|
II BOB. DAVLAT RAMZLARIGA MEHR UYG’OTISHGA DOIR TADBIRLARNI TASHKIL ETISH BO`ICHA ISHLANMA-LOYIHASI
|
bet | 8/14 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 49,24 Kb. | | #259694 |
Bog'liq Davlat ramzlari.II BOB. DAVLAT RAMZLARIGA MEHR UYG’OTISHGA DOIR TADBIRLARNI TASHKIL ETISH BO`ICHA ISHLANMA-LOYIHASI.
2.1.§. Davlat ramzlariga mehr uyg’otishga doir tadbirlarni tashkil qilishning amaliy ahamiyati.
Har bir o`quvchi o`z konstitutsiyasini, davlat ramzlarini bilishi lozim. Maktablarda aynan davlat ramzlarini o`quchilarga o`rgatishda chuqur e`tiborli bo`lish kerak. O`z davlat ramzlari ya`ni , o`z gerbi, bayrog`i, madhiyasini, konstitutsiyasini bilmagan o`quvchi haqiqiy o`quvchi hisoblanmmaydi. Davlat ramzlarini bilish orqali har bir shaxsda vatanga bo`lgan muhabbat uyg`onadi. Ular haqida ma`lumotga ega bo`lgan o`quvchi o`z vatani bilan faxrlanishni boshlaydi, yurtiga muhabbat qo`yishni boshlaydi. Kelajakda vatan uchun sodiq inson bo`ladi. Yurtboshimiz ham bekorga ta`limga katta e`tibor qaratmayabdilar. Har bir narsa bog`chadan, kichik maktab yosh davrdan boshlanadi. Ularga qanday tarbiya- ta`lim beraolishimiz bizga ularning kelajagini ko`rsatib beradi4.
O’z navbatida, ramzlar haqida ham to’xtalib o’tsak. Qadimda va hozirgi davrda ham ko’plab mamlakatlar va xalqlar o’z ramzlari orqali keng tanilmoqda. Jumladan, Fransiyada Eyfel minorasi, Misrda piramidalar, Amerika Qo’shma Shtatlarida Ozodlik haykali bo’lib, ramzlar ham siyosiy, ham tarixiy, ham ma’naviy boylikni ifoda etadi. Masalan, serenada Ispaniya bilan bog’liqdir. Xalqaro amaliyotda qabul qilingan davlat ramzlari esa alohida o’rin egallaydi. Jumladan, gerb, bayroq va davlat madhiyasi. Shuning uchun davlat ramzlariga ham tarixiy kelib chiqishidan tortib, to huquqiy asoslarigacha qiziqish tobora ortmoqda. O’zbek davlatchiligi o’z tarixi va hokimiyatni ifodalovchi ramzlarga ega bo’lib, ular ajdodlar tamg’asi, xonning muhrlarida o’z ifodasini topgan. Hammaga tarixdan ayonki, sak qabilalari eng qadimgi qabilalardan bo’lib, qabila o’z totemiga ega bo’lgan.
Davlatimiz Prezidenti Islom Karimov O’zbekistonning rivojlanish istiqbollari haqida so’z yuritar ekan, har kim o’z huquqlarini bilishi, ulardan foydalana olishi, o’z huquq va erkinliklarini bilishi uchun aholi ning huquqiy madaniyatini oshirish nechog’liq muhim ekanligini har doim eslatib o’tadilar. Jumladan, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini ang lashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimiz ning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fi doyilik bilan kurasha olishi mumkinligini ta’kidlagan. Sharqning buyuk donishmandi Abu Ali ibn Sino: “Nega dunyoda yovuz lik bu qadar ko’p?” – degan savolga: “Sababchisi siz-u biz. Bilmaslik yoki uquvsiz lik sababli yovuzlik bilan ku ra shishdan voz kechishimiz asnosida o’zimiz ham yovuzlikning keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz”, – deb javob bergan ekan.
