Davlat ramzlarining tarixiy va madaniy mazmuni




Download 49,24 Kb.
bet7/14
Sana03.06.2024
Hajmi49,24 Kb.
#259694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Davlat ramzlari.

1.3 Davlat ramzlarining tarixiy va madaniy mazmuni
“O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. Gerb termini «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so’l tomonida bug’doy boshoqlari, o’ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat. Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug’ ramzidir. Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo’lgan afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo’lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog’ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “O’zbekiston” deb yozib qo’yilgan3.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo`lib, ularni har qanday yo`l bilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi. Davlat ramzlari xaqida gapirar ekanmiz, avvalo ularning mohiyati, nima uchun zarurligi va tarixiy kelib chiqishi haqida ham bilib olish kerak. Shundagina ularning davlat hayetida tutgan o`rni va ahamiyati tushunarli bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma’noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma’lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar bugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “shu ramzlarni e’zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Har bir xalq, har bir elat o`zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo`lgan munosabat ana shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko`p yoki oz sonli ekanligiga bog`liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalqning, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Til millatning ajralmas belgisi va davlat mustaqilligi ramzlaridan biridir.
Umumta’lim maktablarida joriy yilning 15 noyabridan – 15 dekabr kuniga qadar “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” shiori ostida huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oyligi o’tkazilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi Axborot xizmati xabar bermoqda. Ayni kunda, 193 nafar hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari xodimlari, XTXQTMO institutlari professor-o’qituvchilari va malakali mutaxassislardan tarkib topgan doimiy faoliyat yurituvchi hududiy targ’ibot guruhi a’zolari ta’lim muassasalarida va aholi o’rtasida “Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat” mavzusida targ’ibot ishlarini reja asosida olib bormoqda.
Shu bilan birga, ta’lim muassasalarida o’quvchilarning huquqiy ongini yuksaltirish va olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida tegishli darslarda, “Ertalabki saflanish” va “Tarbiyaviy soat”larda hamda pedagog xodimlar uchun “Ma’naviyat soati” tadbirlarida “Konstitutsiyani o’rganamiz”, “Konstitutsiya - mening taqdirimda” mavzularida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Qolaversa, barcha ta’lim musassasalarida o’quvchilar o’rtasida “O’zbekiston kelajagi barkamol avlod qo’lida”, “Inson huquqlari – eng oliy qadriyat”, “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori”, “Konstitutsiya – mening huquq va burchlarim“, “Konstitutsiya va huquqiy madaniyat”, “Konstitutsiya – ravnaqimiz qomusidir” mavzularida insholar tanlovlari o’tkazilmoqda. G’oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanmoqda. Shuningdek bolalar va o’smirlar sport maktablari mas’ulligida Konstitutsiya kuniga bag’ishlab o’quvchilar va o’qituvchilar o’rtasida sportning 14 turi bo’yicha turnirlar o’tkazilmoqda. Shuningdek, Respublika ta’lim markazi tomonidan joylarda o’quvchilar o’rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” respublika ko’rik-tanlovining quyi bosqichlari o’tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar aniq maqsadga ega, qat’iyatli farzandlarimiz safini kengaytirish, ertangi kunga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Uzluksiz ta’limning boshlang’ich bo’g’inidanoq bolalarimizning huquqiy savodxonligi shakllanib borayotgani, yoshlarimizning o’z konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, oila, jamiyat hamda davlat oldidagi burch va majburiyatlarini bilishi uchun har tomonlama ko’maklashilayotgani ayni muddaodir.

Download 49,24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 49,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat ramzlarining tarixiy va madaniy mazmuni

Download 49,24 Kb.