|
Maktab internati
|
bet | 1/7 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,87 Mb. | | #248304 |
Bog'liq 10 sinf tenglamalar sistemasi 2024
BUXORO SHAHAR
OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI
BO’YICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN
MAKTAB - INTERNATI
Informatika va axborot
texnologiyalari fani o’qituvchisi
Farmonov Murod Umedovichning
“Ma’lumot turini o’zgartirish, birinchi
darajali ikki noma’lumli tenglamalar
sistemasi ildizlarini hisoblovchi
dastur tuzish” mavzusi asosida
10-sinf uchun 1-soatlik
DARS
ISHLANMASI
2023-2024 o’quv yili
Sana _____________________
Mavzu: Ma’lumot turini o’zgartirish, ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o‘zgartirish,
(birinchi darajali iki noma’lumli tenglamalar sistemasi ildizlarini hisoblovchi dastur tuzish)
Dars maqsadi:
Ta’limiyligi: o`quvchilarga ma’lumot turini o’zgartirish, ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o‘zgartirish protsedura va funksiyalar, tenglamalar sistemasini to`g`risida bilim, ko`nikma va malaka hosil qilish.
Tarbiyaviyligi: o`quvchilarga estetik tarbiyani mavzini o`tish orqali singdirish, iqtisodiy tarbiya berish, barkamol shaxslar qilib tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o`stirish, mashqlarni bajarishda har bir jarayon uchun mantiqiy variantlar keltirishni o`rgatish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi;
Dars tipi: nazariy va amaliy, kombinatsiyalashgan aralash dars;
Dars metodi: tasviriy metod: o`quvchilarni muammoga jalb qila olish, ular faoliyatini maqsadlar holatida yo`naltirish, induvidual yordam tashkil qilish.
Dars jihozi:
1) kompyuter texnikasi va multimedia vositalari;
2) protsedura va funksiyalar, tenglamalar sistemasi holatida keltirilgan ko`rgazmalar;
3) mashq va dastur algoritmi tartibi keltirilgan tarqatma materiallar.
|
| |