Ijtimoiy pedagogika tarbiyasining ijtimoiy tomoni




Download 150,5 Kb.
bet5/8
Sana30.11.2023
Hajmi150,5 Kb.
#108132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA TAMOYILLARI

1.2.Ijtimoiy pedagogika tarbiyasining ijtimoiy tomoni
Birinchi talqin (K. Mager) – Ijtimoiy pedagogika tarbiyasining ijtimoiy tomoni bilan bir umumiylikka ega. Ikkinchi talqini (A. Disterverg) – Ijtimoiy pedagogika ma’lum ijtimoiy sharoit, vaziatlarda pedagogiki yordam sifatida ishtirok etadi. Birinchi yunalish vaqillari. K. Mager, XX asrda P. Natorn (20-yillar), E. Borneshann, F. Shliper (60-yillar), D. Legeler (80-yillar) va boshqalar bo‘lgan. Paol Natorn (1854- 1924) ijtimoiy pedagogikani umumiy pedagogikaning bir qismi, aspekti sifatida qaraydi. P.Natorn ijtimoiy pedagogikaning uchta asosiy vazifasini ko‘rsatadi: Birinchi bolaning jinsiy hayoti bilan bog‘liq, uning hayotida, davrasida va atrofidagi yaqin odamlari bilan aloqada rivojlanadi. Ikkinchisi, idorasi bilan bog‘liq, u maktabda shakllanadi va bilim berishni amalga oshirilishi bilan bog‘liq, shu bilan birga bolada imotsional ijtimoiy va motorli (harakatlanishi) qobiliyatlari rivojlanadi. Uchinchisi-aql-umumiylikda ochib beriladi. P.Natorn ijtimoiy pedagogikani hamma yoshdagi odamlar uchun pedagogika deb hisoblasak, uning vazifasi-yoshlarda birdamlik va jamoatchilik asoslarni tarbiyalash hisoblanadi. P.Natorn fikrini davom ettirib, bu yunalishning vaqillari ijtimoiy pedagogikani integrativ (birlashtiruvchi) fan sifatida qaraydilar. Shu mazmunda YE.Borneshanning talkin qilishi e’tiborga loyik. U ijtimoiy pedagogikani davomi pedagogikasini iktisodiy pedagogikani va boshqalarni birlashtiruvchi fan sifatida karaydi. Uning vazifalari ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy jamiyatda individual mustaqillikka yordam ko‘rsatish. Jamiyatning madaniyati va insonparvarlik rivojlanishi hakida qayg‘urishdan iborat. O‘zining qo‘shiluvchanligi sababli ijtimoiy pedagogika tarbiya’ning hamma sohalariga kirib boradi, ya’ni u pedagogikaning prinsiplaridan biri sifatida ishtirok etadi. Shunday qilib, ana shu talqinga binoan ijtimoiy pedagogika tarbiya’ning prinsipi sifatida ishtirok etadi. Ikkinchi yondoshish A.Disterveg (40-50 yillar, 19 asr), G.Nol, G.Boymer (xx asr, 20-30 yillar), K.Molengauyer (50 yillar) va boshqalar asarlarida aks ettirilgan. A.Distervegdan boshlab bu yo‘nalish vaqillari ishchi sinfning ijtimoiy himoyalanmaganligi, xalk ta’limi kabi o‘z davrining ijtimoiy masalalariga javob topishga harakat qildilar. Geman Nol (1879-1960) ijtimoiy pedagogikaning vazifasi agarda oila va maktab biror bir sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda zarur bo‘ladigan shoshilinch tez yordam ko‘rsatishdan iborat deb hisoblaydi. G.Nolinning fikricha, P.Natorinnikidan ancha ishonchli aniq va amaliy ko‘rinadi. Uning g‘oyalari 1992 yil qabul qilingan yoshlarning xayriya ko‘rsatish faoliyatlari haqidagi qonunda o‘z aksini topdi-bu yoshlarni maktabdan tashkari boshqaradigan Germaniyadagi birinchi davlat hujjati edi. Shu davrdan boshlab ijtimoiy pedagogika amalda «shoshilinch ijtimoiy pedagogikasi» bo‘lib koldi, u yoshlarni tarbiyalashda oilada va maktabda mavjud bo‘lgan kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan. Gertruda Boymer birinchi yo‘nalish tarafdorlaridan farqli ravishda ijtimoiy pedagogika pedagogikaning prinsipi emas, balki tashqiliy qismi deb hisoblagan. Oilada va maktabda tarbiyaga taalluqli bo‘lmagan hamma narsa ijtimoiy perdagogikaning muammosi demakdir, deb hisoblaydi u. K. Molengauyer boshpanasizlik hakidagi tushunchani rivojlantiradi. Agarda alohida ijtimoiy institutlar bolaning bu muammosini hal etib berolmas ekan, deb hisoblaydi u, unda tarbiya’ning yangi yo‘nalishini yaratish zarurligi yuzaga keladi, ya’ni davlat yordami, deydi u. Shu builan birga ijtimoiy pedagogika madaniy mazmunni yetkazish bilan emas, balki o‘sib kelayotgan avlodning rivojlanishi va jamiyatga qo‘shilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etish bilan shug‘ullanishimiz kerak deb hisoblaydi. Hozirgi