• Dastur algorotmini tuzish
  • Dastur tuzishda ishlatiladigan komponentalar va




    Download 0,87 Mb.
    bet5/7
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,87 Mb.
    #248304
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    10 sinf tenglamalar sistemasi 2024

    Dastur tuzishda ishlatiladigan komponentalar va
    ularning asosiy xossalari:


    1) Label komponentasi bosh menyu komponentalar majmui standart bo’limidan katta “A” harfi piktogrammasi orqali formaga joylashtiriladi. Asosiy xususiyati “Caption”. Caption xususiyati faqat satr turidagi simvolli qiymatlarni qabul qiladi. Satrli simvollar turi nomi “string”, qisqartmasi “str”;


    2) Edit komponentasi bosh menyu komponentalar majmui standart bo’limidan oq katakcha tarkibiga “ab” simvolli piktogrammasi orqali formaga joylashtiriladi. Asosiy xususiyati “Text”. Text xususiyati faqat satr turidagi simvolli qiymatlarni qabul qiladi. Satrli simvollar turi nomi “string”, qisqartmasi “str”;
    3) Button komponentasi bosh menyu komponentalar majmui standart bo’limidan kichik tugma tarkibida “ok” simvolli piktogrammasi orqali formaga joylashtiriladi. Asosiy xususiyati “Caption”. Caption xususiyati faqat satr turidagi simvolli qiymatlarni qabul qiladi. Satrli simvollar turi nomi “string”, qisqartmasi “str”;


    4) Tenglamalar sistemasi formulalarini tasvirlashda katta qavsli simvol ishlatiladi. Bu simvolni word dasturi simvollar to’plamidan nusxalab olib, Label komponentasi caption xususiyatiga nusxa ko’chiramiz va shrift hajmini kerakligicha kattalashtiramiz.


    5) Forma hajmini taxninan belgilaymiz, forma shrift hajmini o’rnatamiz, forma rangini o’zgartiramiz, formaga sarlavha nomi belgilaymiz, komponentalarning barchasini shrift hajmi, shrift shakli va shrift rangini xoxlaganimizdek o’zgartiramiz.
    Dastur algorotmini tuzish:


    Ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o‘zgartirish. Yodingizda bo‘lsa, Pascal dasturlash tilida bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi ifodaning qiymatini berib bo‘lmas edi.
    Delphida ham bu taqiq o‘rinli. Uni qanday aylanib o‘tish mumkin?
    Masalan, Button1 obyektining eni (Width xossasi) qancha bo‘lishi (butun son turi) Editning Text xossasidan (matn satri turi) olinishi kerak bo‘lsa, Button1.Width := Edit1.Text operatoridan foydalanish xatoga olib keladi. Natijada ilova dasturi ishlashdan to‘xtab, xato to‘g‘risida ogohlantiradi. Object Pascalda o‘zgaruvchini bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish uchun bir qator standart funksiyalar mavjud. Ularni quyida keltiramiz:
    1) StrToInt (string to integer) – matn satrini butun songa o‘tkazadi;
    2) IntToStr (integer to string) – butun sonni matn satriga o‘tkazadi;
    3) StrToFloat (string to float) – matn satrini haqiqiy songa o‘tkazadi;
    4) FloatToStr (float to string) – haqiqiy sonni matn satriga o‘tkazadi.
    Yuqoridagi operatorni bu funksiyalardan foydalanib, bexato yozamiz:
    Button1.Width:=StrToInt(Edit1.Text);
    a = 25; Edit1.text:=Int to Str(a)
    b = 2,5; Edit2.text:=Float to Str(b)
    Var – asosiy dasturda muomalada bo`ladigan o`zgaruvchilarni e’lon qilish;
    String – satrli miqdorlarni ifodalash;
    Function – dastur tarkibidagi biror bir amallarni bajaruvchi ifoda jarayoni;
    Begin – dasturning asosiy qismi; End – dastur ishini tugatish.

    Download 0,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dastur tuzishda ishlatiladigan komponentalar va

    Download 0,87 Mb.