|
Alkinlarning olinishi va xossalar
|
bet | 5/13 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,65 Mb. | | #244670 |
Bog'liq Asitelinning olinishi va xossalari1.2 Alkinlarning olinishi va xossalar.
Asetilen qatoridagi uglevodorodlar molekulasida uchlamchi bog‘ bo‘ladi. Ularda metan qatorining ayni uglevodorodlariga nisbatan 4 ta vodorod atomi, etilen qatoridagiga nisbatan 2 ta vodorod atomi kam. Ushbu qator uglevodorodlarining birinchi vakili asetilen bo‘lib, uning tuzilishi HC º CH dir. Asetilendagi vodorod boshqa alkil radikallar bilan almashtirilganda molekulasida uchlamchi bog‘li gomologik qator hosil bo‘ladi. Bu qatorning ikkinchi a’zosi CH3—C º CH; uchinchisi CH º C—CH 2CH3 va hokazo.
Izomeriyasi va nomenklaturasi. Asetilen qatoridagi uglevodorodlar zanjirni tarmoqlanishiga hamda uchlamchi bog‘ni joylashuviga nisbatan izomerlanadi. Ularning izomerlari C4H6 dan boshlanadi, ya’ni:
A setilen qatoridagi uglevodorodlar ratsional nomenklaturaga muvofiq atalganda, ularni asetilenning bir yoki ikki vodorod atomi boshqa radikalga almashingan hosilasi deb qaraladi va radikal nomiga asetilen so‘zi qo‘shib aytiladi:
Xalqaro nomenklaturaga muvofiq asetilen qatoridagi uglevodorodlarning nomi ularga mos keladigan to‘yingan uglevodorodlar nomidan olinadi, ammo ,,an“ qo‘shimcha o‘rniga ,,in“ ishlatiladi. Uchlamchi bog‘ o‘rni raqam bilan ko‘rsatiladi. Uzun zanjirni raqamlashda, zanjirning tarmoqlangan qismini belgilashda va boshqalarda olefinlardagi kabi ish tutiladi.
Masalan:
Bunda uchlamchi bog‘ni ko‘rsatish uchun raqam so‘z boshida yoki oxirida ishlatilishi mumkin.
Olinishi. 1. Asetilen sanoatda va laboratoriyada kalsiy karbidga suv ta’sir ettirib yoki tabiiy gazlarni (masalan, metanni) yuqori temperaturada piroliz qilib olinadi:
2. To‘yingan uglevodorodlarning digalogenli hosilalariga, ya’ni visinal (galogen atomlari ikki qo‘shni atomlarga birikkan) va geminal (ikkala galogen atomi bitta uglerod atomiga birikkan) galogenli hosilalariga o‘yuvchi ishqorlarning spirtdagi eritmasi yoki natriy amid ta’sir ettirilganda asetilen qatoridagi uglevodorodlari olinadi:
Visinal digalogenli hosilalarning o‘zi olefinlarga galogen ta’sir ettirib, geminal digalogenli hosilalar esa aldegid yoki ketonlarga fosfor galogenidlarini ta’sir ettirib olinadi:
|
| |