• SO‘Z TARKIBI: ASOS VA QO‘SHIMCHALAR, QO‘SHIMCHALARNING TURLARINI O‘QITISH METODIKASI. SO‘Z YASASH USULLARINI O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI.
  • Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi




    Download 360.6 Kb.
    bet1/93
    Sana13.11.2023
    Hajmi360.6 Kb.
    #98042
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
    Bog'liq
    Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
    8-Ma\'ruza, 1-Ma\'ruza (1)

    1- MA’RUZA MASHG‘ULOTI


    MAVZU: ONA TILINING IZCHIL KURSINI O‘RGANISH, KOMPETENSIYAGA YO‘NALTIRILGAN ONA TILI O‘QUV DASTURI
    ONA TILI O‘QITUVCHISI VA UNGA QO‘YILADIGAN KASBIY TALABLAR. IBORA VA TASVIRIY IFODALAR USTIDA ISHLASH METODIKASI. SO‘Z TARKIBI: ASOS VA QO‘SHIMCHALAR, QO‘SHIMCHALARNING TURLARINI O‘QITISH METODIKASI. SO‘Z YASASH USULLARINI O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI.


    Ma’ruza rejasi:



    1. Ona tili o‘qitishning asosiy maqsad va vazifalari.

    2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi.

    3. Til va adabiyot fanlari orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar.




    1. XXI asr o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar.

    2. Ona tili o‘qituvchisi va unga qo‘yiladigan kasbiy talablar.

    3. Ona tili o‘qituvchisi faoliyatida qo‘llaniladigan hujjatlar.




    1. Ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish.

    2. Shaxs otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va tasviriy ifodalarni o‘tish.

    3. Narsa otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va tasviriy ifodalarni o‘tish.

    10.O‘rin-joy otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va tasviriy ifodalarni o‘tish.

    11. So‘zlarning aloqa-munosabat shakllari bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari.


    12. Aloqa-munosabat shakllarining vazifalari ustida ishlash:

    1. egalik shakllari ustida ishlash;

    2. kelishik shakllari ustida ishlash;

    3. kesimlik shakllari ustida ish.

    13. Bog`lama ustida ishlash.
    14. Kesimning tuslanishi ustida ishlash
    15. Fe`l mayllari ustida ishlash:

    1. buyruq- istak mayli ustida ishlash;

    2. shart mayli ustida ishlash;

    3. xabar mayli ustida ishlash.

    16. Zamon shakllari qo‘shimchalarining imlosi va tallaffuzi ustida ishlash.
    17. Kesimlik so‘zlar ustida ishlash.
    18. So‘z shakllari ma’nolarining kengayishi va torayishi.
    19. So‘z-gaplar ustida ishlash.


      1. 20. So‘z yasalishi haqida ma'lumot.

      2. 21. O‘zbek tilida so‘z yasalishining asosiy ikki usuli haqida.

      3. 22. Maktab o‘quvchilarining so‘z boyligini boyitish.

    DTSda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi quyidagicha belgilangan: “O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat”.
    Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish; o‘quvchida grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni fonetika, leksikologiya, yozuv, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat” ekanligi belgilangan.
    Mazkur o‘quv dasturi kognitiv, ya’ni tilga oid malaka va koʻnikmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bo‘lib, Ona tili faniga shunchaki oʻquv predmeti sifatida qaralmaydi. Bunda ona tili butun borliqni: tabiat, jamiyat, fanlarni, oʻzlikni anglash va oʻrganish vositasiga aylantiriladi. Oʻquvchi Ona tili fanini oʻzlashtirish jarayonida tildan turli ijtimoiy munosabatlarda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni oʻrganadi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, iqtisod, jamiyatshunoslik kabi fanlarni oʻzlashtirishda til omilini his qiladi. Muayyan soha mutaxassisiga aylanganida, maktabda olgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan foydalanib oʻzbek tilida ish yuritish, nutq soʻzlash, turli uslublarda yoza olish, qarashlarini erkin ifodalagan holda fikrini boshqalarga turli shakllarda samarali tarzda yetkazishni, eng muhimi, teran fikrlashni biladi.
    5–11- sinflar uchun Ona tili fani dasturi boshlang‘ich sinfda egallanadigan nutqiy va lingvistik kompetensiyalarning uzviy davomi bo‘lib, soddadan murakkabga tamoyili asosida ishlab chiqilgan.
    Ona tilidan ta’lim mazmuni tilning barcha xususiyat va qonuniyatlari parallel ravishda soddadan murakkabga tomon, amalda qoʻllash ehtiyojidan kelib chiqqan holda oʻrgatishga asoslangan, ya’ni malaka talablarida koʻrsatilgan koʻnikma va malakalarni egallash uchun nutqiy mavzu doirasida qaysi grammatik va til sathlari boʻyicha bilim zarur boʻlsa, shundan o‘quvchining yosh xususiyatlari va o‘quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda foydalanilgan. Ketma ketlik hisobga olinmagan. Bir mavzuga qayta-qayta murojaat qilinishi va uning doimiy murakkablashib borishiga e’tibor qaratilgan.
    O‘quv dastirida oʻquvchi ehtiyoj sezadigan har qanday fan doirasida mavzular shakllantirilib, ularda til birliklaridan qanday foydalanish, nimalarga e’tibor berish kerakligi, ularning mashq va topshiriqlar orqali mustahkamlanishi fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qilgan.
    O‘quv materiallarini tanlashda turli uslubdagi qiziqarli ma’lumotlarni oʻzida jamlagan yaxlit matnlar yoki yaxlit mazmun ifodalagan badiiy matn parchalarini oʻqish, eshitish va tahlil qilish, bir xil mavzuda ikki xil uslubda yozilgan matnlarni o‘zaro qiyoslash kabi jihatlar e’tiborga olingan.
    Ona tilidan darsliklar yaratishda ona tilining boshqa fanlar bilan aloqasini ta’minlashga, ona tilining barcha ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlar, o‘quv predmetlarining o‘rganish va o‘rgatish vositasi ekanligini chuqur anglagan holda undan ilmiy va amaliy faoliyatda foydalanishga, ijtimoiy hayotning turli qirralarini aks ettirishga, shuningdek, ta'lim oluvchilarning yosh, gender va etnomadaniy xususiyatlariga, to‘rtta lisoniy malakaning baravar shakllantirishga e’tibor qaratilishi lozim.
    O‘quvchini xalqaro baholash – o‘qish savodxonligini baholovchi PIRLS hamda PISA dasturlariga tayyorlash maqsadida o‘qib tushunish malakalarini shakllantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar darslik mazmuniga singdiriladi. O‘quv dasturi ta’lim muassasasining metod birlashmasida o‘rganilib, o‘quvchining o‘quv imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilangan soatlar doirasida 15 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin. Mazkur o‘zgarishlar tegishli tartibda pedagogik kengashda tasdiqlanishi lozim.
    O‘quv dasturida ona tili chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari uchun alohida mavzular berilmay, mavjud nutqiy mavzularning o‘qituvchining ijodiy va kreativ yondashuvi asosida yo‘nalishga mos ravishda chuqurlashtirib o‘qitilishiga imkoniyat berildi.

    Download 360.6 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




    Download 360.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

    Download 360.6 Kb.