|
Ii bob. Alkinlarning eng muhim vakili atsetilen
|
bet | 6/13 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,65 Mb. | | #244670 |
Bog'liq Asitelinning olinishi va xossalariFizik xossalari. Asetilen qatoridagi uglevodorodlardan molekulasida uglerod atomlari ikkitadan to‘rttagacha bo‘lganlari gaz, C5 dan C15 gachasi suyuqlik, C16 dan yuqorisi esa qattiq moddalardir. Ularning qaynash temperaturasi, suyuqlanish temperaturasi va zichligi to‘yingan hamda to‘yinmagan uglevodorodlarning gomologik qatoridagi kabi o‘zgaradi. Ammo molekuladagi uchlamchi bog‘ning holati qaynash temperaturasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 1-butin 8,5°C da qaynasa, 2-butin 27°C da qaynaydi (1-jadval). Bularga to‘g‘ri keladigan butan va butilenlar esa oddiy sharoitda gaz holatda bo‘ladi (1-jadval).
1-jadval.
Kimyoviy xossalari. Ma’lumki, p- bog‘lanishlar hosil qilish uchun sarflangan energiya d- bog‘ hosil qilish uchun sarflangan energiyadan anchagina kamdir. Shu sababli asetilen qatoridagi uglevodorodlarda bitta p-bog‘ olefinlardagiga nisbatan ham to‘yinmagandir, chunki uchlamchi bog‘da bitta d- bog‘- lanish va ikkita p- bog‘lanish bo‘ladi. Olefinlar uchun xarakterli bo‘lgan biriktirib olish reaksiyalari asetilen qatoridagi uglevodorodlar uchun ham xosdir. Biriktirib olish reaksiyalari ikki bosqichda borib, avvalo, etilen qatoridagi uglevodorodlar, so‘ngra to‘yingan uglevodorodlar va ularning hosilalari olinadi. Bundan tashqari, asetilen uglevodorodlar almashinish, izomerlanish va hokazo reaksiyalarga ham kirishadi.
Vodorod, galogen, vodorod galogenidlarning birikish reaksiyalari. Asetilen qatoridagi uglevodorodlarga shu moddalar birikkanda avvalo uchlamchi bog‘ uzilib, ikkilamchi bog‘, so‘ngra ikkilamchi bog‘ ham uzilib, birlamchi bog‘ga aylanadi:
Galogenvodorodlarning birikishi Markovnikov qoidasiga bo‘ysunadi.
Suvning birikishi. Asetilen qatoridagi uglevodorodlarga suv oson birikadi. Birikish reaksiyasi katalizatorlar ishtirokida, ayniqsa, simob oksidi yoki simob tuzlari ishtirokida oson sodir bo‘ladi. Reaksiya natijasida asetilendan — sirka aldegid, asetilen gomologlaridan — ketonlar hosil bo‘ladi.
Asetilenga suvning birikishini birinchi marta M.G. Kucherov o‘rgangan, shuning uchun uni Kucherov reaksiyasi deyiladi. Kucherov reaksiyasi texnikada asetilendan sirka aldegid, sirka kislota, etil spirt va boshqalarni olishda asosiy usul hisoblanadi.
|
| |