|
III-BOB: DAVLAT RAMZLARIGA MUHABBATNI KUCHAYTIRISHGA QARATILGAN TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH
|
bet | 11/14 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 49,24 Kb. | | #259694 |
Bog'liq Davlat ramzlari.III-BOB: DAVLAT RAMZLARIGA MUHABBATNI KUCHAYTIRISHGA QARATILGAN TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH
3.1 Vatanparvarlik festivallari va bayramlarini rejalashtirish
Mustaqil mamlakatimizda kechayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, jamiyatimizning barcha jab-halarida munosib yutuqlar qo‘lga kiritilayapti. Aholining tinch, osuda va farovon hayot kechirishini ta’minlash ana shu sa’y-harakatlarning tub mohiyatini tashkil etadi. Tinchlik, osoyishtalik avvalo oiladan, mahalladan boshlanadi. Shu ma’noda, yurtimizdagi har bir aholi yashash joylarida ichki ishlar xodimlari, uchastka nozirlari, mahalla faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida fuqarolarni ogohlikka da’vat etuvchi tadbirlar o‘tkazib kelinayotir6.
Tabiiyki, inson qayerda dunyoga kelsa, ana shu yer uning uchun qadrli Vatan hisoblanadi. Kindik qoni to‘kilgan joy inson uchun hech narsaga alishib bo‘lmaydigan, hamma narsadan ham qimmatli dargohdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hazrati Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu bilan Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida orqalariga o‘girilib, ya’ni Makkai mukarramaga qarab:
«Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hecham o‘z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo‘lar edim», – deganlar.
Demak, vatanni sevish, uni sog‘inib yashash insoniyat fitratida mavjud bo‘lgan nozik hisdir. Biror sabab bilan vatanini tashlab, boshqa yurtlarga ketgan kimsa eng og‘ir damlarida uni qo‘msab, ko‘z oldiga keltirishi va tug‘ilib o‘sgan zamini haqida biror qayg‘uli xabar eshitganda qalban ezilishi, yutuqlaridan quvonishi ham vatanga bo‘lgan muhabbatning belgisidir.
Tarixdan ma’lumki, birorta millat boshqa bir millatni tahqirlamoqchi yoki oyoqosti qilmoqchi bo‘lsa, avvalo, uning vatanini bosib olib, vayron qilgan yoki vatanidan quvib chiqargan. O‘z vatanining dushmanlar qo‘lida qolganini ko‘rgan millat uchun bundan ortiq xo‘rlik va azob bo‘lmasa kerak. Zero, Vatan, millat, din tushunchalari inson uchun har narsadan aziz va muqaddasdir. Shuning uchun ham dinimiz ta’limotida ona Vatan himoyasi, millat farovonligi haqida qayg‘urish Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislarida ham keng yoritilgan.
Xalqning boshiga og‘ir kun kelganda jonini saqlash uchun vatanni tashlab qochish insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi. Xalqimizda «o‘zga yurtda shoh bo‘lganingcha o‘z yurtingda gado bo‘l», degan hikmatli so‘z ham bor. O‘z huzur-halovatini o‘ylab, o‘zgalarni unutgan kishi hech qachon ona Vataniga, xalqiga nisbatan sadoqatli bo‘lolmaydi.
Islomda Vatan tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, avvalo u istiqomat maskani, ya’ni uy-joy ma’nosida ishlatiladi. Islom dini ta’limotida inson o‘zi yashab turgan Vatanini, dinini, oila ahlini himoya qilishi eng ulug‘ amallardan ekanligi ta’kidlangan. Vatan himoyasi uchun harbiylar safida turish ham dinimizda ulkan savobli amal sanaladi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Bir kecha kunduz «ribot», (ya’ni dushman qarshisida turish) bir oy tutilgan nafl ro‘za va o‘qilgan tungi namozdan yaxshidir», – deb marhamat qilganlar (Imom Muslim rivoyati).
Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi. Ramzlar- shartli belgilar bo`lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an’analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir. Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. O`zbekiston Respublikasining bayrog`i, gerbi va madhiyasi. Har bir mustaqil davlat o`z bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega bo`ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog`i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo`lboshchimiz ta’kidlaganidek, “Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb va madhiya O`zbekiston xalqlarining shon sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi” va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun 1991 yil 18 noyabrda, Davlat gerbi to`g`risida qonun 1992 yil 2 iyulda, Davlat madhiyasi to`g`risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.
Darhaqiqat, istiqlol tufayli o’zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning bor bo’y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g’ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz - erkin va farovon kelajagimizni o’z qo’limiz bilan bunyod etmoqdamiz.“Mustaqillik” va “islohot” tushunchalariga mushtarak so’zlar sifatida qarashimiz tabiiy, albatta. Chunki faqat mustaqil davlat va mustaqil jamiyatdagina islohotlarni amalga oshirish mumkin. Mustaqillik ham, islohotlar ham insonning yaxshi yashashi, munosib turmush darajasiga erishishi uchun zarur sharoit yaratdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.
Ulamolardan birlari aytgan edi: «Har bir kimsaga ma’lumdirki, hayot olamida insonning eng sevgan, qadrli, qimmatli to‘rt narsasi bordir. Bu to‘rt narsaga ega bo‘lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum bo‘lurlar. Ular: ozodlik va erkinlik, mehnat bilan topilgan molga o‘zi egalik qilmog‘i, tug‘ilib o‘sgan ona Vatani hamda asrlar bo‘yi asrab-avaylab kelayotgan muqaddas dini».
Hakimlar aytadilar: «Kishining vafodorligi uning o‘z vatani uchun qayg‘urishidan, birodarlarini sog‘inishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga o‘kinib yashashidan bilinadi». Insonning o‘z xalqiga bo‘lgan sadoqati va fidoyiligi uni vatanini himoya qilishiga, taraqqiy topib, har tomonlama mustahkam va qudratli bo‘lishiga hamda xalqining tinch va farovon hayot kechirishiga imkoniyat darajasida hissa qo‘shishga undashi lozim.
Vatanni turli g‘arazli oqimlar va yovuz kuchlardan himoya qilish yo‘lida diniy ekstremizm va uning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar o‘z samarasini berib, sezilarli darajada ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga e’tibor kuchaytirildi. Yurtimizda amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar kelajagimiz egalarini Vatanga, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu davrda yuksak maqsad – muddaolarga erishish uchun yurtimizda qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan Qurolli Kuchlar xodimlariga yuksak e’tibor qaratildi, mazmun-mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlar amalga oshirildi.
Jonajon Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashdek mas’uliyatli, shu bilan birga, savobli ishlarni bajarishga posbonlarimiz kamarbasta. Ularda buning uchun matonat, mardlik va jasorat kabi fazilatlar yetarli.
Zero, har bir oilada o‘g‘il farzand tug‘ilganda ota-ona bilan bir qatorda yurt – Vatan ham suyunib, shodu xurram bo‘lar ekan. Chunki o‘g‘il farzand nafaqat ota-onasi, oilasini, balki butun xalqini, Vatanini himoya qiladigan o‘g‘lon hisoblanadi. Yurtimiz tinchligi va barqarorligini saqlashda, mamlakatimiz hududini himoya qilishda harbiy xizmatchilarning xizmatlari beqiyosdir.
O‘z oromi, tinchi, huzur-halovati, rohat-farog‘ati, kerak bo‘lsa jonidan kechib, Vatanimiz tinch¬ligi va osoyishtaligini himoya qilayotgan ona yurt posbonlarining mashaqqatli xizmatini alohida e’tirof etmoqchimiz.
|
| |