari o’tkazilmoqda. G’oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanmoqda. Shuningdek bolalar va o’smirlar sport maktablari mas’ulligida Konstitutsiya kuniga bag’ishlab o’quvchilar va o’qituvchilar o’rtasida sportning 14 turi bo’yicha turnirlar o’tkazilmoqda. Shuningdek, Respublika ta’lim markazi tomonidan joylarda o’quvchilar o’rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” respublika ko’rik-tanlovining quyi bosqichlari o’tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar aniq maqsadga ega, qat’iyatli farzandlarimiz safini kengaytirish, ertangi kunga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Uzluksiz ta’limning boshlang’ich bo’g’inidanoq bolalarimizning huquqiy savodxonligi shakllanib borayotgani, yoshlarimizning o’z konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, oila, jamiyat hamda davlat oldidagi burch va majburiyatlarini bilishi uchun har tomonlama ko’maklashilayotgani ayni muddaodir.

Download 49,24 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 49,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat ramzlari bo‘yicha o‘quv seminarlari va seminarlarini tashkil etish

Download 49,24 Kb.