|
I BOB. IJTIMOIY PEDAGOGIKANING RIVOJLANISHI
|
bet | 3/8 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 150,5 Kb. | | #108132 |
Bog'liq IJTIMOIY PEDAGOGIKA TAMOYILLARII BOB. IJTIMOIY PEDAGOGIKANING RIVOJLANISHI
1.1.Ijtimoiy pedagogika fanining taraqqiyot bosqichlari
Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi, kadimgi zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning axloqiy shaklllanishida madaniyat va dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Shark uyg‘onish davri (9 –11asrlar) komusiy olimlari Abu Nasr al Forobiy (873 –1037) shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani ayni go‘daklik chog‘idanok tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek, bolaning tarbiyasiga tabiat atrof-muhitning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. 15 –16 asrlarda Markaziy Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan karab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bo‘lar qatorida Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414 –1492), Jaloliddin Davoniy( 1427 –1502), Alisher Navoiy (1441 –1501), xusayn Boiz Koshifiy (1440 –1505) o‘z asarlarida inson akli tafakkuri, uning qobiliyati, insonning alohida axloqiy hislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy kadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi buyuk alloma, musiqachi, davlat arbobi Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari, yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy mavjudot deb hisoblagan. Bolani esa oilaga kuvonch, ham baxt keltiruvchi mukaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o‘z farzandigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart deb yozadi shoir. Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning olim va allomalarimiz, ma’rifatparvarlarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar Maxmudxuja Bexbudiy (1874 –1919), Munavvar kori Abdurashidxonov (1878 –1931), Abdulla Avloniy (1878 – 1934), Abduqodir Shako‘riy (1875 –1943), X.X.Niyoziy (1839 –1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi XX asrning 20-30 yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shakuriy, M.Qori Abdurashidxonov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensov, N.P.Arxongelskiy, O,Sharofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashqil etgan maktablar shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar. A.Avloniy nomidagi Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshqa muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar. Birok O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalgi yangi ittifok sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzok yillar mobaynida o‘zbek marifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior tarqalgandi “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi bilan ko‘paramiz”.
Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo‘lgan pedagogika sohasidagi oktabr to‘ntarilishigacha bo‘lgan asarlarni unutish talab etildi. 30 yillar oxirida sotsializm g‘alaba qilganligi e’lon qilindi. Shu vaktdan boshlab ijtimoiy muammolar hakida sukut saqlash sharti mustahkamlandi. Bu muammolar alohida yengil hal etiladigan, “esqilik sarqiti”deb baholandi. Bu esa o‘z o‘rnida ijtimoiy pedagogikani fan sifatida rivojlanishiga yo‘l bermadi. 1991-yil O‘zbekiston Respublikasi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko‘pgina sohalarini, shu jumladan ijtimoiy pedagogikani ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. 1997-yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida Konun” 1997yil) qabul qilinishi bilan ma’naviy-axloqiy tarbiya’ning samarali yo‘llarini topish, manaviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsni fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalari ko‘yildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmokda. Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlari shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha mamlakatimizda: “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”, “Oila” markazi, nodavlat xukumatga karashli bo‘lmagan xayriya jamgarmasi “Soglom avlod uchun” O‘zbekiston Respublikasi halk ta’limi qoshidagi TDPU (mafkura) g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar Respublikamizning har bir navbatdagi yilni ijtimoiy muammolardan biriga bag‘ishlashi an’ana tusiga kirgan. Masalan: 2001 yil–“Onalar va bolalar” yili deb e’lon qilingandi. Shu munosabati bilan “O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb nomlangan Respublika metodik seminari o‘tkazilib, maktablarda “Soglom avlod tarzi” predmeti kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda keyingi vaktlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘ishlash an’anaga aylandi. Masalan; 1998 “Oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom avlod yili”, 2001 “Onalar va bolalar yili”, 2002 “Qariyalar yili”, 2003 “Obod va sog‘lom mahalla”, 2004 Mexr va muruvvat yili deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish yo‘llari izlanmokda. Bugungi kunda ko‘plab empirik nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikani kelgusi rivojlanishi yetarli darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarni yangi nuktai nazardan turib o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofik qo‘llash lozim. Chet el ijtimoiy pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmokda, hozirgi vaqtda bu sohada juda ko‘p ilmiy salohiyatli bilimlar jamlangan. Shu sababli ham O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi pivojlanish jarayonida vujudga kelgan muammolarni tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o‘rganishning o‘rni beqiyos.
Ijtimoiy pedagogika Pedagogika fanidan ajralib chiqqaniga deyarli ko‘p vakt bo‘lgan emas. Biroq pedagogika fanining o‘zi ham mustaqil fan sifatida, faqatgina 17 asrdan boshlab shakllangan. Bu buyuk chex pedagogi (1592-1670) Yan Amos Komenskiy nomi va uning “Buyuk didaktika” asari bilan bog‘liq. Bu asarda pedagogikaning tadqiqot predmeti va prinsiplari belgilab berilgan. Shu bilan birga pedagogika tarixining ildizlari juda qadimga borib takaladi. Ilgari ta’kidlab o‘tganimizdek, pedagogika uzoq asrlardan buyon falsafa fani doirasida rivojlanib keldi. Shu nuktai nazardan ijtimoiy pedagogika pedagogika fanidan yosh emas, doimo pedagogikaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida pedagogika fani doirasida u bilan rivojlangan. Shu sababli ijtimoiy pedagogika tarixi muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlar o‘z tadqiqot ishlarini pedagogika tarixi, falsafa va barcha davrlar va halklar o‘tmish allomalarining pedagogik qarashlari bilan bog‘lashlari tasodif emas. Agar ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish davrlariga va shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uni bir qator bosqichlarga bo‘lish mumkin deb o‘ylaymiz:
|
| |