|
II BOB. IJTIMOIY PEDAGOGIKA VA PEDAGOGIK SOTSIOLOGIYA
|
bet | 6/8 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 150,5 Kb. | | #108132 |
Bog'liq IJTIMOIY PEDAGOGIKA TAMOYILLARIII BOB. IJTIMOIY PEDAGOGIKA VA PEDAGOGIK SOTSIOLOGIYA
2.1. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslari
Hozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta'lim va ma'rifiy-madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o'zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g'ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga sabab bo'lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so'ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolariga bog'liq bo'lgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo'ladi.
Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi:
Birinchidan, bugungi kunda ta'lim va tarbiya maqsadi bilan uning ba'zi natijalari o'rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo'llarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi munosabatlar bilan shug'ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish zaruriyatini uyg'otdi. Chunki ongli xususiyatga ega bo'lgan inson faoliyati, sotsiologiya fanining o'ziga xos ob'ektini tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi o'z o'rnini, o'zligini anglashi, hayotiy-axloqiy me'yorlarni o'zida mujassam etishi jamiyatda shu ma'naviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalashda Pedagogika va sotsiologiya fanlarining hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta'lim-tarbiyaning o'zi ijtimoiy hodisa va pedagogik j arayondir.
Ikkinchidan, ba'zi jamiyat a'zolarining ongidagi ma'naviy bo'shliqning ijtimoiy kelib chiqishi sababalrini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson organizmining biologik va sub'ektiv (shaxsiy tomonlari) asosida o'z-o'zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, ma'lum ob'ektga yo'naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi ta'sir imkoniyatlari o'zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qzini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g'ururini paymol qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga o'zgartirish ijtimoiy- ma'rifiy jarayonlar bilan bog'liq bo'lib. Uni ilmiy jihatdan o'rganish muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar o'zbekistonlik olimlarning diqqat e'tiborini ham o'ziga tortmoqda.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari, yoshlarning ma'naviyatida ro'y berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek mustaqil O'zbekistonda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni «pedagog so'zi» bilan qrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan bo'lib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar uchraydiki, bunda bolalar o'smirlar, tarbiyachilar bunday og'ir vaziyatda o'zlariga ruhan malham bo'ladigan sotsial pedagogning yordamiga muhtoj bo'ladi. Demak, bugungi jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo'lgan ehtiyoji ham sezilmoqda.
Hayotdan umid uzgan, o'ziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning qayg'usiga sherik bqlishlarini kutadilar. O'z so'zi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda o'ziga ishonch uyg'otish, o'z imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsi al pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga bo'lgan ta'siri ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan yo'nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda.
Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida namoyon bo'ldi.
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya - bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o'rganuvchi pedagogika fanining tarmog'idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o'quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o'z ko'rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo'ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g'oyalar, qarashlar, his-tuyg'ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o'ziga o'xshash shaxslar bilan o'rnatadigan murakkab o'zaro munosabatlari va ularning ta'sirida hosil bo'ladigan xodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish-ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir.
Ijtimoiy pedagogika O'zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy-pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o'z ichiga oladi.
Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to'plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan qamkorligi o'zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib
bordi. Demak, ta'lim tarbiya bilan shug'ullanuvchi fanlar va o'quv muassasalaridan farqli o'laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabxalari bilan bog'liqdir.
Ijtimoiy pedagogika predmeti sa`natdan shaxsga ta`sir etadigan goyaviy – emostional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi. Ijtimoiy pedagogika O’zbekiston ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham oz ok va chukur an`analarga ega. Shunga karamay sovet davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e`tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, shamkorlik an`analariga, raxm–shavqatga, milliy an`analarga befarq bulish xolatlari bilan izoxlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya soshasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakka`lashtirib yuboradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yunalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy– pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy– pedagogik faoliyatining ilmiy–tadqiqot bazasinni ham oz ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogika yakin kelajakda oqituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim olamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma`naviy –axloqiy ogishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot ob`ekti xususiyatlarini irganmok lozim. Shu sabab fanda tadqiqot obe`kti va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob`ekti za predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining oziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika sozlaridan tashkil topib ularni ma`nosini ozida jamlayadi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya xodisalari bilan birgalikda namoyon biladi. Yangi bilimlarni osishi ilmiy fikrlarni real hayotga tatbiq etilishi, yangi mualimmlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi fanning differentsnatsiyasi va maxsuslashtirish tendentsiyasi kozatiladi. Chunonchi asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda tuplam nuqtai nazardan bir ob`ektni urganuvchi mustaqil fan birligini ozida namoyon qiluvchi integratsiya xodisa kozatiladi. Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan alokasida tadqiqotning mustaqil ob`ektlari alohida kozatiladi: falsafa bilan birgalikda ta`lim falsafa psixologiya bilan oz aro munosabatda psixolo- pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda. Bunday misollarni Koplab keltirish mumkin. Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya xodisasi etarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika shular jumlasidandir.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob`ekti pedagogika urganadigan jarayon va voqelik bolib, u masalani muayyan, oziga xos aspektda kuradi. Uning oziga xosligi esa «ijtimoiy» degan sizda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob`ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika oz nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogiki davlat va jamiyat institutlarining ma`naviy ma`rifiy markazlari faoliyati sohasidir, bu erda yangi qadriyatlar san`ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi faoliyat jamlanadi.
«Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bogliq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqati va oz aro aloqalari turli shakllarda boladi. Demak, pedagogika osib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta`limi togrisidagi fan bolib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a`zosini tarbiyalash va unga ta`lim berish tigrisidagi fandir.
Ijtimoiy pedagogika jarayon va xodsalarni ma`lum spetsifik aspektda organadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmogi spetsifikasi «ijtimoiy» sozida namoyon boladi. «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning ozaro muloqat» formalari bilgan narsa-xodisalarpi ozida jamlaydi. Shunday qilib, pedagogika yosh osib kelayotgan avlodni tarbiyalovchi va ta`lim beruvchi fan asoslari ijtimoiy pedagogika ta`lim-tarbiya jarayonida bolaning jamiyat hayotiga kiritishni ta`minlaydigan aspektni tadqiq etadi. Insonni atrofdagi muhit bilan ozaro aloqasiga ta`siri asosida rivojlanishini uning ijtimonylashish jarayoni deb ta`kidlash mumkin. Zero, ijtimoiy norma -madaniyat qadr-qimmatlar egallashi lozim shuningdek bu jamiyatda insonni oz qobiliyatlarini realizatsiya qilinish, nazorat qilish ijtimoiy ijtimoiy tajribani egallash (bilimlar kadr-qimmat xulk-atvor qoidalari jarayoni ijtimoiy xodisa deb nomlanadn. Bolani ijtimoiylashtirish murakkab va davomli xodisadir. Bir tomondan shar qanday jamiyat ozining rivojlanish etapida ma`lum ijtimoiy, ma`naviy kadr- qimmat, iz ini titishi, axloqiy qonun-qoidalar, normalar ishlab chiqadi. Jamiyat bir avlod shu jamiyatdagi konun-qoidalarni egallab uning teng xuquqli a`zosi sifatida yashab, faoliyat kirsatishni kozda tutadi. Buning uchun jamiyat ta`lim-tarbiya normasi orqali shaxsga ta`sir kursatadi Ikkinchi tomondan, atrofdagi olamda sodir etilayotgan turli xodisalar uning shakllanishga ta`sirini kursatmay qolmaydi. Jamiyat ozaro munosabatda bilgan izaro sharakatlanadigan xilma-xil ijtimoiyi institutlarni izida namoyon qiladi. Shular orqali bola tomonidan ijtimoiy normalarni egallash jarayoni amalga oshadi. Bulardan ba`zilari bolani rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta`sir kursatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlarini shakllanishiga ijobiy ta`sir kursatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga oila,ta`lim, madaniyat va din kiradi.
Oz qobiliyatini inson tomonidan jamiyatda koplab kuydagi jarayonlarda amalga oshadi;
Insonni jamiyat bilan stixiyali izaro munosabatda va uning shayotiy jabshalariga stixiyali ta`lim jarayonida.
Insonlarni u yoki bu kategoriyasiga davlat tomonidan pedagogika nimani urgatadiq Ijtimoiy pedagogika insonlarning butun
egalayotganayotgan davom etayotgan amalga oshiradigan ijtimoiy tarbiyani tadkik ta`sir kirsatish jarayonida.
V) Inson rivojlanishi, uni tarbiyalash uchun qulay shart—sharoitlar yaratish.
G) Inson oz ini tarbiyalashi va rivojlantirish jarayonida.
Shunday qilib, rivojlanish insonni shakllanish jarayoni, ijtimoiylashtirish- konkret ijtimoiy sharoitlar asosida rivojlantirishdir.
Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu xolatda biz oilaviy pedagogika ob`ekti bilgan oilaviy xususiy tarbiyalarida muloxoza yuritamiz.
Tarbiyalash diniy idoralar orkali amalga oshadi. Bunda konfessional tarbiyaga duch kelamiz. Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadida tashqilotlar orqali yuzaga keladi. Bu ijtimoiy pedagogika tadqiqot ob`ekti bilgan ijtimoiy tarbiyalash jarayoni xususida fikrlaymiz. Ijtimoiy tarbiyalash siyosatshunoslik, ijtimoiy: jarayonining tarkibiy kismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika matnda uni ijtimoiylashtirish bilan borish oldida urganadi ya`ni, planeta, mamlakat maktablardagi inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar ta`sir etish ishlab chiqarish tarbiyasida oila, ommaviy axborot vositalar, atrofda odamlar bilan mulokot ornini kurib chiqadi.
Ijtimoiy pedagogikani nima uchun urganish lozim:
Ijtimoiy pedagogika - fanning shunday tarkibiki uning vositasida:
Birinchidan inson hayotda ma`lum sabablar asos ichida yuzaga kelgan xodislar urganiladi.
Ikkinchidan insonning rivojlanishi uchun qillay sharoitlar yaratishni kozda titadi. Uchinchidan ta`sir etuvchi xodisalarni oldini oladi.
|
| |