MUAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT




Download 0,87 Mb.
bet4/7
Sana21.05.2024
Hajmi0,87 Mb.
#248304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10 sinf tenglamalar sistemasi 2024

MUAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy jahon madaniyati taraqqiyotiga g`oyat katta hissa qo’shgan, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan buyuk qomusiy olimdir. Muso Al Xorazmiy 783-yili Xorazmda tug`ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqgan. Qunt bilan arab, hind, fors va yunon tillarini o’rgangan. Shu tillarda ko’p kitoblar mutola qilgan. Xorazmiy (813-833) ”Bayt ul-hikma”da mudarris sifatida faoliyat ko’rsatadi. Xorazmiy 20-dan orti asarlar yozadi.
Bu asarlar mohiyati shuni ko`rsatadiki, bugungi g`arb matematikasi o’sha algebra va metematikaning davomidan boshqa narsa emas. Bu gapdan shu narsa ko’rinib turibdiki bugun agar algevra va algoritm hamda algebraning cheksizlikka asoslangan tafakkuri bo’lmasa edi keyingi asrlar matematik va falsafiy tafakkur orqada qolar edi, tabiiyki bu jami insoniyat tafakkuriga ta’sir qilar edi. Ehtimol nisbiylik nazariyasi 20 chi asrda kashf qilinmagan bo’lardi, kosmik texnika va tabiiyki bugungi ilmiy tafakkur ham bo’lmasdi. Buni shunchaki faraz emas balki Al-Xorazmiyning dunyo fani oldidagi xizmatini anglagan barcha buyuk olimlarning e’tirofa ham deb tushunsa bo’ladi. Xorazmiy Al-Farg`oniy bilan Bag`dodda rasadxona qurishga boshchilik qiladi. Rasadxonadagi asboblar yordamida koinot sirlarini va er kurrasini o’rgandi, Al-Xorazmiy va Al-Farg`oniy boshchiligidagi olimlar mingdan ortiq yulduzlarni tekshirdilar hamda ularning joylanish xaritasini tuzdilar. Yer kurrasining aylana uzunligini aniqladilar. U o’rta asr sharqida yaratilgan eng birinchi zij, matematik va astranamik jadvallarning muallifidir. Xorazmiy geografiyaga doir er surati nomli asar yozdi. Bu asar Xorazmiy tomonidan chizilgan bir nechta xarita va unga yozilgan sharhlardan iborat. Bu asarda buyuk olim Kuvvai hofizasi bilan qitalar joylashishi, va erning tuzilishi haqidagi birinchi taxminlarni o’rtaga tashladi. 10 asrda yashagan va Xorazm, Ustyurt, Uralga sayohat qilgan Bag`dodlik mashhur sayyoh Ahmad ibn Badlan Volga bo’yiga sayohat asarida yozishicha Xorazmiy boshchiligida o’tkazilgan astranamik tatqiqotlar natijasida ilk bor erning 56 darajadagi o’lchami aniqlandi. Bu o’sha paytda muhim ahamiyatga ega edi va bu tatqiqot erning sathi haqidagi astranamik tatqiqotlarga poydevor asos bo’lib hizmat qildi. Xorazmiyning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar Al jabr val muqobala risolasidir. Erning surati, astranamik jadvallar, tarix risolasi, musiqa risolasi, 9 kitobdan iborat ilmlarning kalitlari to’plami, quyosh soatlari to’g`risida, hind arifmetikasi haqidagi kitob sinus zijlari, er sathini o’lchash va boshqa asarlari bilan u dunyo olimlarining eng buyuklari qatoridan joy oldi. Olim 850 yilda Bag`dod shahrida vafot etdi. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining tashkilotchisi, faol a’zosi va rahbaridan biri edi. Taniqli sharqshunos Sartin Xorazmiyni barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biridir deb ta’rifladi. Fanda o’chmas iz qoldirgani uchun, Oy yo’ldoshining erga ko’rinmas tomonidagi kraterga Al-Xorazmiy nomi berildi va uning fazoda ham nomi adabiylikka muhrlandi.

Download 0,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MUAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT

Download 0,87 Mb.