vaktda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari to‘la ishlab chiqilgan bo‘lsa ham, ammo bu hali hamma muammolar o‘rganib bo‘lmagan deb hisoblaydilar. Ijtimoiy nazariyasining umumiy ko‘rinishi hali ham noaniqcha qolib kelmokda deb hisoblaydilar hozirga davr nemis olimlari. Ular bundan keyin ham shundayligicha qoladi, chunki aralash fanlarning (psixologiya, sotsiologiya, ijtimoiy ishlar va boshqalar) ijtimoiy pedagogika nazariyasini to‘la tasvirlab berish imkonini bermay kelyapti. Bu xolat har qanday fanning rivojlanish jarayoni uchun tabiiydir. Boshqa tomondan esa u ijtimoiy pedagogika nazariy munozaralar maydoni XXi asrda ancha kengaydi deganini bildiradi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi bilan birga Germaniyada ijtimoiy pedagogika fani sohasida mutaxasislik professional faoliyat sohasi ham faol rivojlandi (ya’ni ijtimoiy pedagogika). 1908 yildan boshlab maxsus pedagoglarni tayyorlash boshlandi, XX asrning 70-yillari boshlariga kelib Germaniya univerisitetlarida oliy ma’lumotli pedagoglarni tayyorlash boshlandi. Shuni aytish kerakki, Germaniyada ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda XX asr davomida bilim va amaliy faoliyat mustaqil soha sifatida ijtimoiy ishlar ham faol rivojlanib keldi. Ammo ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda professional faoliyatda umumiylik mavjud. Shuning uchun Germaniyada ular yagona standart bilan boshqariladi. Bu stndartda bu mutaxasislarni nomlari sinonimlar orqali defiz orqali yoziladi: ijtimoiy ishchi-ijtimoiy pedagog. Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu xolatda biz oilaviy pedagogika obyekti bo‘lgan oilaviy xususiy tarbiyalarida muloxoza yuritamiz. Tarbiyalash diniy idoralar orqali amalga oshadi. Bunda konfessional pedagogika tadqiq bo‘lgan diniy konfessional tarbiyaga duch kelamiz. Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadda tashqil etilgan tashqilotlar orqali yuzaga keladi. Bu ijtimoiy pedagogika tadqiqot obyekti bo‘lgan ijtimoiy tarbiyalash jarayoni xususida fikrlaymiz. Ijtimoiy tarbiyalash siyosatshunoslik, ijtimoiy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika matnda uni ijtimoiylashtirish bilan olib borish alohida o‘rganadi, ya’ni planeta, mamlakat maktablar, inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar ta’sirida oila, ommaviy axborot vositalar, atrofda odamlar bilan muloqot o‘rnini ko‘rib chikadi. Pedagogika ushbu tarbiya muassasalarida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uslubiyati va nazariyasi sifatida yuzaga keldi va rivojlandi. XIII asr oxirlarida o‘smir va yigitlarni tarbiyalash ham pedagogika obyektiga aylandi. XIX asrning ikkinchi yarmida pedagogika tizimida ijtimoiy tarbiya doirasi kengaya bordi. Birinchidan uning tarkibiga yoshlarning va katta yosh tarkibi guruhlari tarbiya kira boshlaydi, ikkinchidan tizimga kirmagan yoki normalarini buzib namoyon qiluvchi yosh kategoriyalari qayta tarbiyalash va addaptatsiya qilish jarayonini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikaga harakterli bo‘lgan muammoga izlanish bizda, xuddi chet el kabi 70 yillarda yuzaga keldi. Bu ta’lim tizimini tuzilishiga bog‘liq. xolda namoyon bo‘ldi. Bizda bu qiziqish muammoga bog‘liq, metodik tavsiyalarni yuzaga kelishida kuzatiladi. Chet elda ijtimoiy pedagogikani nazariy muammolarini ishlab chiqish. 50—60 yillarda Germaniyada yuzaga keldi, lekin Yevropa, Germaniya va AKShda XIX asrdan boshlab Davlat institutlari tomonidan tashqil etilgan, ijtimoiy faoliyat termini ostidagi faoliyat tarqala bordi. Uning mazmuni oila halkning tub guruhlariga yordam, maktab o‘quv-tarbiya muassasalarining tarbiyaviy kuchi integratsiyasidan iborat. Shuningdek ijtimoiy tarbiya amalga oshadigan sharoiti, uning mazmuni, metodikasi mohiyati yoritiladi. Bu o‘quv kursi insonlarni ijtimoiy tarbiyalash ijtimoiylashtirish muammosini tavsifi bilan tugatiladi.



Download 150,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 150,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy pedagogika tarbiyasining ijtimoiy tomoni

Download 150,5 Kb.