|
Ii bob. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya
|
bet | 2/8 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 150,5 Kb. | | #108132 |
Bog'liq IJTIMOIY PEDAGOGIKA TAMOYILLARIKurs ishining maqsadi. Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. qadim antik davrlardayok bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulk atvor)1.
Kurs ishining vazifasi. “Avesto”ning katta qismi bo‘lgan “ Yasna’larda inson kamolini ko‘rsatuvchi axloq–odob mezoni anna shu uchlikda xumata (gumata)–yaxshi fikr, xukta (gukta) –yaxshi soz va xvarsha (gvarshta)–yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon- shavqat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat qonunga shon shavqat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi. “Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki karama-qarshi kuch: Voxu Mana (“Yezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuz lik yotadi. “Yaxshi fikr” deganda iloxiy-qonun ruxidagi kishisiga mexribon bo‘lish, maqsadlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruxidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikri xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jixatlarga berilmaydi. Chunki bunday xolatda inson yaxshi niyatni yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojuya harakatlar qiladi.
|
| |