akerlar foydalanuvchi nomi va parollarni taxmin
qilish orqali buzishga harakat qilishi sababli ular
ishonchli boʻlishi kerak Buzib kirish dasturlari kirish
uchun turli parollarni sinab koʻradi, shu sababli
bir necha marta parol xato terilgandan keyin
foydalanuvchi akkauntini bloklash kabi xavfsizlik
choralari koʻriladi Foydalanuvchi xavfsiz va oson
topilmaydigan parol tanlashi, potensial xakerlar
(jumladan, kasbdoshlar) ularning qanday ma’lumot
kiritayotganini shaxsan kuzatmasligi uchun ham
ehtiyot choralarini koʻrishi zarur
Parollar bilan
bogʻliq eng katta muammo foydalanuvchi uni yodda
saqlashidir Foydalanuvchi paroli yozib qoʻyilsa,
osonlik bilan oʻgʻirlanishi, bir qancha akkauntlar uchun
bir xil paroldan foydalanilsa, parol tez oshkor boʻlishi
mumkin Bu boshqa muammoni keltirib chiqaradi
agar foydalanuvchi akkauntlari uchun turli parollar
tanlasa, ularni yodda saqlash qiyin boʻladi Ayniqsa,
foydalanuvchi parollarini muntazam oʻzgartirishi zarur
boʻlsa, bu kattaroq muammolarni keltirib chiqaradi
TOPSHIRIQ
Ishonchli parol qanday boʻlishini oʻrganing Juda
qat’iy boʻlmagan, lekin parol xavfsiz boʻlishini
ta’minlaydigan qoidalarga misollar ayting
Akkauntlarni kunning muayyan qismida oʻchirib qoʻyish
mumkin Shunda foydalanuvchilar faqat kunduzgi 9
dan kechki 5 gacha ishlaydi, bu akkauntga boshqa
vaqtda kirishni cheklaydi Ba’zi foydalanuvchilar uchun
maxsus xavfsizlik choralari qoʻllanadi, masalan, ularga
faqat belgilangan kompyuterdan kirish huquqi beriladi
Bu tarmoqning yoki internetning boshqa joyidan
kirishga harakat qilayotgan xakerning urinishlarini
chippakka chiqaradi Agar foydalanuvchilarga
uydan foydalanishga ruxsat berilgan boʻlsa, ularni
tasdiqlangan qurilmalardan foydalanish orqali cheklash
mumkin
avfsizlik muhim boʻlgan holatlarda ikki bosqichli kirish
huquqi (2FA) qoʻllanishi mumkin, bu kirish uchun ikkita
xavfsizlik qismini talab qiladi
Bu karta-kalit va PIN-
koddan foydalanish kabi oddiy boʻlishi yoki murakkab
usullarni oʻz ichiga olishi mumkin Foydalanuvchiga
token deb atalgan bir martalik parol yaratuvchi
kichik qurilma yoki maxfi y token saqlanadigan USB-
kalit beriladi Kalit karta yoki tokenni talab qilishning
kamchiliklaridan biri
foydalanuvchi uni doim olib
yurishi kerak Bu ularning yoʻqolishi yoki oʻgʻirlanishi
xavfi ni oshiradi
Keng tarqalgan erkin foydalanish huquqlari quyidagilar
•
yaratish (C) foydalanuvchilar yangi ma’lumot
elementlarini yarata oladi
•
oʻqish (R) foydalanuvchilar mavjud ma’lumotlarni
oʻqiy oladi
•
yangilash (U) foydalanuvchilar ma’lumotlarni
oʻzgartira oladi
•
oʻchirish (D) foydalanuvchilar ma’lumotlarni oʻchira
oladi
Maktab yoki kollej foydalanuvchilarga quyidagi
erkin foydalanish huquqlarini beradi
mehmonlar faqat internet xizmatlariga kiradi
alohida foydalanuvchilar foydalanuvchi
hududidagi barcha maʼlumotlarga CRUD erkin
foydalanish huquqi
oʻquvchilar ta’lim resurslaridan umumiy
foydalanish maydoni uchun ularga ajratilgan
dasturiy ta’minotga R foydalanish huquq
oʻqituvchilar boʻlimlar uchun taʼlim
resurslaridan umumiy foydalanish maydoni
uchun CRUD erkin foydalanish huquqi va
boʻlimlarning xodimlari umumiy foydalanishidagi
CRUD erkin foydalanish huquqi
xodimlar xodimlar uchun maktab haqida
ma’lumotning umumiy foydalanishidagi
maydoniga R foydalanish huquqi
ilmiy boʻlim mudirining kotibasi
butun maktab
xodimlarining umumiy foydalanishidagi
maydoniga CRUD erkin foydalanish huquqi
tarmoq administratorlari butun tarmoqqa CRUD
erkin foydalanish huquqi
Veb saytlarda oʻquvchi yoshiga qarab cheklov
qoʻyiladi Dasturiy ta’minotni faqat ruxsat berilgan
foydalanuvchilar ishlata olishi uchun cheklov
qoʻyish mumkin Masalan, maktabning boshqaruv
tizimidan faqat xodimlar foydalana oladi
Ayrim
elektron pochta akkauntlari foydalanuvchilar
orasida ulashilishi mumkin, masalan, boshqaruvchi
xodimlar asosiy kirish xabarlarini ulashadi
MISOL
Bunday erkin foydalanish huquqini olish uchun
foydalanuvchi odatda ID raqamini kiritadi Bundan
tashqari, elektron pochta manzili, karta kaliti, telefon
yordamida NFCdan foydalanish, karta yoki biometrik
usullardan ham foydalanib identifi katsiyadan oʻtishi
mumkin Foydalanuvchi IDsi kuchsiz boʻlib, uni
boshqalar bilishi mumkin
Shu sababli foydalanuvchi
parol yoki shaxsiy identifi katsiya raqami (PIN) oʻrnatadi