Konstitutsiyaviy huquq asoslarini o’rganishning muhimligi shundaki, bunda o`quvchilar o’z huquq va manfaatlaringizni himoya qilish yo’llari va vositalarini yaxshiroq bilib olasiz. Qonunchilik tushunchalaridan tashqari, inson xulqining axloqiy mе’yorlari, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabi tushunchalar ham mavjud. Insoniyat tomonidan e’tirof etilgan axloq me’yorlariga rioya qilib, qonun asosida ish ko’rilsa, haqiqat qaror topishi mumkinligini anglaysiz. O`quvchilar qonunchilik yordamida har bir inson hayotida yuzaga kеlishi mumkin bo’lgan ko’pgina muammolarni hal etish mumkinligini bilib olasiz. Huquqiy ta’lim – bu huquqiy madaniyatning, ya’ni insonga huquq beradigan barcha ijobiy va qimmatli tomonlarni o’zlashtirishning qo’shimcha tarkibiy qismi, хolos. Axloqiy fazilatlar va huquqiy bilimlar yig’indisi yuqori darajadagi huquqiy madaniyat asosini tashkil etadi. Lеkin sustkashlik bilan qonunga munosabatda bo’lish jamiyatning rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Har bir kishi o’zining va boshqalarning qonuniy haq-huquqlarini talab qila olishi, qonun buzilishiga yo’l qo’ymasligi kеrak. Aks holda qonunchilikka va huquqiy davlat qurish imkoniyatiga bo’lgan ishonch susayadi. Huquqshunoslik fanlari bo’yicha olgan bilimlaringiz nafaqat kеlajakdagi, shuningdеk, bugungi kundagi muammolarni hal etishga ham yordam bеradi, deb umid qilamiz.
Shuningdek, qadimgi turkiy tamg’alar turli darajada namoyon bo’ladi: po’stin turkiy xoqon, yabg’u, tegin, ulug’ rahnamolarning oliy hukmdorlarining qo’lyozmalari, urug’-qabila birlashmalari gerbi, shaxslar tamg’alari va patriarxal oilalar (shaxsiy tamg’alar, hatto nomdor, zotdor otlari uchun belgilar). Ular orasida qadimgi turkiy “xoqon” tamg’a tog silueti shaklida keng tarqalgan. Jumladan, tarixiy manbalarda voxtamg’ali – Termiz, Sherobod, Jarqo’rg’on tumanlaridagi qishloqdir. Voxtamg’ali aslida uvoq yoki uvuq (uch qismi egik, o’roqqa o’xshash) shaklida bo’lgan. Tamg’asiga ko’ra, urug’, urug’iga nisbatan aholi markazi nom olgan. O’zbeklarning uvoq, uvoqtamg’ali, degan urug’i ham bor. Demak, o’zbek davlatchiligi tarixida gerb o’zining tarixiy rivojiga ega.
Yuqorida ta’kidlanganidek, “O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida”gi qonun qabul qilinganiga ham 29 yil to’lmoqda. Albatta, bu O’zbekiston davlatchiligi uchun eng muhim voqea sanaladi. Qomusimizning 5-moddasida “O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega”, deya ramzlarimizning huquqiy asoslari mustahkamlab qo’yilgani barchamizga ayon. Mustahkam huquqiy asosga ega bo’lgan bayroq, gerb va madhiyamiz davlat va xalq birligini namoyon etadi. Bu o’z erkiga ega bo’lgan xalqning ko’nglini tog’dek ko’tarib, milliy g’urur bag’ishlaydi. Shu ma’noda, gerbimiz qabul qilingan qutlug’ sana munosabati bilan uning ta’rifiyu huquqiy asosini yana bir karra eslash joiz, deb o’ylaymiz. Gerbimizdagi tasvirlar O’zbekiston sarhadida qadimdan davlat va xalqlar mavjud bo’lgani, tarixiy rivojlanishidagi bog’liqlik hamda yurtimiz hududida yashovchi millatlar va elatlarning an’analarini o’zida mujassamlashtirgan. Zero, tamg’adagi har bir chiziq, har bir rang, har bir belgida xalq va yurtning tarixiy-ma’naviy jihati aks etgan.
|
| |