|
Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd Pdf ko'rish
|
bet | 316/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA14-bob: Loyiha boshqaruvi
247
Resurslar taqsimoti
Resurslar qurilmalar, mulk yoki vazifa bajarishi kerak
boʻlgan odamlar boʻlishi mumkin
Bunday resurslar loyiha boshqaruvi dasturiy
ta’minoti doirasida aniqlanadi Loyiha boshqaruvchisi
resurslardan qanday foydalanishni bilishi uchun ushbu
resurslarning mavjud ekanini aniqlashi kerak arajatlar
har qanday resurslarga biriktirilishi mumkin, shunday
qilib loyiha boshqaruvchisi ulardan foydalanish
loyihaga qanday taʼsir koʻrsatishini koʻra oladi Har bir
vazifa uchun resurs tanlanadi hamda ushbu resursdan
foydalanish soati yoki kuni aniqlanadi Dastur loyiha
boshqaruvchisiga resurslar boʻyicha nizolarning oldini
olishga yordam beradi va jamoa aʼzolarida yuklama
oshishi mumkin boʻlgan aniq holatlarni koʻrsatadi Bu
bir paytda bajarish uchun juda koʻp vazifa mavjud
boʻlganda sodir boʻladi
Xarajatlar
Resurslardan foydalanish uchun xarajat qilinadi
Loyiha boshqaruvchisi har bir vazifani bajarish uchun
ketgan vaqtga qarab umumiy xarajatni hisoblay
oladi Jamoa aʼzolari qilgan xarajatlarni yozish va
ularni umumiy bahoda hisoblash uchun dasturiy
ta’minotdan foydalanadi Unda kunlik, ha alik, oylik
yoki maxsus xarajatlar va ularning byudjet bilan
qiyosiy tahlili taqdim etiladi Dasturiy ta’minot har
bir resurs yoki resurslar toʻplami uchun umumiy
xarajatlar haqida ma’lumot beradi arajatlar maʼlumoti
kengroq oʻrganish va tahlil qilish uchun elektron jadval
formatida eksport qilinadi
Ma’lumot almashish
Loyihani boshqarish dasturi turli ma’lumot almashish
usullarini taklif etadi, bu jamoa a’zolariga butun loyiha
davomida hamkorlik qilishga yordam beradi
•
Kalendar jamoaning har bir a’zosi xohlagan vaqtda
jamoa a’zolari nima bilan mashgʻul ekanini koʻrsatib
turadigan kalendarga ega boʻladi Ularni
Google,
iCal
yoki
Outlook
kabi uchinchi tomon kalendari
bilan sinxronlash mumkin, bu usulda har bir jamoa
aʼzosining bandlik holati doimo yangilanib boradi
Bu esa har bir jamoa aʼzosi bilan uchrashuvlarni
rejalashtirishga imkon beradi Shu bilan birga,
uchrashuvlarga kerakli hujjatlarni ilova qilish mumkin,
shunda ulardan har bir qatnashuvchi foydalanadi
•
Tezkor xabar joʻnatish/ video chat/ video
konferensiyalar ushbu usullar bir-biridan uzoqda
ishlayotgan jamoa aʼzolariga real vaqtda muloqotga
kirishish imkonini beradi, ushbu usulda ular fikr-
gʻoyalarini almashadi va jarayonni muhokama qiladi
•
Umumiy hujjatlar barcha hujjatlar markaziy
saqlash joyida saqlanishi kerak, shunda jamoa
a’zolari hujjatlardan erkin foydalanadi Hujjatlarni
kerakli vaqtda odamlarga taqdim etish uchun
vazifa, resurs yoki hisobotga ajratish tavsiya etiladi
Hujjatlarga kiritilgan oʻzgarishlar kuzatib boriladi,
shunda jamoaning har bir aʼzosi hujjatga qanday
oʻzgartirishlar kiritilganini va qaysi biri hujjatning
eng oxirgi versiyasi ekanini biladi Hujjatga kiritilgan
oʻzgartirish haqida dasturiy ta’minot elektron pochta
orqali xat joʻnatib, xabar beradi yoki loyiha boshqaruv
panelida, loyiha boshqaruvi dasturi bosh sahifasida
ogohlantirish orqali koʻrsatadi Bu elektron pochta
yoki aralash tahrir fayllariga qaraganda hujjatlar bilan
ishlashning ko‘proq nazorat qilinadigan usulidir
•
Muhokamalar/forumlar ular vazifalar, hujjatlar va
hisobotlarga ajratiladi va jamoa a’zolari oʻrtasida
muhokama qilinadi Bu, ayniqsa, jamoa aʼzolari bir
vaqtda toʻplanmagan holatlarda juda ham muhimdir
Jamoa aʼzolari hamkasblarining savoli va sharhlarini
koʻrish hamda ularga javob berish imkoniyatiga ega
Muhokamalarga qoʻshilgan yangi oʻzgarishlar elektron
pochta orqali xabarnomada joʻnatiladi yoki loyiha
boshqaruv panelida ogohlantirishlar koʻrsatiladi
•
Jarayon dasturiy ta’minot jamoa aʼzolari va loyiha
menejeriga amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
xabar beradi Jamoa aʼzolari loyiha qaysi darajada
ekanini koʻrsatish uchun vazifalarni yangilaydi va
bu jarayon butun loyihaning rejasiga kiritiladi Agar
loyiha muddatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa,
bu haqda jamoa a’zolariga avtomatik elektron
pochta xabarnomasi joʻnatiladi
|
| |