|
Ishning maqsad va vazifalari
|
bet | 3/14 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 49,24 Kb. | | #259694 |
Bog'liq Davlat ramzlari.Ishning maqsad va vazifalari:
Davlat ramzlari haqida ma`lumotga ega bo`lish
O`quvchilar onggida davlat ramzlariga nisbatan mehr uyg`otish
O`quvchilarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash
Mustaqil davlatning timsoliy ramzlariga hurmat-ehtirom ko`rsatish
Kurs ishining оbyеkti: qo`yilgan maqsad va vazifalarni o`tash uchun o`zim amaliyot o`tagan muassasamda tadqiqot olib bordim. Samarqand viloyati Urgut tumani 123- maktabda 3-sinf o’quvchilariga dars jarayonida davlat ramzlari mavzusida kichik tadbir tashkillashtirdim.
Kurs ishining mеtоdоlоgik asоslari: vatan ramzlari doimo ulug’va muqaddas sanalgan. Bayroq hamisha insonlarni yakdillikka, ulug’maqsad yo’lida birlashishga chorlagan. Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida e’zozlangan. Zero, bayroq har bir xalq, millatning shonli o’tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlarini o’zida aks ettirgan. Buyuk o’tmish, shonli tarixga ega xalqimizning davlat barpo etish g’oyasi, umuminsoniy qadriyatlapga sodiqligi, eng avvalo, o’zining davlat ramzlarida aks etgan. O’z ramzlariga ega bo’lgan davlat o’z taqdirini o’zi belgilaydi.
Kurs ishining asоsiy ahamiyati: davlat ramzlari har bir xalq va millatning suvereniteti, orzu umidlari hamda kelajak maqsadlarini ifodalovchi timsollardir. Oʼzbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʼzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga gʼurur, faxr va iftixor bagʼishlaydi. Davlat gerbi, Davlat bayrogʼi, Davlat madhiyasi ona yurtini sevib ardoqlagan har bir farzand uchun aziz va muqaddas. Har yili 2 iyul sanasi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun sifatida alohida ehtirom bilan nishonlanadi.
Kurs хajmi va tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi 3 ta bоb va 9 ta paragraf, xulosa va foydanilgan adabiyotlardan ibоrat.
I BOB. DAVLAT RAMZLARINING NAZARIY ASOSLARI.
|
| |